Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   256
Soliq 
qonunchilik 
hujjatlarining 
prinsiplari. 
O‘zbekiston 
Respublikasida  soliq  tizimining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  uning 
prinsiplarida ko‘rishimiz mumkin. Har qanday davlat faoliyati singari soliq 
solish  ham  ma’lum  bir  prinsiplarga  tayangan  holda  amalga  oshiriladi. 
Soliq  tizimi  prinsiplari  obyektiv  qonuniylikni  aniqlashning  va  undan  aql-
idrok  bilan  foydalanishning  shakllaridan  biri  bo‘lib  hisoblanadi.  Agar 
soliq  tizimi  prinsiplari  buzilsa,  u  bevosita  amaliy  vazifalarni  xal 
etishga  to‘sqinlik  qiladi.  Soliq  tizimi  prinsiplari  turli-tuman  bo‘lib, 
bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  O‘zbekiston  Respublikasida 
soliq qonunchilik hujjatlari quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 


34 
 
- soliq solishning majburiyligi. Soliq to‘lovchi – yuridik va jismoniy 
shaxslar  Soliq  kodeksida  belgilangan  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to‘lovlarni  to‘lashi  shart  (bu  holat  konstitutsiyaviy  norma  talabidan  kelib 
chiqadi); 
- soliq solishning aniqligi, ya’ni har bir soliq to‘lovchi qaysi soliqlar 
va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni,  qachon,  qancha  miqdorda  hamda  qay 
tartibda  to‘lashi  kerakligini  aniq  bilishi,  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to‘lovlarning elementlari aniqlangan bo‘lishi lozim.
  
 
(
Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksiga  asosan,  Jismoniy  shaxslarning  mol-
mulkiga  solinadigan  soliq  summasi  mol-mulkning  1  yanvarga  bo‘lgan  holatiga  ko‘ra 
inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bir 
nechta  mulkdorning  umumiy  ulushli  mulkida  bo‘lgan  imoratlar,  binolar  va  inshootlar  uchun 
jismoniy  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliq  mulkdorlarning  har  biri  tomonidan  ularning 
ushbu  imoratlar,  binolar  va  inshootlardagi  ulushiga  mutanosib  ravishda  to‘lanadi.  Soliq  stavkasi  
tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Jismoniy shaxslarning 
mol-mulkiga  solinadigan  soliqni  soliq  davri  uchun  to‘lash  hisobot  yilining  15  oktabriga  qadar 
amalga oshiriladi). 

soliq solishning adolatliligi. Soliq solish umumiy bo‘lib, soliqlar va 
boshqa  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  imtiyozlarni  belgilash  ijtimoiy  adolat 
prinsiplariga  mos  bo‘lishi  kerak.  Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar 
bo‘yicha  yakka  tartibdagi  xususiyatga  ega  bo‘lgan  imtiyozlar  berilishiga 
yo‘l  qo‘yilmaydi.  Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  kamsitish 
xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy 
va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin 
emas
.  
 
Masalan,  yakka  tadbirkor  A.Axmedovga  yoki  “Sharq”  ishlab  chiqarish  korxonasini  mol-
mulk  solig‘i  yoki  boshqa  soliq  va  majburiy  to‘lovlardan  ozod  qilish  yuzasidan  imtiyoz  berish 
mumkin emas.Imtiyoz ma’lum bir toifani, masalan, urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek 
doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning yer solig‘idan ozod 
qilinishi  yoki  ma’lum  bir  ishlab  chiqaruvchilarni,  masalan,  davolash  muassasalari  huzuridagi 
davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarini foyda solig‘idan ozod qilinishi kabi imtiyozlar belgilangan;  
 

soliq 
tizimining 
yagonaligi. 
Soliq 
tizimi 
O‘zbekiston 
Respublikasining  butun  hududida  barcha  soliq  to‘lovchilarga  nisbatan 
yagonadir.  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududi  doirasida 
tovarlarning  (ishlarning,  xizmatlarning)  yoki  moliyaviy  mablag‘larning 
erkin  muomalada  bo‘lishini  bevosita  yoki  bilvosita  cheklab  qo‘yadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;  

soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  oshkoraligi.  Soliq  solish 
masalalarini  tartibga  soluvchi  normativ-huquqiy  hujjatlar  rasmiy 
nashrlarda  e’lon  qilinishi  shart.  Barchaning  e’tibori  uchun  rasmiy  e’lon 


35 
 
qilinmagan  normativ-huquqiy  hujjatlar  kuchga  kiritilmagan  hujjat  sifatida 
huquqiy 
oqibatlarni 
keltirib 
chiqarmaydi 
va 
soliq 
sohasidagi 
munosabatlarni  tartibga  solishga,  ulardagi  ko‘rsatmalar  bajarilmaganligi 
uchun  biron  bir  sanksiyani  qo‘llashga  asos  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin 
emas;  
-  soliq  to‘lovchining  haqligi  prezumpsiyasi  -  soliq  to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar 
va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinadi.  
 
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish