11
aylanish chastotasi bilan ishlab turgan dvigateldan foydalanilgani holda, g’ildirak tezligini
boshqarish va lozim bo’lgan taqdirda harakat yo’nalishini o’zgartirish zaruriyati tug’iladi.
Avtomobillarda bunday vazifani o’taydigan uzel tishli g’ildiraklardan tuzilgan uzatma, ya’ni
tezliklar qutisidir. Ko’pchilik elektrik dvigatellarning ishlash rejimi ham mashinaning ish
bajaruvchi qismini ishlash rejimidan farq qiladi. Ularni bir - biriga moslash ishi ham turli uzatmalar
vositasida amalga oshiriladi.
Demak dvigatel bilan mashina o’rtasida uzatmalar o’rnatish zaruriyati bir qancha sabablar
bilan izohlanadi: 1. energiya manbalari – dvigatellar katta burchak tezliklarida ishlaydi, bu tezliklar
ularning quvvati, FIK katta, o’lchamlari kichik bo’lishini ta’minlaydi: ishlab chiqarish mashinalari
vallarning burchak tezliklari ko’p hollarda dvigatel valining burchak tezligidan farq qiladi; 2. ishlab
chiqarishdagi mashinalarning tezligini binobarin, aylanuvchi momentlarni dvigatel valining burchak
tezligini o’zgartirish yo’li bilan emas, balki uzatmalar bilan amalga oshirish foydaliroqdir, chunki
dvigatel valining burchak tezligi kamayganda uning quvvati va FIK ham kamayadi: 3. dvigatel,
odatda, aylanma harakatni uzatadi, mashinaning ishchi jihozlari esa, ko’pincha, ilgarilama–qayta,
tebranma, vintsimon va boshqa harakat turlari bo’lishini talab qiladi; 4. ko’p hollarda bir dvigatel
energiyasini bir necha ishlab chiqarish mashinalariga uzatishga to’g’ri keladi, bu mashinalar
aylanuvchi vallarining burchak tezliklari esa bir xilda bo’lmaydi.
Shunday qilib, energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi orlig’ida joylashib,
ularni o’zaro bog’lovchi hamda harakatni talab qilingandek boshqarishga imkon beruvchi
mexanizmlar
uzatmalar deb ataladi (3.1-rasm).
Mashinasozlikda mexanikaviy, elektrik, pnevmatik va gidravlik uzatmalardan foydalaniladi.
Ularning eng ko’p ishlatiladigani mexanikaviy uzatmalardir. Bu uzatmalar alohida va boshqa tur
uzatmalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.
3.1-rasm.
Mashina detallari kursida, asosan mexanikaviy uzatmalar o’rganiladi. Boshqa tur uzatmalar
haqidagi ma’lumotlar maxsus kurslarda batafsil beriladi.
Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo’linadi; 1) ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar
(friksion va tasmali uzatmalar) (3.2-rasm,
a,
g); 2) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli,
chervyakli va zanjirli uzatmalar) (3.2-rasm,
b,
d, ye).
b)
Dvigatel
Uzatma
Mashinaning
ish bajarish
organi
Kirish
Chiqis
hKirish
Uzatma
Do'stlaringiz bilan baham: