Davolash. Bolalardagi davolanishda yaxshi natijalar olinadi. Uch preparatdan (vinkristin,
prednizolon, L-asparaginaza) 85-95%gacha to‘liq remissiya olinadi. Natija sotsial holatga ham
bog‘liq: yomon oziqlanish va kam vaznli bolalarda bu ko‘rsatkich 26%ni, normal vaznli bolalarda
esa 83%ni tashkil etadi.
Bunday natijalar kattalarda kam. Sababi ularda xromosoma anomaliyasi ko‘p va harxil,
prognozni yomonlashtiradigan mutant genlar ko‘p uchraydi. Giperleykotsitoz holat T-variantli
O‘LLda ko‘proq uchraydi. YUqori dozali intensiv zamonaviy davolarda kattalarda ham 75-80%
to‘liq remissiya olinmoqda, ulardan 30-40%i 5 yildan ko‘p yashaydi.
Bu olingan yutuqlar albatta turli xil sitostatiklarning katta klinik sinovi bilan tasdiqlanadi.
O‘LLning davo effekti katta va ko‘p sonli tekshirishlarda yoshga va leykotsitlar soniga bog‘liqligini
aniqlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |