5.2. Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi
Iqtisodiy fanlarda dinamik tizimlarni tasniflash nazariyasidan
foydalanib, murakkab boshqaruv jarayonlarini asosli ravishda
alohida-alohida elementlarga taqsimlab, ularni guruhlarga bo‘lib,
tashkil etuvchi belgilarni ajratish imkonini beradi.
Korxonaning
boshqaruv
funksiyalari
–
boshqaruv
faoliyatining o‘ziga xos turi, boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti
va ixtisoslashuvi mahsuli bo‘lib, o‘zida alohida belgi bo‘yicha
ajralib turuvchi boshqaruv jarayonining bir qismini aks ettiradi.
Boshqaruv elementlari (sifat, mehnat va maosh, fan-texnika
taraqqiyoti, mehnatni muhofaza qilish) va ishlab chiqarish
bo‘g‘inlari (mehnat, moddiy, texnik, moliyaviy va b.) resurslar
predmeti umumiyligi bo‘yicha amalda tasniflash ko‘proq
123
tarqalgan. Odatda korxonani boshqarish jarayonining 10 dan 25
tagacha funksiyalari farqlanadi.
Mehnatni tashkil qilishning asosiy vazifalari majmui –
boshqaruv jarayonining asosiy funksiyalari belgisi (me’yorlash,
rejalashtirish, hisob, nazorat, tahlil, tartibga solish) bo‘yicha
ajratib ko‘rsatiluvchi boshqaruv funksiyasi qismidir. Vazifalar
majmui muayyan funksiyaga tegishli bo‘lib, qoidaga ko‘ra, kichik
funksional bo‘linma (bo‘lim, byuro, guruh) tomonidan amalga
oshiriluvchi vazifalar majmuini jamlaydi – masalan, korxona
uchun personal tanlash jarayonini rejalashtirish. Vazifalar majmui
soni korxona miqyosida 200 tani tashkil etadi.
Bu borada boshqaruv vazifasi – tashkiliy jihatdan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan, personal tomonidan texnik vositalar yordamida
amalga oshiriluvchi axborotni qayta ishlash operatsiyalari majmui
bo‘lib, bu operatsiyalar bajarilishi natijasi boshqaruv qarorlarini
qabul qilish – masalan, korxona bo‘yicha yil davomida
personalning ehtiyoji miqdori va turini hisoblash imkonini beradi.
Vazifa boshqaruv jarayonining asosiy elementi bo‘lgani
uchun, uning amalga oshirilishi esa, qoidaga ko‘ra, boshqaruvning
bir qancha xodimlarini o‘z jarayoniga qamrab oladi. Korxonada
mehnatni tashkil etish, texnik va texnologik majmualarini
boshqarish jarayonida bir necha mingta boshqaruv vazifalari hal
etiladi.
Boshqaruv operatsiyasi – texnik vositalarning muayyan
to‘plami yordamida bitta xodim tomonidan bajariluvchi,
axborotning shakli yoki mazmuni o‘zgarishiga qaratilgan mehnat
harakatlarining majmui hisoblanadi. Bu jarayondagi boshqaruv
operatsiyasi vazifaning mazmuniy qismini aniqlashtiradi va
namunali chizma shaklida taqdim etilishi mumkin.
Boshqaruv
funksiyalarining
matritsali
taqsimlanishi.
Korxonani boshqarish amaliyotida korxona rahbariyati, funksional
va o‘rta bo‘g‘in bo‘linmalari o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini
oqilona taqsimlash dolzarb vazifa sanaladi.
Bir qator sanoat korxonalari boshqaruv tizimlarining tahlilida
amaldagi boshqaruv funksiyalari taqsimlanishida rahbarlar
tomonidan yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar:
124
• bosh direktor zimmasiga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar
va u qaror qabul qiladigan funksiyalarning haddan ortiq
yuklanishi;
• bosh direktor, uning o‘rinbosarlari va bo‘limlar rahbarlari
o‘rtasida boshqaruv funksiyalarining aniq hujjatlashtirilgan
taqsimoti mavjud emasligi;
• aksiyadorlik korxonalarida davlat boshqaruvining eski
ma’muriy tizimiga xos kichik bo‘lim va xizmatlarning mavjudligi
(fuqarolik mudofaasi, birinchi va ikkinchi bo‘limlar, mashina
byurosi);
• asosiy ishlab chiqarish jarayonida 500-1000 kishilik yirik
sexlar bilan bir qatorda ularga xizmat qiluvchi yordamchi ishlab
chiqarishdagi 500 kishigacha xodimga ega, samarasi yo‘q sexlar-
uchastkalar mavjudligi.
• qaror qabul qiluvchi shaxs ayrim hollarda, o‘z funksiyasiga
kirmagan boshqaruv operatsiyasini boshqa bo‘linmalar bilan aniq
texnologik o‘zaro bog‘liqliksiz hal etishi;
• ishlab chiqarish jarayonida texnologiyaning sifat talablari,
xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari
ustidan tezkor boshqaruv funksiyalarining taqsimlanishi va
ularning bosh direktorning turli o‘rinbosarlari tomonidan har xil
yo‘nalishda olib borilishi.
Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishning eng sodda va
aniq uslubi matritsali uslub sanaladi. Tuzilmaviy bo‘linmalar
o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini taqsimlash matritsasi jadval
ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning qatorlari ishlab chiqarish
boshqaruvining aniq vazifalari, ustunlari – boshqaruv apparatining
tuzilmaviy bo‘linmalari sanaladi. Ustunlar va satrlar kesiShuvida
aniq vazifa bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linma javob beradigan
boshqaruvning asosiy operatsiyalari ko‘rsatiladi.
Boshqaruv funksiyalarini taqsimlash martitsasi ularni
korxona rahbariyati va boshqaruv apparati bo‘linmalari o‘rtasida
aniq taqsimlash, boshqaruv operatsiyalari texnologik ketma-
ketligini belgilash va muayyan rahbar yoki mutaxassisga
operatsiyalarni aniq biriktirish imkonini beradi.
125
Personalni boshqarish va uning sonini ma’lum bir davrda ish
miqdorlari va maosh hamda xo‘jalik xarajatlarining hisob-kitobi
uchun korxonaning shtat tuzilmasi tasdiqlanishi kerak. Shuning
uchun korxona shtat tuzilmasining iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy
vazifasi – xodimlarning miqdoriy kasbiy tarkibini, mehnatga haq
to‘lash miqdori va xodimlar ish haqi fondini belgilaydi.
Korxonaning shtat tuzilmasi tarkibini korxona oldida turgan
maqsad va vazifalarga mos xolda puxta va samarali ishlab
chiqishga qadar quyidagi muhim hujjatlar tayyorlanishi zarur:
• rejali muddatga korxonaning (oy, chorak, yil davriyligi) ish
haqi fondi;
• rejali davrga mo‘ljallangan ish miqdorini bajarish uchun
yetarli miqdordagi personal sonining hisob-kitobi;
• korxonaning shtat jadvali.
Quyidagilar
shtat
tuzilmasini
shakllantirish
uchun
boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi:
• ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar) ning rejali miqdori;
• personal soni va ish haqi normativlari;
• boshqaruv tashkiliy tuzilmasi sxemasi;
• namunaviy (haqiqiy) shtat jadvallari.
Korxona ish haqi fondining hisob-kitobi ish haqi bo‘yicha
xarajatlarni mutloq kattaliklarda ham, ish haqining mahsulot
qiymatidagi nisbiy ulushi ko‘rinishida ham asoslash imkonini
beradi.
Korxonaning shtat tuzilmasi iqtisodiy bo‘lim (moliya-reja
bo‘limi) bilan kadrlar xizmati mutaxassislari tomonidan ishlab
chiqilib, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va korxona
muhri qo‘yiladi.
Tasdiqlangan korxona shtat tuzilmasining bir nusxasi
korxona rahbarida, ikkinchi nusxasi kadrlar bo‘limida, uchinchi
nusxasi buxgalteriya xizmatida saqlanadi.
Korxonaning shtat tuzilmasiga korxonaning ishlab chiqarish
miqdori, yangi innovatsion texnologiyalar yuzasidan qo‘shimcha
ishlab chiqarishlar yoki xizmatlar tatbiq qilinganda yil mobaynida
bir necha bor o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
126
Do'stlaringiz bilan baham: |