Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Nogironlar  va  qariyalar



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/317
Sana09.09.2021
Hajmi2,49 Mb.
#169271
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   317
Bog'liq
jazoni ijro etish muassasalari

Nogironlar  va  qariyalar  o’z  iltimosiga  ko’ra,  nogironlar  va  qariyalar 
uyiga jo’natiladi.  
Sog’lig’i  holatiga  ko’ra,  doimiy  parvarishga  muhtoj  shaxslar  – 
sog’lig’i  holatiga  ko’ra,  doimiy  parvarishga  muhtoj  shaxslar,  shuningdek, 
o’n  olti  yoshgacha  bo’lgan  voyaga  yetmagan  shaxslar  qarindoshlari  yoki 
boshqa shaxslar yoxud muassasa ma’muriyati vakilining kuzatuvida yashash 
joyiga jo’natiladi.  
Voyaga  yetmagan  mahkumlar  ota-onalari  yoki  ularning  o’rnini 
bosuvchi  shaxslar  ixtiyoriga  jo’natiladi.  Ota-onasi  yo’q  voyaga  yetmagan 
shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo’natiladi yoki homiylar qaramog’iga 
beriladi. 
Jazoni  ijro  etish  muassasasining  ma’muriyati  mahkumlarning  ozod 
etilganligi to’g’risida: 
birinchi  va  ikkinchi  guruh  nogironlariga,  homilador  ayollar  va  yosh 
bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan – 
ularning  qarindoshlari  yoki  qarindoshlarining  o’rnini  bosuvchi  boshqa 
shaxslarni; 
ishga kirish va turmushini yo’lga qo’yishga muhtoj bo’lgan shaxslarga 
nisbatan  –  viloyatlar  (tumanlar,  shaharlar)  hokimliklari  huzuridagi  ijtimoiy 
moslashuv markazlarini; 


281 
 
sil yoki tanosil kasalliklariga duchor bo’lgan, shuningdek, alkogolizm, 
giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan 
shaxslarga  nisbatan  –  viloyat,  shahar  sog’liqni  saqlash  boshqarmalari 
(bo’limlari) yoki sog’liqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; 
ma’muriy  nazorat  ostiga  olinishi  lozim  bo’lgan  shaxslarga  nisbatan  - 
ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi. 
Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  ko’rsatilgan  mahkumlar  kasalligi 
yoki  mehnat  qobiliyatini  yo’qotganligi  oqibatida,  amnistiya  akti  yoki  afv 
asosida  ozod  etilgan  hollarda,  shuningdek,  mahkumlar  jazodan  shartli 
ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qog’ozi ular ozod 
etilgan kuni jo’natiladi.  
Hukm  qilingan  chet  el  fuqarolarining  ozod  etilganligi  to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi 
davlatlarning  diplomatik  vakolatxonalari  yoki  konsullik  muassasalari  qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O’zbekiston Respublikasi 
hududida  biror  bir  davlatning  diplomatik  vakolatxonasi  yoki  konsullik 
muassasasi mavjud bo’lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini 
qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  xabardor  qilish  uchun  O’zbekiston 
Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligiga  ozod  etilganlik  to’g’risidagi  bildirish 
qog’ozi jo’natiladi.  
O’zbekiston  Respublikasida  yashash  guvohnomasi  bo’yicha  yashagan 
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni 
ijro  etish  muassasasining  ma’muriyati  mahkum  ozodlikdan  mahrum 
etilguniga  qadar  ro’yxatga  olingan  joydagi  ichki  ishlar  hududiy  organining 
mamlakatga  kirish,  undan  chiqish  va  ro’yxatga  olish  bilan  shug’ullanuvchi 
tegishli xizmatini xabardor qiladi.  
Sog’lig’i  holatiga  ko’ra  doimiy  parvarishga  muhtoj  shaxslar, 
shuningdek,  o’n  olti  yoshgacha  bo’lgan  voyaga  yetmagan  shaxslar 
qarindoshlari  yoki  boshqa  shaxslar yoxud  muassasa  ma’muriyati  vakilining 
kuzatuvida yashash joyiga jo’natiladi.  
Nogironlar  va  qariyalar,  o’z  iltimosiga  ko’ra,  nogironlar  va  qariyalar 
uyiga jo’natiladi.  
Voyaga  yetmagan  mahkumlar  ota-onalari  yoki  ularning  o’rnini 
bosuvchi  shaxslar  ixtiyoriga  jo’natiladi.  Ota-onasi  yo’q  voyaga  yetmagan 
shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo’natiladi yoki homiylar qaramog’iga 
beriladi.  
Mahkum ozod qilinayotgani to’g’risida uning qarindoshlariga, ijtimoiy 
moslashuv  markazlariga,  sog’liqni  saqlash  va  ijtimoiy  ta’minot  organlariga 
xabar  barvaqt  yuborilishi  va  ularning  bu  haqdagi  xabarni  olganligi  yozma 
tasdiqlangan bo’lishi lozim.  


282 
 
Lekin ular amnistiya akti yoki afv qilinganligi munosabati bilan yoxud 
sud tomonidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan bo’lsa, tegishli 
shaxslarga  va  muassasalarga  xabar  mahkum  ozod  qilingan  kuni  yuboriladi. 
Chunki mahkumni amnistiya akti, afv qilinishi haqida hujjatlar imzolanmay 
turib  yoxud  jazodan  shartli  ravishda,  shuningdek,  kasalligi  sababli  ozod 
qilish haqida sud qarori chiqmasdan oldin xabar berishning iloji yo’q. 
Ozod  etilayotgan  mahkum  chet  el  fuqarosi  bo’lsa,  bu  haqda  xabar 
tegishli  chet  el  diplomatik  vakolatxonasiga  yoki  konsulligiga  yuboriladi. 
Agar  mahkum  fuqarosi  bo’lgan  davlatning  O’zbekiston  Respublikasida 
diplomatik vakolatxonasi yoki konsulligi bo’lmasa, xabar Respublika Tashqi 
ishlar vazirligiga yuboriladi. 
Chet  el  fuqarosi  yoki  fuqaroligi  bo’lmagan  shaxs  O’zbekiston 
Respublikasida vaqtincha yashash guvohnomasi bo’yicha yashagan bo’lsa, u 
qamalganigacha  qaysi  hududda  ro’yxatga  olingan  bo’lsa,  o’sha  hududdagi 
ichki ishlar organiga xabar yuboriladi. 
Bemorligi,  salomatligiga  ko’ra,  birovning  doimiy  parvarishiga  muhtoj 
shaxs va o’n oltiga yetmagan shaxs ozod qilinganda, ularni o’z manzillariga 
qarindoshlari  yoki  boshqa  shaxslar  kuzatib  borishlari  ta’minlanishi  lozim. 
Aks  holda  ularni  jazoni  ijro  etish  muassasasining  vakili  kuzatib  qo’yishi 
shart. 
Ozod qilingan nogironlari va qariyalar faqat ularning iltimosiga ko’ra, 
nogironlar  va  qariyalar  uyiga  joylashtirilishi  mumkin.  Voyaga  yetmagan 
mahkumlar  ozod  etilganda,  agar  ota-onalari  yoki  ularning  o’rnini  bosuvchi 
shaxslari  bo’lmasa,  internatlarga  joylashtirilishi  yoki  homiylarning 
qaramog’iga berilishi mumkin.     
Sog’lig’i va yoshi jihatdan muhtoj shaxslarni yashash joylariga, albatta, 
ularning qarindoshlari yoki vasiy, homiylari, shuningdek jazoni ijro qiluvchi 
muassasa ma’muriyatining vakili kuzatuvida yuborilishi shart.  

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish