5.3. Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari va uslublari
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng
o‘rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan
kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va
tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan
yo‘nalishga va maqsadga bo‘lgan marketing tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi.
Har bir tashkilot, firma o‘z bozori va xaridori ko‘lamini saqlash, ular
salmog‘ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing
tadqiqotlarini amalga oshirmog‘i lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf xarajatlarni talab etadi. Asosan
yirik firmalar o‘z tarkibiy tuzilmalari miqyosida marketing tadqiqotlarini
o‘tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazishga imkoniyat va
muayyan zaruratlar doimiy bo‘lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida
ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan
marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda axborot olib
turadilar.
AQSHda eng yirik va mashhur firmalar o‘z marketing tadqiqotlarini asosan
besh sohada amalga oshiradilar
1
:
1. Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar.
1
Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, методика, практика: учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2012. - 208
стр.
112
3. Tashkilotning ichki va tashqi ma’suliyatini baholashga oid tadqiqotlar.
4. Bozordagi holat tahlili.
5. Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar.
Mavzu jihatdan marketing tadqiqotlari bir-birini to‘ldiruvchi bo‘lishi bilan
birga, bir - biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga
qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor
imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar
mahsulotlari
tahlili,
yangi
mahsulotning
sotuv
hajmini
aniqlash,
sotuv
shahobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hokazolar.
Ushbu mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qo‘llanishi,
axborot ko‘lamining qayta ishlanishi, boshqa ko‘rsatkichlarning inobatga olinishi, bir
necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu
mavzular bo‘yicha so‘nggi paytlarda ishlab chiqarilgan umumiy va maxsus
kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Umuman olganda, marketing
dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-
iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi
1
:
demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;
aholi va korxonalarning daromadi, harajati, iste’mol jamg‘armalarining
tarkibi;
baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;
soliqlar tizimi;
raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar
jumlasiga kiradi.
Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari, albatta bozorning rivojlangan
darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg‘ul
bo‘lgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma tizimlarining
shakllanish sur’ati va boshqa omillarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. SHu, jihatdan
rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning marketing tadqiqotlari yo‘nalishlari,
1
Қосимова М.М, Абдухалилова Л.Т., Маркетинг тадқиқотлари, Т-: ТДИУ, 2012й 252б.
113
uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va tashkilotlari uchun
o‘zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo‘rin bo‘ladi.
Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning
hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini uyushtirishda
ham sezilarli tarzda o‘z aksini topmoqda. Hususan, firmalarning raqobatbardosh
quvvati, bozordagi o‘rni, lozim strategik maqsadlari, diversifikatsiya sari yo‘l tutish
taktikasi ko‘pgina hollarda tadqiqotlarning yo‘nalishi va ko‘lamini belgilaydi.
Hozirgi kunda Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mitsibushi, Xonda, Janubiy
Koreyaning Xunday, Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida
peshqadamlikka erishish strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |