Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   256
Soliq  to’lash  tartibi.  Soliq  davri  mobaynida  soliq  to’lovchilar  suv 
resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  bo’yicha  joriy  to’lovlarni 
to’laydilar,  bundan  Yagona  yer  solig’ini  to’lashga  o’tmagan  qishloq 
xo’jaligi  korxonalari,  O’zbekiston  Respublikasida  faoliyatni  doimiy 
muassasa  orqali  amalga  oshirayotgan  O’zbekiston  Respublikasining 
norezidentlari,  shuningdek  yuridik  shaxs  tashkil  etgan  va  tashkil  etmagan 
holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari mustasno.  
Joriy  to’lovlar  miqdorini  hisoblab  chiqarish  uchun  soliq  to’lovchilar 
joriy  soliq  davrining  25  yanvarigacha,  yangi  tashkil  qilinganlari  esa  - 
davlat 
ro’yxatidan 
o’tkazilgan 
kundan 
e’tiboran 
o’ttiz 
kundan 
kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq 
xizmati  organlariga  mo’ljallanayotgan  soliq  solinadigan  bazadan 
(foydalaniladigan  suv  hajmidan)  va  suv  resurslaridan  foydalanganlik 
uchun  belgilangan  soliq  stavkalaridan  kelib  chiqqan  holda  hisoblangan 
joriy  soliq  davrida  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  summasi 
to’g’risidagi  ma’lumotnomani  taqdim  etadilar.  Suv  resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq bo’yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida 
yuzaga  kelgan  soliq  to’lovchilar  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun 
soliq  summasi  to’g’risidagi  ma’lumotnomani  soliq  majburiyati  yuzaga 
kelgan  sanadan  e’tiboran  o’ttiz  kundan  kechiktirmay  taqdim  etadilar. 
Hisoblab chiqarilgan joriy to’lovlar quyidagicha to’lanadi:  
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi 
eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko’pni tashkil etadigan yuridik 
shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) 
-  har  oyning  25-kunidan  kechiktirmay  suv  resurslaridan  foydalanganlik 
uchun soliq yillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida;  
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi 
eng  kam  ish  haqining  ikki  yuz  baravaridan  kamni  tashkil  etadigan 
mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  jumlasiga  kirmaydigan  yuridik 
shaxslar, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan - yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan 
kechiktirmay  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  yillik 
summasining to’rtdan bir qismi miqdorida.  


142 
 
Soliq  davri  mobaynida  mo’ljallanayotgan  soliq  solinadigan  baza 
o’zgargan taqdirda, soliq to’lovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq  summasi  to’g’risida  aniqlashtirilgan  ma’lumotnoma  taqdim  etishga 
haqli.  Bunda  soliq  davrining  qolgan  qismi  uchun  joriy  to’lovlarga  suv 
resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliqning  o’zgarish  summasiga  teng 
ulushlarda tuzatish kiritiladi.  
Soliq  davrida  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  to’lash 
joriy to’lovlar hisobga olingan holda soliq to’lovchilar tomonidan, suvdan 
foydalanish  yoki  suv  iste’moli  joyida,  hisob-kitob  taqdim  etiladigan 
muddatdan  kechiktirmay  amalga  oshiriladi,  bundan  yuridik  shaxs  tashkil 
etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari mustasno.  
Soliq davrida  suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha 
joriy  to’lovlar  summasi  hisob-kitobga  ko’ra  budjetga  to’lanishi  lozim 
bo’lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan 
taqdirda,  davlat  soliq  xizmati  organi  joriy  to’lovlarni  suv  resurslaridan 
foydalanganlik  uchun  soliqning  haqiqiy  summasidan  kelib  chiqib,  penya 
hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.  
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo’jaliklari  tomonidan  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq 
to’lash  yiliga  bir  marta,  soliq  davridan  keyingi  yilning  1  mayigacha 
amalga oshiriladi.  
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish