Epidemiologiyasi. B-hujayrali surunkali limfoleykoz surunkali limfoleykozlarning eng ko‘p
tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, 90%, limfa o‘smalari ichida 7% tashkil etadi. V-SLL Yevropa va
Shimoliy Amerika aholisi orasida leykozlarning 30% tashkil qiladi. Har yili bu mamlakatlarda
100.000 aholidan 3-3,5 kishi, 65 yoshdan oshganlar orasida 100.000 dan 20 tasi kasallikka
chalinadi. Kasallik bilan ko‘pincha keksa yoshlilar kasallanadi. O‘rtacha yosh medianasi-60 yosh.
Faqat 10% hollarda yoshlarda uchraydi. Afrika, Osiyo mamlakatlarida kasallik kam uchraydi.
Masalan Yaponiyada bir yilda bitta kasallik aniqlanadi. O‘zbeklar orasida ham kasallik kam
uchraydi. Kasallikni uchrash chastotasi irq va millatga, tug‘ilgan va yashash joyiga bog‘liq.
Erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq kasallanadi (2:1).
Do'stlaringiz bilan baham: |