Qonuniylik prinsipi – jinoyat-ijroiya sohasidagi barcha munosabatlar
qonun asosida tartibga solinishini nazarda tutib, huquq sohalarining bevosita
asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham xalqaro hujjatlarda va O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida ham bu prinsip mustahkamlangan.
Manzil-koloniyalar – ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir
bo’lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilingan, shuningdek umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan hamda tarbiya
koloniyalaridan o’tkazilgan mahkumlarni saqlash uchun mo’ljallangan
koloniyalar. Respublikamizda manzil-koloniyalar 1963 yildan boshlab
tashkil etila boshlangan bo’lib, unda saqlanayotgan mahkumlarning sharoiti
ozod shaxslarning hayotiga juda yaqin bo’lib, mahkumlarga ko’plab qulay
shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |