38
yo
MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI
Mahkumlarning huquqiy holati tushunchasi, ahamiyati va asoslari. Mahkumlarning
huquq va majburiyatlari
Mahkumlarning huquqiy holati tushunchasi, ahamiyati
va asoslari
Mahkumlarning huquqiy holati – bu jazoni ijro etishda vujudga
keladigan jazoning turi, maqsadi va mahkumning xulqi bilan bog’liq
bo’lgan, asosiy fuqarolik va maxsus huquq va majburiyatlar yig’indisidan
iborat huquqiy asoslardir.
Mahkumlar huquqiy holatining belgilanishida asosiy uchta qonun
va xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan inson va fuqarolarning huquq
va manfaatlari nazarda tutilgan hujjatlar asosida belgilangan. Bular:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan
inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari;
2.
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari boshqa normativ qonun-
hujjatlarida belgilangan jinoiy jazolarni ijro etish bilan bog’liq bo’lgan
huquqlar va huquqiy cheklovlar;
3.
Xalqaro qonun-hujjatlarida mahhkumlar bilan muomila qilishning
huquq va majburiyatlardan kelib chiqadigan qoidalari.
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida mahkumlarning huquqiy holatlarini
qonuniy belgilanishida yuqorida ta’kidlangan hujjatlarni inobatga olingan
holdagina inson va fuqarolarning jazolarni ijro etilishida huquq va
manfaatlarining buzilmasligining oldini olishga va xalqaro talablarni
inobatga olishga erishiladi. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari yaratishda inson
va fuqarolarning huquq va manfaatlari belgilangan hujjatlarni inobatga
olmay turib tuzib bo’lmaydi. Jinoyat-ijroiya qonun normalari shaxsning
konstitutsiyaviy
va
xalqaro
normalarda
belgilangan
huquq
va
majburiyatlariga ham mos bo’lishi lozim.
2-BOB
39
Mahkumlar huquqiy holatining belgilanishi siyosiy va axloqiy
ahamiyatga egadir. Jumladan, siyosiy jihatdan jamiyat va davlatning
mahkumga bo’lgan munosabatini anglatadi. Chunki mahkumning huquqiy
holati jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga bog’liq jazoning maqsadi
bilan belgilanadi.
Erkin shaxslarga nisbatan mahkumlarga beriladigan huquq va imtiyozlar
mutloq harakterga ega bo’lib, mahkumlar Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida
belgilab berilgan huquqlar bilan ta’minlanishida istesnolar bo’lishi mumkin
emas, ma’muriyat qonun normasi bilan belgilangan huquq va imtiyozlarni
so’zsiz ta’minlash majburiyatiga ega. Masalan, har bir mahkum belgilangan
normalarda turar joy bilan ta’minlanishi, kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy
xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlanishida cheklovlar bo’lishi
mumkin emas. Mahkumlarga beriladigan huquqlarning aksariyati shunday
qatiy xususiyat kasb etadi, biron bir cheklovlar yoki shartlar qo’yilishi
mumkin emas.
Mahkumlarga berilishi mumkin bo’lgan huquqlarida ayrim shartlar
qo’yilishi mumkin bo’lgan turlari ham uchraydi. Masalan, Jinoyat-ijroiya
kodeksining 44-moddasida mahkumning yaxshi xulq-atvorda bo’lishi uchun
har kungi sayr vaqtini bir soatga ko’paytirish, 114- va 130-moddalarida
uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan
tashqarida o’tkazilishi, mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan
muddati besh sutkagacha bo’lgan, shu jumladan muassasa hududi doirasidan
tashqarida yashash imkoniyati bilan, uzoq muddatli uchrashuv berilishi
mumkinligi belgilangan. Bu kabi huquqlarga erishish uchun mahkumning
ijobiy xulq-atvorda bo’lish talab etiladi.
Mahkumning subyektiv holatidan kelib chiqilgan holda berilishi
mumkin bo’lgan huquqlar ham nazarda tutilgan. Jinoyat-ijroiya kodeksining
75-moddasi beshinchi qismida belgilangan miqdordan ortiqcha pulga
mahkumlar tibbiy xulosa asosida qo’shimcha ravishda oziq-ovqat
mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega
ekanligi belgilangan. Shuningdek, shu moddaning oltinchi qismida,
muassasa boshlig’i yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng
zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining
ellik foizigacha, manzil-koloniyalarda esa - to’liq miqdorigacha bo’lgan
summada avans berishga haqli ekanligi ayrim shartlar asosida kelib
chiqadigan huquqlarni anglatadi.
Mahkumlarni yengilroq sharoitlarga o’tkazishda, afv etishda,
amnistiyani qo’llashda ma’lum shartlar mahkumlarga nisbatan qo’yiladi, bu
shartlar bajarilmagan yoki buzilgan hollarda mahkumlar bunday huquqlardan
maxrum bo’ladilar. Bunday oqibatlar ko’plab shikoyatlarga, noroziliklarga
40
olib kelishi uchraydi. Bunday huquqlarning muayyan shartlar bajarilishi
evaziga berilishi har bir mahkumni tarbiyalanishiga, qonunga itoatkor
bo’lishiga o’rgatadi.
Mahkumlarning, ayrim hollarda xatto ularning yaqin qarindoshlarining
ham huquqlarini amalga oshirilishi bajarilmay qolish hollari uchraydi.
Masalan, mahkum Jinoya-ijroiya kodeksining 109-moddasi asosida
intizomiy qismga kiritib qo’yilganida uchrashuv, telefon orqali so’zlashuv,
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yo’qlov va
banderollar olish hamda jo’natish, xatlar va boshqa jo’natmalar yuborish
taqiqlanishi bayon qilingan. Bunday holda nafaqat mahkum, balki uning
yaqin qarindoshlari ham huquqlardan maxrum bo’ladi.
Jazoni o’tayotgan mahkumlar ularning jazosi qanday bo’lmasin, o’z
majburiyatlarini bajaradilar, qonunda belgilangan doirada sud hukmida
belgilangan tartib bilan bog’liq huquqlardan foydalanishlari mumkin. Buning
ma’nosi shuki, jazoni o’tayotgan har bir mahkum qanday jinoyat sodir
etganligi va jazo turidan qat’iy nazar, u o’zining asosiy huquq va
majburiyatlaridan va jamiyat a’zoligidan mahrum qilinmaydi. Faqatgina
huquq layoqatida ba’zi bir cheklashlar bo’ladi, bu mahkumga jazo qo’llash,
ruhiy va moddiy jafo keltirishda namoyon bo’ladi, mahkumning fuqarolarga
nisbatan yomonroq sharoitda kun kechirishi – huquq layoqatining
cheklanishi bilan ifodalanadi.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 8-moddasiga muvofiq, «Mahkumlar, ushbu
Kodeks va boshqa belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan
holda, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar,
erkinliklarga ega bo’ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy
fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek O’zbekiston
Res’blikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquq va erkinliklarga
ega bo’lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Mahkum jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni
bajarishga majbur xisoblanadi, bu har qaysi jazoning turi va maqsadidan
kelib chiqilgan holda belgilanadi. Mahkum majburiyatlari muayyan
vazifalarni so’zsiz bajarishi yoki muayan harakatlarni bajarishdan so’zsiz
saqlanishi bilan uning majburiyatlari belgilanishi mumkin. Majburiyatlarni
bajarmaslik muayan huquqiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Masalan, jinoyat-ijroiya qonuniga asosan jazolarni ijro etish koloniyalarida
majburiyatlarni bajarmaslik yoki tartib qoidaga bo’ysinmaslik natijasida
mahkumni og’irroq sharoitlarga o’tkazib qo’yish, intizomiy bo’linmalarga
kiritib qo’yish, turma qamog’ida qattiq tartibli turiga o’tkazib qo’yish
mumkinligi belgilangan. Qonunga binoan jazoni o’tashdan bosh tortish
holatlarida sud jazoni og’irroq turi bilan almashtirishi mumkinligi
41
belgilangan.
Bu
jinoyat-ijroiya
qonun
hujjatlarining
bajarilishini
ta’minlashning majburlash vositasidir.
Xulosa qilib aytilganida jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari asosida
mahkumlarning huquqiy holatlari ularga tayinlangan jazoning turi, uning
subyektitv xususiyatlari va mahkumning xulq-atvoridan kelib chiqadigan
huquq va majburiyatlar majmuidir. Bunday huquq va majburiyatlarning
umumiy yig’indisi asosida har qanday mahkumning individual huquqiy
holatlari belgilanadi. Har bir mahkumning huquqiy holatlari ham umumiy
ham individual holatlar yig’indisidan kelib chiqadi. Jazolarni ijro etishning
umumiy hholatlari umumiy huquqiy holatni belgilab bersa, mahkumning
subyektiv holatlaridan kelib chiqilgan holda individual huquq yoki
cheklovlarning belgilanishi bilan har bir mahhkumning huquqiy hholatlari
bir-biridan farq qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |