Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

Transmilliy kompaniyalar 
Ba’zi firmalar rivojlanishda xalqaro filial darajasidan o’sib ketishi va ko’pmilliy 
tashkilotlarga  aylanishi  mumkin.  Bunday  firma  endilikda  o’zi  haqida  milliy  bozor 
ishtirokchisi  sifatida  fikr  yuritmaydi,  balki  o’zini  jahon  bozorining  ishtirokchisi 
hisoblaydi. 


 
208 
Bunday firmaning oliy va funksional rahbariyati ishlab chiqarishni rejalashtirish, 
marketing siyosati, pul mablag’larining harakatlanishi va moddiy-texnika ta’minotiga 
xalqaro  miqyosda  jalb  etiladi.  Xalqaro  miqyosda  faoliyat  ko’rsatuvchi  bo’linmalar 
xalqaro  filial  rahbariyatiga  emas,  balki  bevosita  direktorga  –  firmaning  ijroiya 
qo’mitasiga  bo’ysunadi.  Bunday  firmaning  rahbar  xodimlari  mahalliy  va  xalqaro 
miqyosda  emas,  balki  aynan  jahon  bozorida  ishlashga  tayyorlanadi.  Rahbariyat  bir 
nechta  mamlakat  vakillaridan  iborat  bo’ladi.  Butlovchi  qismlar  va  qo’shimcha 
materiallar qaerda arzon bo’lsa, o’sha erda sotib olinadi, kapital qo’yilmalari esa eng 
yuqori kapital qaytimi kutilayotgan mamlakatga kiritiladi. 
Firmalar  xalqaro  marketing  bilan  turli  sabablarga  ko’ra  shug’ullanadilar.  Ba’zi 
firmalarni  bunga  mahalliy  bozorning  kambag’alligi  majbur  qilsa,  boshqa  firmalarni 
chet  elda  ochilayotgan  imkoniyatlar  jalb  qiladi.  Xalqaro  marketing  faoliyatiga  xos 
bo’lgan  tavakkalchiliklarni  hisobga  olgan  holda  firmalar  bu  sohada  qaror  qabul 
qilishga ketma-ketlikda va kompleks ravishda yondashishi lozim. 
Birinchidan,  xalqaro  marketing  muhitini,  jumladan  xalqaro  savdo  tizimining 
xususiyatlarini tushunib olish zarur. Muayyan xorijiy bozorni ko’rib chiqishda albatta 
uning iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy xususiyatlaridan kelib chiqish lozim. 
Ikkinchidan,  firma  umumiy  sotuv  hajmining  qanday  qismini  tashqi  bozorda 
olishga  intilishi,  bir  vaqtning  o’zida  bir  nechta  mamlakatda  faoliyat  ko’rsatadimi  va 
qaysi turdagi mamlakatlarda faoliyat ko’rsatishni istashini hal qilishi lozim 
Uchinchidan,  firma  qaysi  muayyan  bozorga  chiqishini  hal  etishi  lozim,  bu  esa 
kiritilgan  kapitalga  olish  kutilayotgan  daromad  miqdorini  mavjud  tavakkalchilik 
darajasini hisobga olgan holda baholashni talab qiladi 
To’rtinchidan,  firma  har  bir  bozorga  eksport,  qo’shma  tadbirkorlik  faoliyati  va 
bevosita investisiyalash yordamida qay tariqa kirib borishni hal qilishi lozim. 
Ko’plab  firmalar  xalqaro  miqyosda  o’z  faoliyatini  oddiy  eksportchi  sifatida 
boshlab,  keyinchalik  qo’shma  tadbirkorlik  faoliyati  yuritishga  va  yakunda  bevosita 
investisiyalashga  o’tadi.  Firma o’z tovarlari, rag’batlantirish strategiyasi,  narxlari  va 
tovarni  taqsimlash  kanallarini  har  bir  xorijiy  bozorning  o’ziga  xosliklariga  qay 
darajada  moslashtirishi  lozimligi  haqida  qaror  qabul  qilishi  zarur.  Va  nihoyat  firma 


 
209 
xalqaro  marketing  faoliyatiga  ixtisoslashgan  samarali  tashkiliy  strukturani  yaratishi 
lozim.  Ko’pchilik firmalar eksport bo’limini tuzishdan boshlaydilar  va  xalqaro  filial 
ta’sis  etishgacha  boradilar.  Biroq  ba’zi  firmalar  undan  ham  rivojlanib,  transmilliy 
kompaniyalarga  aylanadi.  Ularning  oliy  rahbariyati  esa  marketingni  rejalashtirish  va 
boshqarish bilan butunjahon miqyosida shug’ullanadi.  

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish