S xolmuratov korxonada kadrlar



Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/130
Sana10.09.2021
Hajmi1,64 Mb.
#170966
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Bog'liq
2321-Текст статьи-5722-1-10-20200702

3-amaliy mashg‘ulot 
 
O‘zbekiston  bo‘ylab  filiallar  tarmog‘iga  ega  yirik  nodavlat 
ishlab  chiqarish  kompaniyasi  20  yildan  buyon  o‘z  faoliyatini  olib 
boradi.  So‘nggi  uch  yil  davomida  korxonaning  kadrlar  sohasida 
ayrim  muammolar  yuzaga  keldi:  xodimlar  qo‘nimsizligi  biroz  
ko‘paydi,  xodimlarning  korxonaga  sadoqati  pasayib  ketdi,  yuqori 
darajadagi rahbar va mutaxassislar munosib ish haqiga ega bo‘lishiga 
qaramay,  kompaniyani  tark  etdilar.  Yuqori  malakali  kadrlar  orasida 
raqobatbardosh  ustunlik  yo‘qolishi  xavfi  mavjud  edi.  Bu  boshqaruv 
kengashini bezovta qildi, majlisda bosh direktor o‘rinbosari va bosh 
texnologning  shu  mavzudagi  ma’ruzalari  eshitildi.  Rasmiy  nuqtayi 
nazardan,  hamma  narsa  tartibli  olib  borilayotgandek  edi:  davlat 
mehnat  inspeksiyasining  tekshiruvlari  korxonada  mehnat  qonunlari 
qo‘pol  ravishda  buzilishini  aks  ettirgani  yo‘q,  xodimlarning 
malakaga  doir  vakolati  haqida  shubha  yo‘qligi  va  hatto  kompani–
yaning  kadrlar  siyosati  to‘g‘risidagi  hujjat  mukammal  ishlab 
chiqilganligini  qayd  etdi.  Biroq  direktor  o‘rinbosari  tomonidan  o‘z 
vaqtida  ishlab  chiqilgan  va  jamoa  majlisida  o‘z  tasdig‘ini  olgan 
hamda  amalga  oshirilgan  kadrlar  siyosati  bir  qator  muhim 
kamchiliklarga  ega  bo‘lganligi  ham  aniqlandi:  asosiysi  kadrlar 
siyosati korxona biznes strategiyasiga bog‘liq emas edi. 
Kadrlar  siyosatini  ishlab  chiqishda  direktorlar  kengashi,  o‘rta 
bo‘g‘in  boshqaruvchilari    jalb  qilinmagan,    bosh  korxonada  yoki 
uning  filiallarida  xodimlarni  boshqarish  samaradorligi  monitoring 
qilinmagan.  Munozara  yakunlari  bo‘yicha  yetakchi  kengash,  
direktorlar  kengashi  va  shaxsan  bosh  direktor  ko‘p  hollarda  vaziyat 
uchun aybdor bo‘lib, kadrlar siyosati va kadrlar strategiyasini ishlab 
chiqishda ishtirok etishdan chetda qolgan deb paradoksal (ziddiyatli) 


78 
xulosaga  kelishdi.  Shu  sababdan  korxonaning  kadrlar  siyosati 
bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.  
Direktor  o‘rinbosari  barcha  rahbarlarni  jalb  etish  uchun  o‘zaro 
aloqa 
mexanizmini 
ishlab 
chiqish, 
korxonaning 
biznes 
strategiyasidan  kelib  chiqib,  uning  muhim  tarkibiy  qismiga  aylanib 
boruvchi  kadrlar  siyosatining  yangi  loyihasini  ishlab  chiqish 
jarayonini  taklif  etdi.  U  keyinchalik  kadrlar  siyosatini  monitoring 
qilish  natijalari  va  kadrlar  boshqaruvi  tizimining  samaradorligini 
muntazam  baholash  asosida  ehtimoliy  tuzatishlar  bo‘yicha  taklif  va 
tashabbuslarning  muvofiqlashtiruvchi  mutaxassisi  bo‘lishi  kerak, 
degan  taklifni  kiritdi.  Ushbu  vaziyatdan  kelib  chiqib  quyidagi 
muammolarga  e’tiboringizni  qaratamiz  va  savollarga  javob 
tayyorlash borasida bu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topamiz. 
 

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish