Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


partiyadagi o’rinlar soni, tovarning yuk partiyasidagi o’rnining tartib raqami



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763


partiyadagi o’rinlar soni, tovarning yuk partiyasidagi o’rnining tartib raqami; 
•  maxsus markirovka – yukni yuklash, tashish va saqlashda u bilan muomala 
qilish usullarini belgilovchi ogohlantiruvchi yozuv va belgilar. 
Tovar, jo’natish va maxsus markirovkalar yuk jo’natuvchi tomonidan, transport 
markirovkasi esa yuk tashuvchi yoki uning agenti tomonidan bajariladi. 
Markirovka tovar markasini ifodalaydi hamda quyidagilarni mujassamlantiradi: 
•  firma belgisi (ramz, rasm, ajratib turuvchi rang, shartli belgilanish); 
•  firma nomi (so’z yoki so’z birikmasi, harf yoki harflar guruhi); 
•  tovar obrazi (jonlantirilgan tovar markasi). 
Hozirga  paytda  tovarlar  markirovkasi  uchun  maxsus  xalqaro  simvollar  tizimi 
ishlab  chiqilgan.  Tovar  qadoqlashsi  va  markirovkasi  bo’yicha  quyidagi  xalqaro 
kelishuvlar mavjud: 
ATR – xavfli tovarlarni tashish bo’yicha xalqaro kelishuv; 
IMDG – xavfli yuklar uchun xalqaro dengiz kodi; 
IATA – havo transporti yordamida tashiluvchi xavfli yuklarni markirovka qilish 
bo’yicha xalqaro kelishuv. 
Sifatli  servis  xizmati  ko’rsatishni  ta’minlash  tashqi  bozorda  sotuvni 
rag’batlantirish  usullaridan  biri  hisoblanadi.  Tashqi  bozorda  servis  xizmati 
ko’rsatishning qiyinligi servisning qaysi elementlari tovarning uzviy va ajralmas bir 
qismi,  qaysilari  esa  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko’rsatish  kompleksiga  mansubligini 


 
169 
aniqlashdan  iborat.  Bunda  zarur  va  qo’shimcha  servis  xizmatlarini  tanlash 
iste’molchilarning  madaniyati,  an’analar,  talabning  to’lov  layoqati  va  hokazolarga 
bog’liq bo’ladi. 
Xalqaro  marketingda  kompaniya  qaror  qabul  qilishi  lozim  bo’lgan  oltita  servis 
tarkibiy  qismlarini  ajratib  ko’rsatish  mumkin:  transportirovka  qilish  va  o’rnatish, 
importchining  xodimlarini  o’rgatish  va  ularga  maslahatlar  berish,  texnik  xizmat 
ko’rsatish va ta’mirlash, kafolat xizmati ko’rsatish, qayta ishlash va boshqa xizmatlar. 
Transportirovka  qilish  va  o’rnatish  firmaning  xalqaro  yuk  tashuvida  etarlicha 
tajribaga ega bo’lmagan eksportchining vazifalarini engillashtirish maqsadida tovarni 
etkazib  berishni  o’z  zimmasiga  olishga  tayyorligini  anglatadi.  Ba’zi  hollarda 
murakkab  asbob-uskunalarni  faqat  malakali  mutaxassislar  o’rnatishi  mumkin,  ularni 
izlab  topish  zarurati  esa  importchining  xarid  qilishdan  manfaatdorligining  keskin 
pasayishiga olib keladi. 
Katta xalqaro loyihalar doirasida ko’pincha turli mamlakatlardan ta’minotchilar, 
pudratchilar va montaj firmalardan iborat maxsus konsorsium tuziladi. 
Importchining xodimlarini o’rgatish va ularga maslahatlar berish. Bu investisiya 
tovarlarini  sotishda  alohida  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Eksportchining  maslahat 
xizmatlari  hajmi  xodimlar  malakasidan  kelib  chiqqan  holda  turli  mamlakatlarda 
turlicha – asbob-uskunalar bilan ishlashga to’liq o’rgatishdan to o’ziga xos masalalar 
bo’yicha  ayrim  maslahatlar  berishgacha  bo’lishi  mumkin.  Ba’zida  import 
qiluvchining  xodimlarini  o’rgatish  uchun  chet  elga  mutaxassis  yuborish  yoki  bu 
xodimlarni korxonaning o’zida qabul qilishdan foydalanilsa, boshqa hollarda eksport 
qiluvchi kompaniya o’qitish bo’yicha maxsus dasturlar ishlab chiqadi, bu esa, albatta, 
qo’shimcha xarajatlar sarflanishini talab qiladi. 
Texnik  xizmat ko’rsatish  va  ta’mirlash.  Tovarlarga  texnik  xizmat ko’rsatish  va 
ta’mirlashning ikki xil varianti mavjud
1

•  texnik  xizmat  ko’rsatish  va  ta’mirlashni  ta’minlovchi  xizmat  ko’rsatish 
tizimiga ega agent yoki distribyuterni izlab topish; 
                                                
1
  Щегорцов  В.А.,Таран  В.А.,Шойгу  И.А.,Щегорцев  М.В.  Основы  маркетинга:  учебник  для  вузов.  – 
М.:Дело, 2016.- 414 с. 


 
170 
•  o’zining servis xizmati ko’rsatish tizimini yo’lga qo’yish, zarur hollarda esa 
chet  elga  o’z  mutaxassislarini  yuborish  yoki  mahalliy  kadrlarni  o’rgatish  yo’li  bilan 
bevosita xizmat ko’rsatish. 
Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatishni to’g’ri tashkil qilishning muhim sharti bu 
xaridorlarni  zarur  materiallar  va  ehtiyot  qismlar  bilan  o’z  vaqtida  ta’minlashdir. 
Bunda import qiluvchi mamlakat hududida ehtiyot qismlar omborini yaratish ko’zda 
tutilib,  bunday  omborlarda  asosan  eng  zarur  detal  va  qurilmalar  saqlanadi.  Boshqa 
barcha  ehtiyot  qismlar  esa  eksport  qiluvchi  mamlakat  hududidagi  zarur  detallar 
zahirasi doimo mavjud bo’lgan markaziy ombordan olib kelinadi. 
Texnik  xizmat  ko’rsatish  stansiyalari  va  ta’mirlash  ustaxonalari  qurish  muhim 
shartlardan  yana  biridir.  Ularning  vazifasi  mashina  va  asbob-uskunalarni  ta’mirlash 
ishlarining barchasini hamda profilaktika xizmatini amalga oshirishdan iborat. 
Sotuvdan  keyingi  xizmat  ko’rsatishni  muvaffaqiyatli  yo’lga  qo’yish  uchun 
asbob-uskunalardan  to’g’ri  foydalanishni  jiddiy  nazorat  qilish  zarur.  Eksportchi 
importchiga  ekspluatatsiya  va  ta’mirlash  bo’yicha  texnik  hujjatlar  hamda 
chizmalarning  barchasini  taqdim  etishi  lozim.  Bu  hujjatlar  eksportchi  tomonidan 
import qiluvchining tilida tayyorlanadi va tovar bilan birga etkazib beriladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish