8-sinf jahon tarixi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/83
Sana10.09.2021
Hajmi1,22 Mb.
#171220
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
8-sinf-JAHON-TARIXI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
030-Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi (33)
 
Testlar 
1. XIX asr boshlarida Lotin Amerikasining ko'pgina davlatlari qaysi davlat mustamlakasi edilar? 
A) Germaniya 
B) Fransiya 
C) Ispaniya 
D) Angliya 
2. Lotin Amerikasiga dastlab ko'chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari nima deb yuritilgan? 
A) kreollar 
B) mulatlar 
C) metislar 
D) zanjular 
3. XIX asr boshlarida Ispaniya amaldorlari kreollarga nisbatan qanday munosabatda bo'lgan edilar? 
A) birgalikda ish yuritganlar 
B) ularni qullarga aylantirganlar 
C) boshqa hududlarga ko'chirish siyosatini yuritganlar 
D) mensimay qaraganlar 
4. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari kimlar edilar? 
A) Migel Idalgo va Simon Bolivar 
B) Migel Idalgo va Xose Morelos 
C) Xose Morelos va Simon Bolivar 
D) Xose San-Martin va general Sukre 
5. 1810-yilgi Meksika xalqi ozodlik kurashida Idalgo dehqonlarning qaysi tabaqalarini kurashga 
chaqirdi? 
A) dvoryanlar va savdogarlardan 
B) hindular va dvoryanlardan 
C) kreollar va zanjulardan 
D) hindular va mulatlardan 
6. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramoni Migel Idalgo qachon otib o'ldirildi va uning 
ishini kim davom ettirdi? 
A) 1810-yilda, Xose San-Martin 
B) 1816-yilda, general Sukre 
C) 1811-yilda, Xose Morelos 
D) 1812-yilda, Xose Morelos 
7. Qachon Meksika mustaqillikka erishdi? 
A) 1824-yilda 
B) 1823-yilda 
C) 1830-yilda 
D) 1821-yilda 
8. Qachon Meksika Respublika deb e'lon qilindi? 
A) 1830-yilda 
B) 1824-yilda 
C) 1823-yilda 
D) 1821-yilda 
9. Venesuelada mustaqillik urushiga kim rahbarlik qildi? 
A) Xose Morelos 
B) Simon Bolivar 
C) general Sukre 
D) Xose San-Martin 
10. Simon Bolivar qanday oilada tug'ilgan edi? 


 
 
A) Ispaniyadan ko'chib kelgan 
B) kreol - pomeshik va savdogar oilasida 
C) kambag'allashayotgan dvoryan oilasida 
D) mahalliy hindu oilasida 
11. "Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab tashlamagunimcha xotirjam 
bo'lmayman" - deb ta'kidlagan ozodlik urushi yo'lboshchisini aniqlang. 
A) general Sukre 
B) Xose San-Martin 
C) Xose Morelos 
D) Simon Bolivar 
12. Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashida "Xasloskor" nomini olgan shaxsning 
nomini aniqlang. 
A) general Sukre 
B) Xose Morelos 
C) Xose San-Martin 
D) Simon Bolivar 
13. Simon Bolivar Venesuela ozodlik kurashida Yevropaning ilg'or jamoatchiligiga murojaat 
etganida qaysi mamlakatlardan ko'ngilli jangchilar kelgan edilar? 
A) Irlandiyaliklar, bolgarlar, xitoyliklar, amerikaliklar, ruslar 
B) Irlandiyaliklar, inglizlar, nemislar, italyanlar, polyaklar, ruslar 
C) Italyanlar, xitoyliklar, nemislar, irlandiyaliklar, ruslar 
D) Inglizlar, yaponlar, nemislar, polyaklar, ruslar 
14. Qachon Venesuela mustaqillikka erishdi? 
A) 1821-yilda 
B) 1810-yilda 
C) 1824-yilda 
D) 1811-yilda 
15. Simon Bolivar qaysi davlatning Ispaniyadan ozodlikka erishishiga yordamlashdi? 
A) Paragvay 
B) Braziliya 
C) Yangi Granada 
D) Argentina 
16. Qachon Yangi Granada Venesuela bilan birlashdi? 
A) 1810-yilda 
B) 1811-yilda 
C) 1824-yilda 
D) 1821-yilda 
17. Yangi Granada Venesuela bilan birlashgandan so'ng unga qanday nom berildi? 
A) Venesuela 
B) Buyuk Kolumbiya 
C) Boliviya 
D) Argentina 
18. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti etib tayinlangach, amalga oshirishga uringan 
tadbirlardan xato javobni aniqlang. 
A) Chegaradagi mamlakatlarni mustamlakaga aylantirish edi 
B) Hindularga solinadigan o'lponni bekor qildi 
C) Pomeshiklar yerlarini musodara qilish loyihasini ishlab chiqdi 
D) Amerika Respublikalari Konfederatsiyasini tuzishni istar edi 
19. Qachon Simon Bolivar iste'fo berdi? 
A) 1823-yilda 
B) 1824-yilda 
C) 1830-yilda 


 
 
D) 1821-yilda 
20. "Inqilobga xizmat qilish - bu dengizni shudgor qilish bilan barobardir" - deb ta'kidlagan ozodlik 
urushi yo'lboshchisini aniqlang. 
A) general Sukre 
B) Xose San-Martin 
C) Xose Morelos 
D) Simon Bolivar 
21. Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash qachondan boshlandi? 
A) 1810-yildan 
B) 1824-yildan 
C) 1811-yildan 
D) 1821-yildan 
22. Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash boshlangan va milliy bayram kuni bo'lib qolgan 
sanani aniqlnag. 
A) 23-aprel 
B) 25-may 
C) 4-iyul 
D) 18-avgust 
23. Qachon Braziliya Portugaliyadan mustaqillikka erishdi? 
A) 1824-yilda 
B) 1822-yilda 
C) 1821-yilda 
D) 1820-yilda 
24. Qachon Yuqori Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo'ldi? 
A) 1824-yilda 
B) 1821-yilda 
C) 1825-yilda 
D) 1826-yilda 
25. Yuqori Peru keyinchalik qanday nom bilan atala boshlandi? 
A) Simon Bolivar sharafiga Boliviya 
B) Paragvay 
C) Venesuela 
D) Xristofor Kolumb sharafiga Kolumbiya 
26. Argentina qachon mustaqillikka erishdi? 
A) 1826-yilda 
B) 1824-yilda 
C) 1869-yilda 
D) 1830-yilda 
27. Urugvay qachon mustaqillikka erishdi? 
A) 1824-yilda 
B) 1830-yilda 
C) 1826-yilda 
D) 1869-yilda 
28. Kuba qachon mustaqillikka erishdi? 
A) 1824-yilda 
B) 1830-yilda 
C) 1826-yilda 
D) 1869-yilda 
29. Lotin Amerikasi mamlakatlarida mustaqillikdan keyin qanday tuzum o'rnatildi? 
A) Meksikadan boshqa hammasida monarxiya tuzumi 
B) Konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi 
C) Braziliyadan boshqa hammasida Respublika tuzumi 


 
 
D) Meksikadan boshqa hammasida Respublika tuzumi 
30. Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashi yana qanday xususiyatlarga ega edi? 
A) Konstitutsiyaviy monarxiya ham qaror topishi edi 
B) burjua inqilobi ham edi 
C) qullik bekor qilinishi ham edi 
D) sanoat inqilobi ham edi 
31. Lotin Amerikasi davlatlari hududiga kirmaydigan davlatni aniqlng. 
A) Angola 
B) Venesuela 
C) Paragvay 
D) Ekvator 
32. Amerikada oq tanli aholiga mansub kishi bilan hindular o'rtasidagi nikohdan keyin tug'ilgan 
avlod nima deb yuritiladi? 
A) zanjular 
B) metislar 
C) mulatlar 
D) kreollar 
33. Oq tanli va qora tanli kishilar o'rtasidagi nikohdan keyin tug'ilgan avlod nima deb yuritiladi? 
A) zanjular 
B) kreollar 
C) metislar 
D) mulatlar

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish