Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   256
Soliq  huquqining  usuli.  Huquqiy  tartibga  solishning  maxsus  usulini, 
xususan,  davlat-hokimiyat  ko`rsatmalari  usuli  soliq  munosabatlarini 
tartibga  solishga  ham  to`liq  darajada  xosdir.  “Pozitiv  majbur  qilish,  man 
etish,  ba'zan  ruxsat  berish  usulini  qo`llashda  ifodalangan  maxsus  yuridik 
tartibot”
 12
 soliq huquqida ham foydalanaladi. 
 Soliq  huquqi  ham  boshqa  huquq  sohalari  singari  o‘zining  tartibga 
solish  uslubiga  egadir.  Soliq  huquqi  tartibga  solish  funksiyasini  amalga 
oshirib,  soliq  solish  jarayonidagi  munosabatlar  ishtirokchilarining  xulq-
atvorini  tartibga  soluvchi  huquqiy  vositalar  yoki  uslublarning  muayyan 
majmuidan foydalanadi. 
                                                           
12
 
Xван Л.Б. Налоговое право - T., 2001 г. 
 


38 
 
 
 
 
Tartibga  solinadigan  ijtimoiy  munosabatlar  doirasi  bo‘yicha,  ya’ni 
predmet bo‘yicha amaldagi huquq tarmoqlari ko‘pincha o‘zaro juda yaqin 
bo‘lib,  ayrim  hollarda  o‘zlarining  asosiy  ko‘rinishlarida  hatto  bir-biriga 
mos ham keladi.  
Huquqning  har  qanday  tarmog‘i  huquqning  o‘z  tabiatida  joylashgan 
ijtimoiy  munosabatlarga  huquqiy  ta’sir  etishning  uch  uslubidan 
foydalanadi, bular:  
-yozma  buyruq,  ko‘rsatma  -  huquq  normasida  nazarda  tutilgan 
sharoitlarda  u  yoki  bu  harakatni  amalga  oshirish,  ya’ni  boshqacha  emas, 
balki  aynan  shunday  harakat  qilish  uchun  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yuridik 
majburiyatni  zimmaga  yuklashdir.  (
Masalan,  soliqlarni  to‘lash  majburiyatini 
yuklanishi); 
 
-man  etish,  taqiqlash  -  amalda  bu  ham  ko‘rsatma,  ammo  u  teskari, 
ya’ni huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni 
amalga  oshirmaslik  bo‘yicha  yuridik  majburiyatni  zimmaga  yuklashdir. 
(Masalan, soliqlarni natura shaklida to‘lanishini taqiqlanishi)
;  
-ruxsat berish - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki 
bu harakatlarni o‘z xohishi bo‘yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat 
berilishidir. 
 
 
(Masalan,  soliq  solishni  soddalashtirilgan  tizimini  joriy  etilishi.  Masalan,  soliq  to‘lovchi 
soliqlarni  to‘lashda  yoki  umumbelgilangan  soliqlarni  to‘lashi  yoki  soddalashtirilgan  soliq  solish 
tizimiga ko‘ra soliqlarni to‘lashi mumkin. Ikkala holatda ham soliqni albatta to‘laydi, faqat to‘lash 
usulini o‘zi tanlash imkoniyati beriladi)
.  
 
Ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishning  ko‘rsatilgan  usullaridan 
huquqni  u  yoki  bu  tarmog‘ining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan 
holda, foydalaniladi. 


39 
 
Soliq  huquqining  tartibga  solish  usuliga  davlat  organi  yoki 
mansabdor  shaxs  tomonidan  chiqariladigan  ko‘rsatmalar  xosdir.  Soliq 
munosabatlarining  boshqa  tomoni  ushbu  ko‘rsatmaga  bo‘ysunishga 
majburdir. 
Bu 
shuni 
anglatadiki, 
davlat 
organining 
hokimiyat 
ko‘rsatmalari  yordamida  davlat  amalda  o‘zining  soliq  sohasidagi 
vakolatlarini amalga oshiradi.  
Demak,  davlat  nomidan  harakat  qiladigan  va  soliq  munosabatlarida 
uning  manfaatlarini  ifoda  etadigan,  davlat  organlarining  o‘z  xohish-
irodasini bildirishi – bir tomonlama va majburiy bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. 
Bunda,  soliq  sohasida  tomonlarning  yuridik  jihatdan  tengsizligi  vujudga 
keladi.  
Aynan  mana  shu  sababli  soliq  huquqining  asosiy  usuli,  ya’ni  soliq 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish