Mahkumlar jazoni o’tash uchun jo’natilganligi va yetib kelganligi
to’g’risida xabar berish
Jinoyat-ijroiya
kodeksining
55-moddasiga
muvofiq,
tergov
hibsxonasining ma’muriyati mahkum jazoni o’tash uchun jo’nab ketganligi
to’g’risida uning oilasiga uch kunlik muddat ichida xabar yuborishi shart.
Jazoni ijro etish muassasasining mahkum yetib kelgan kundan boshlab
uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni xabardor qilishi,
shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini ko’rsatib hamda
mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yo’qlov va
banderollar olishi, telefon orqali so’zlashuv huquqlarini tushuntirib,
xabarnoma yuborishi shart.
Mahkumni jazoni o’tash muassasalariga qabul qilish jazosini ijrosini
tashkil etishning maxsus bosqichi bo’lib hisoblanadi. Amaliyotda ba’zan
shunday holatlar ham ro’y beradiki, mahkumning oila a’zolarigacha
mahkumning jazoni o’tash joyi haqidagi ma’lumot yetib bormaydi, qanday
holat ro’y berishidan qat’iy nazar, muassasa ma’muriyati mahkumning qaysi
jazoni ijro etish muassasasida jazoni o’tayotganligi haqidagi xabarni uning
qarindoshlariga yetkazishi shart, bo’lib hisoblanadi. Mahkumlarni jazoni
ijro etuvchi muassasalarga qabul qilish Ichki ishlar vazirligining tegishli
normativ hujjatlariga asosan belgilanadi. Qabul qilishning asosini sudning
ayblov hukmi tashkil etadi
[O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
2014-yil 27-iyuldagi 103-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Mahkumlarni
jazoni ijro etish muassasasiga jo’natish hamda ularni bir muassasadan
100
boshqasiga ko’chirish tartibi to’g’risidagi nizom (O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 8-avgustda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat
raqami 2608).].
Aynan muassasa ma’muriyati tomonidan mahkumning qarindoshlariga
yuboriladigan xabarnomada mahkum joylashgan muassasa manzilini to’liq
ko’rsatishi lozim. Shuningdek, mahkumning qarindoshlari muassasada
saqlanayotgan mahkumga turli xildagi noqonuniy narsalar yetkazib berish
ta’qiqlanganligi haqida ogohlantiradi. Mahkumning shaxsi, xulq-atvorini,
shaxsiy hujjatlarini, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligini o’rganish
uchun uning kelib tushganidan boshlab o’n besh sutkagacha vaqt belgilanadi.
Bu davr yuridik adabiyotlarda mahkumning “karantin” davri deb yuritiladi.
Eslatib o’tish lozimki, bu qoida manzil koloniyalardagi, tergov
hibsxonalarning
xo’jalik
xizmatiga
qoldirilganlarga
va
turmaga
yuborilganlarga tadbiq etilmaydi. [Jinoyat-ijroiya huquqi. Darslik. Mualliflar
jamoasi. Mas’ul muharrir: B.J.Axrorov. –T.: O’qituvchi, 2002. – 208 b.]
Muassasa
rahbarining
yordamchisi
muassasaga
keluvchi
mahkumlarning shaxsiy kartochkalarini qabul qiladi. Belgilangan tartib
qoidaga rioya qilinmagan hollarda muassasa rahbariyati mahkumni qabul
qilmaslik huquqiga ega. Bunday hollar quyidagilar bo’lib hisoblanadi:
mahkum jazoni ijro etish rejimini qay tartibda o’tashi ko’rsatilmagan
taqdirda;
sud tomonidan chiqarilgan hukm ijro etish koloniyasi rejimiga mos
tushmagan taqdirda;
hukm qonuniy kuchga kirmagan paytda yoki hukmning qonuniy
kuchga kirishi haqidagi ma’lumot (qay paytdan boshlanishi) bo’lmagan
taqdirda;
mahkum shaxsiga doir ma’lumotlar mavjud bo’lmagan taqdirda;
mahkum muassasa ma’muriyatiga naryad yoki muassasa ma’muriyati
qoidalarini buzib keltirilgan taqdirda;
voyaga yetmagan mahkum jazoni ijro etuvchi muassasaga yuborilgan
taqdirda yoki voyaga yetgan mahkumni tarbiya muassasiga yuborilgan
taqdirda;
mahkumning shaxsiy kartochkasida yetarli ma’lumotlar bo’lmagan
taqdirda.[ O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-
dekabrdagi 174-son buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish
muassasalarining ichki tartib qoidalari (O’zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami
2495).]
101
Yuqorida ko’rsatilgan holatlardan birontasi mavjud bo’lmagan
taqdirdagina muassasa rahbariyati mahkumni ko’rsatilgan rejim bo’yicha
joylashtirib, muassasa nizomi bilan tanishtirib o’tadi. Muassasada biror bir
qoida buzilish holatlari kayd etilgan paytda, muassasa ma’muriyati bu xaqida
zudlik bilan yuqori turuvchi organlarga xabar berishi shart. Bundan tashqari
muassada jazoni ijro etilishi qonuniy hal etilayotganligini nazorat qiluvchi
prokurorga ham ma’lumot yetkazilishi shart.
Muassasaga yetib kelgan mahkum kiyimlari tintuv qilinadi, har bir o’zi
bilan olib kelgan narsasi ham tekshirib ko’riladi, bu holatlarning barchasiga
qonuniy tus berish maqsadida Jinoyat-ijroiya Kodeksining 67-moddasida
belgilab qo’yilgan. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumning
shaxsi, buyum va kiyimlari tintuv qilinganligi va ko’zdan kechirilganligi
haqida, kim tomonidan amalga oshirilganligi to’g’risida akt yoki ‘rotokol
hujjati tuziladi. Mahkumning o’zi bilan pul, turli xil qimmatli buyumlar olib
yurishiga jazoni ijro etuvchi muassasalarda (manzil-koloniyalardan tashqari)
yo’l qo’yilmaydi. Shuning uchun, mahkumga tegishli bo’lgan tilla
taqinchoklar, pul va boshqa ashyolar olib qo’yiladi. Olib qo’yilgan buyumlar
haqida kvitantsiya berilishi shart.
Mahkum muassasaga yetib kelgan kuni to’liq ravishda kompleks tibbiy
ko’rikdan o’tkaziladi, ularga tibbiy holati to’g’risida ma’lumotnoma taqdim
qilinadi, shuningdek mavsumga mos kiyim-kechak bilan ta’minlanadi.
Mahkum tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach 15 kundan kechikmagan holda
muassasaga joylashtiriladi. Muassasaga yetib kelgan mahkum muassasa
tomonidan o’rnatilgan qonun-qoidalar bo’yicha har bir mahkumning shaxsini
o’rganib chiqadi. Shuningdek, mahkum qanday ish bilan shug’ullanishi,
qaysi otryadda jazoni o’tashligi, turmalarda esa qanday izolyatorlarda jazoni
o’tashligi belgilanadi.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |