Konglomerat diversifikasiya - firma assortimentini na firmada qo’llanayotgan
texnologiyalarga, na ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, na hozirgi bozorga xech
qanday aloqasi bo’lmagan mahsulotlar bilan to’ldirish.
Konsyumerizm - iste’molchilar huquqi va manfaatlarini himoya qilish
bo’yicha tashkil qilingan xarakat, iste’molchilar xavfligi, ularning iqtisodiy
manfaatlarini muhofaza qilish, sifatsiz tovar ishlab chiqarish g’irrom raqobatchilikka
va qarshi kurash bilan bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |