Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Xalqaro oldi-sotdi bitimlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

10.2. Xalqaro oldi-sotdi bitimlari 
 
Oldi-sotdi  bitimlari  bu  chet  ellik  hamkorlar  (kontragentlar)  bilan  tijorat 
xarakteriga  ega  bo’lgan  shartnomalarni  bajarishdir.  Xalqaro  savdoda  oldi-sotdi 
bitimlari qatoriga eksport, import, reeksport va reimport bitimlarini kiritish mumkin. 
Eksport  bitimlari  bu  chet  ellik  xaridorga  tovarni  sotuvchining  mamlakatidan 
chet elga olib chiqib sotishdir. 
Import  bitimlari  tovarni  chet  ellik  sotuvchidan  sotib  olish  va  uni  keyinchalik 
ichki  bozorda  sotish  maqsadida  chet  eldan  mamlakatga  olib  kirishni  ifodalaydi. 


 
223 
Xaridor  mamlakatga  kimoshdi  savdosi,  ko’rgazma  va  yarmarkalarga  olib  kiriluvchi 
tovarlar  ham  import  bitimi  ob’yekti  bo’lishi  mumkin.  Import  sifatida  olib  kiriluvchi 
tovar  tayyor  mahsulot  bo’lishi  yoki  xaridor  mamlakat  ichida  qayta  ishlanishi  kerak 
bo’lgan yarim tayyor mahsulot bo’lishi mumkin. 
Reeksport  bitimi  tovarni  chet  ellik  sotuvchidan  sotib  olib  mamlakatga  olib 
kirish,  so’ngra bu tovarni (qayta ishlamasdan) boshqa chet ellik xaridorga sotishdir. 
Bu  operasiyalar  transport  xarajatlarini  oshirmaslik  va  etkazib  berish  muddatini 
qisqartirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Reimport  bitimi  chet  eldan  mamlakatda  ishlab  chiqarilgan,  lekin  kimoshdi 
savdolarida  sotilmagan,  chet  ellik  xaridor  tomonidan  sifatsiz  deb  topilgan,    u  erda 
qayta  ishlanmagan  yoki  xaridorning  to’lov  layoqatiga  ega  emasligi  sababli  qaytarib 
berilgan  mahsulotlarni  mamlakat  hududiga  qayta  olib  kirishni  anglatadi.  Chet  eldan 
qaytarib  olib  kelinayotgan  mahalliy  tovarlar,  masalan,  ko’rgazmalarga  vaqtinchalik 
olib chiqilgan tovarlar reimport tarkibiga kiritilmaydi. 
Xalqaro  savdoda  oldi-sotdi  bitimlari  etkazib  berish  (shartnoma  ishtirokchilari 
tomonidan  kelishilgan  va  shartnomada  belgilangan  vaqt  davomida  sotuvchi  tovarni 
xaridorga  etkazib  berishni  o’z  zimmasiga  olgan)  muddatiga  ko’ra  imperativ, 
diapozitiv, aniqlangan va aniqlanmagan turlarga taqsimlanadi. 
Imperativ  muddat  tovarni  etkazib  berish  muddatini  tomonlarning  kelishuviga 
ko’ra o’zgartirish mumkin emasligini nazarda tutadi. 
Dispozitiv 
muddatda 
kontragent 
hisoblanuvchi 
tomonlar 
mamlakat 
qonunchiligida tomonlarning kelishuviga asosan etkazib berish muddatini o’zgartirish 
mumkinligi ko’zda tutiladi.  
Aniqlangan  muddatda  tovarni  etkazib  berish  muddatining  boshlanishi  va 
tugallanishi, shuningdek, turli hodisalar vaqti aniq ko’rsatilishi ko’zda tutiladi. 
Eksport-import  tovar  oldi-sotdisi  bitimlari  bo’yicha  aniqlanmagan  muddat 
koordinatalarni  ko’rsatgan  holda  belgilanadi,  masalan,  «o’z  vaqtida»,  «darhol», 
«kechikmasdan». 
Xalqaro  shartnomada  tovarni  etkazib  berish  muddati  quyidagi  tarzda 
ko’rsatilishi mumkin: 


 
224 
•  tovarni etkazib berishning qat’iy belgilangan sanasini aniqlash; 
•  tovarni etkazib berish amalga oshiriluvchi (oy, chorak, yil) davrni aniqlash; 
•  maxsus  atamalarni  qo’llagan  holda  –  «darhol  etkazib  berish»,  «ombordan 
olib  ketish»  va  hokazo.  Etkazib  berish  qismlarga  bo’lib  amalga  oshirilgan  hollarda 
kalendar  rejasi  tuzilib,  unda  etkazib  beriluvchi  har  bir  partiyaning  muddati 
ko’rsatiladi. 
Xalqaro  savdoda  tovar  etkazib  berish  muddatidan  kechroq  etkazib  berilsa 
shartnomada  boshqa  holat  ko’zda  tutilmagan  bo’lsa  xaridor  tovarni  qabul  qilishdan 
bosh  tortishi  mumkin.  Bu  holda  xaridor  eksport  tovarni  qabul  qilishni  rad  etganligi 
to’g’risida  bildirishnoma  yuborishi  lozim.  Bildirishnoma  yuborishdan  avval 
jo’natilgan tovarni xaridor qabul qilishi va uning narxini to’liq to’lashi lozim. Tovar 
etkazib  beruvchining  tovarni  oldi-sotdi  shartnomasida  ko’rsatilgan  muddatdan 
muntazam  kech  qolib  jo’natishi  shartnoma  shartlarini  jiddiy  buzish  hisoblanib, 
xaridorning  shartnomani  bajarishdan  bir  tomonlama  bosh  tortishiga  olib  kelishi 
mumkin. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish