Mozaika monumental dekorativ sahnat turlaridan biridir. Turli davrlarda
va turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materialiga ko’ra ham, naqo’ va
rasmlariga ko’ra ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo
madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan.
Mozaika hozirgi kunda monumental sahnatga aylangan. Mozaika bilan binolarning
tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sahnati asarlari bezatiladi. Mozaika
ishlarida oyna,sapol plitalaridan foydalaniladi. Loasda rangli ko’zgu parchalaridan
ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo’shilib va porlab,
shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul
tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir.
Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo’ritilgan tuxum
po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi.
Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va
yirik bo’laklarga bo’linadi.
Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning
konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo’lmasligi kerak.
Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
12
Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po’sti terib
siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi
uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar
ancha murakkablashadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq tangalari,
chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin
Mozaika (frans. masaique — muzalarga bagʻishlangan) — bir xil yoki turli
xom ashyo (koshin, tosh, yogoch, marmar, metall va boshqalar) bulaklaridan
ishlangan tasvir, naqsh. Mahobatli (monumental) bezak sanʼatining asosiy
turlaridan. Asosan, binolar, amaliy sanʼat asarlarini bezashda, dastgoh. sanʼati
asarlari yaratishda qoʻllanadi. M. yigʻishning 2 xil usuli farqlanadi: naqsh (tasvir)
mustaxkamlovchi modda (ohak, sement, mum va boshqalar) surtilib bezatilayotgan
yuzaga mayda boʻlaklardan toʻgʻridan-toʻgʻri terib hosil qilinadi; te s kar i terishda
rasmli qogʻoz yoki matoga boʻlaklar oʻng tomoni bilan yopishtiriladi, soʻng teskari
tomoniga mustahkamlovchi modda surtilib, bezatilayotgan yuza (devor yoki shift)
ga biriktiriladi. M.ning alohida turi —inkrustatsiya.
Turli ranglarda boʻyalgan doiralardan iborat eng qad. M. miloddan avvalgi
3ming yillikka mansub. M. Qad. Sharq mamlakatlarida, antik davr va oʻrta asrlarda
Vizantiya, Italiya, Gruziya, Qad. Rusda rivojlangan. Gʻarb. Yevropa sanʼatida
bezak M.lar keng tarqalgan. Islom mamlakatlarida 13—14-asrlarda koshinli M.
rivojlangan, qoliplar asosida ishlangan boʻlaklar yigʻilib murakkab naqsh
(tasvir)lar hosil qilingan. 14—15-asrlarda Samarqand va Buxorodagi binolar
peshtoqiga ishlangan M.lar jozibadorligi bilan diqqatni tortadi.
18-asrda Yevropada (jumladan, Rossiyada M.Lomonosov tomonidan) M. qayta
tiklangan (dastgoh portretlar va batal kompozitsiyalari yaratilgan). "Modern" va
milliy romantik oqim ustalari mayolika (koshin)li M. usulidan foydalanganlar
(ispan A. Gaudi, rus V. Vasnetsov, M. Vrubel va boshqalar). Yirik boʻlaklardan
tuzilgan M.da koʻzga tashlanuvchi mahalliy ranglar uygʻunlashtirib tuzilgan
kompozitsiyalar kup uchraydi (R. Guttuzo, D. Rivera va boshqalar). 20-asrning 30-
yillaridan sanʼatlar sintezi masalalariga qiziqish ortdi, M. ham rivojlandi.
Oʻzbekistonda 60-yillardan (ayniqsa, Toshkent zilzilasidan keyin) M. keng
tarqaldi, jamoat va turar joy binolari bezagida keng qoʻllanilmoqda (Toshkentdagi
Amaliy sanʼat muzeyi, "Paxtakor" metro bekati bezaklari va boshqalar). Asrlar
davomida rivojlanib kelayotgan qad. koshinkorlik anʼanalari keng qoʻllanilgan
holda jamoat binolari, meʼmoriy obidalar ajoyib M. namunalari bilan
bezatilmok,da: Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Oliy Majlis bi-nosi, Oʻzbekiston
konservatoriyasi binosi va boshqa
13
Do'stlaringiz bilan baham: |