mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini so‘ndiribgina qolmay, shuningdek, mazkur
mamlakatlar xo‘jaligining real tarmog‘ida juda salbiy tarzda aks etadi.
Globallashtirish jarayonlari ko‘p hollarda ilg‘or iqtisodiyotning rivojlanishi
darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi
o‘rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish
iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog‘liq bo‘ladilar:
zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib
yuboradi, o‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori
malakali va o‘qitilgan mutaxassislarning yo‘qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini – uning
tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi
etakchilikning o‘ziga xos kurashidan qochib qutilib bo‘lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya)
fikriga ko‘ra, ―shuni to‘la ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat
kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda
etakchi o‘rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan yoki
pereferiy mamlakatlarga bo‘linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integrlashib
borayotganligiga qaramasdan o‘zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga
muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham
yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti
esa xuddi
avvalgidek, notekis rivojlanmoqda‖
81
.
Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g‘arbiy Yevropa (yoki yanada tor
yondashuv bo‘yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o‘rtasidagi raqobat birinchi navbatda
texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar – mikroelektronika, biotexnologiya, yangi
materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.
Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001 yillardagi xalqaro rivojlanish
haqidagi ma'ruza ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining o‘rtacha
daromadlari 20 ta kambag‘al mamlakatlarning o‘rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda
keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag‘al
mamlakatlari o‘rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1
tashkil qildi. Fin eksperti K. Kilyunen fikriga ham qo‘shilish mumkin, uning fikricha, ―iqtisodiy
tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog‘lom
hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag‘alning yillik
daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan
mamlakatning jami YAIM ini oshiradi‖
82
. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar
o‘rtasida ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi
sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga
kirib qolgan (BMT tasnifi bo‘yicha). AQSh jahon xo‘jaligida o‘z etakchiligini saqlab qolish va
yanada oshirishga, o‘z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal
variantidan foydalanishga harakat qiladi.
Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o‘z hududida ta'sis qilingan
(1960-1970 yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb
qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. To‘rt asosiy hududiy guruhni
birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor
81
Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalization Theme // Gowernment and
Opposition/. Vol. 31. № 2. p. 197, 215.
82
Социал-демократия перед лицом глобальных проблем. М., 2000. с. 23.
hududlari Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo‘lgan Shimoliy va janubiy Amerika
mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning
neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch okeanining Singapur, Gongkon,
shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada
joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.
Globallashuv jarayoni ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy sohada jadal sur`atlar bilan
kechmoqda. U avvalo, tabiiy boyliklar va savdo bozorlari ustidan nazorat o`rnatish borasida
raqobatning keskinlashuvida namoyon bo`ladi. Bu jarayonda davlatlar bilan bir qatorda
transmilliy korporatsiyalar (TMK) ham etakchi o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: