Baholash ishi va investitsiyalar


 “All Home” MCHJni baholash obyekti sifatida tahlili: hududiy



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/69
Sana08.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#168802
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari

2.3. “All Home” MCHJni baholash obyekti sifatida tahlili: hududiy 
joylashuv muhiti, tavsifi, moliyaviy ko’rsatkichlari, bozori tahlili 
 
2014  yil  29  avgust  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining 
―Toshkent shahar Hamza tumanining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida‖gi SQ-441-II-
sonli qarori asosida Hamza tumaniga – Yashnobod tumani nomi berildi. 
Tuman  Amir  Temur  xiyoboni  va  Istiqbol  ko‘ch.  bo‘ylab  Farg‘ona  yo‘li 
ko‘chasigacha,  Toshkent  avtomobil  halqa  yo‘li  bo‘ylab,  Ohangaron  yo‘lidan 
Parkent  ko‘chasigacha  davom  etadi.  Maydoni  3,37  ming  gektar,  shu  jumladan, 
ko‘kalamzor  yerlar  615  gektar.  Ko‘chalar  soni  356  ta.  Asosiylari:  Istiqlol, 
Taraqqiyot,  Farg‘ona  yo‘li,  Toshkent  avtomobil  halqa  yo‘li,  Jarqo‘rg‘on,  Hamza 
va  Ohangaron.  Hamza  tumanida  50  ta  mahalla  mavjud.  Tuman  hududida 2769  ta 
korxona  va  tashkilot,  2169  kichik  korxona  va  mikrofirma,  266  qo‘shma  korxona 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, 
«Podyomnik»,  «O‘zenergota‘mir»,  «Toshkentvino»,  «G‘alla-Alteg»,  «O‘zbek 
qog‘ozi»,  «O‘zbekiston  shampani»,  «Toshdonmahsulot»,  «Toshkentguruch»  AJ, 
«Farm  Glass»  qo‘shma  korxonasi  va  beton  qurilish  tashkilotlari,  temir  yo‘l 


 
47 
 
transporti korxonalari - teplovoz va vagon depolari mavjud. Shuningdek, tumanda 
78 transport va aloqa korxonalari joylashgan. 
168  kurilish  tashkiloti;  temir  yo‘l  transporti  korxonalari  —  teplovoz  va 
vagon  depolari,  Toshkent  yuk  ortish  tushirish  temir  yo‘l  bekati  bor.  Shuningdek, 
tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan. O‘zbekiston milliy axborot 
agentligi,  25  umumiy  ta‘lim  maktabi,  50  ta  maktabgacha  tarbiya  muassasasi,  5 
musiqa,  maktabi,  4  kasbhunar  kolleji,  Toshkent  birinchi  tibbiyotinti  va  biznes 
maktabi  bor,    9  kasalxona,  30  poliklinika  va  ambulatoriya  muassasasi,  1  qon 
quyish  stansiyasi  faoliyat  ko‘rsatadi.  Aholiga  359  oziq-ovqat,  595  sanoat  mollari 
do‘konlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari 
xizmat qiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat 
uyi, ―BaxtRohat‖ dam olish zonasi bor.  
Tumandagi 19-asrda qurilgan Toshkent tibbiyot akademiyasi binosi (ilgarigi 
kadet  korpusi),  Rim-katolik  cherkovi  (Polsha  kosteli  binosi,  1914-17  yillar) 
respublika ahamiyatidagi me‘moriy yodgorliklardir. 
Tuman  hududida  Fransiya,  Turkiya,  Xitoy,  Indoneziya,  Ukraina,  Yaponiya 
davlatlari elchixonalari va Koreys milliy markazi joylashgan. 
―All  Home‖  MChJ  korxonasi  baholash  obyekti  hisoblanadi.  ―All  Home‖ 
MChJ Toshkent shahar, Yashnobod tumanida joylashgan.  
Korxona hududi jami  yer maydoni 0.34 ga  ni tashkil etadi. 
Binoning  poydevori  betondan,  Devori  temir-beton  plita,karkas  temir-beton, 
yopilmasi  temir-beton  ferma,  tomi  profnastil,  poli  beton,  ichki  devor  g‘ishtdan, 
deraza  va  eshiklari  yog‘ochdan.  Bugungi kunda  binodan  to‘liq  bandlik  darajasida 
foydalaniladi. 
Korxona  moliyaviy  holatining tahlili  hisobxona balansi,  moliyaviy  natijalar 
to‘g‘risidagi  hisobot  va  tekshiruv  davrida  baholanayotgan  korxona  to‘g‘risida 
qo‘shimcha  ma‘lumotlar  hamda  uning  faoliyati  yo‘nalishi  maqsadidagi  asosiy 
moliyaviy koeffitsientlar va ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Tahlil 
o‘tkazishning  maqsadi  –  o‘tmishda  kompaniya  rivojining  yo‘nalishlari,  bugungi 


 
48 
 
holatini  baholash,  kelgusida  rivojlanishini  asoslash,  uning  ishga  aloqador  va 
moliyaviy xavf-xatarlari darajasini aniqlash. 
Kompaniyaning  aniq  sanaga  moliyaviy  holatini  aniqlash  kompaniya  bu 
sanadan  oldingi  davrda  moliyaviy  resurslarni  qanchalar  to‘g‘ri  boshqarganligini; 
mulkdan  qanday  foydalanganligi,  bu  mulkning  tarkibi  qandayligi;  shaxsiy  va 
yollanma  manbalarni  qanchalar  maqsadga  muvofiq  bir-biriga  bog‘laganligi; 
shaxsiy  kapitalidan  qanchalar  foydali  ishlatganligi;  ishlab  chiqarish  potentsiali 
qanchalar  berilganligi;  debitorlar,  kreditorlar,  budjet  va  boshqalar  bilan 
munosabatlarini belgilash imkoniyatini beradi.  
Moliyaviy 
tahlil 
xulosalari 
biznesni 
baholashda 
barcha 
turdagi 
yondashuvlarda foydalaniladi.  
Baholovchiga  korxonaning  2014-2016  yillar  uchun  yillik  balanslari  taqdim 
qilingan. Dastlabki tahlil moliyaviy tahlil o‘tkazish uchun eng yaxshi davr 2015 va 
2016  yillar  ekanligini  ko‘rsatdi.  Tahlilda  uzoq  o‘tmish  ma‘lumotlaridan 
foydalanish  tahlilga  Korxonaning  hozirgi  haqiqiy  moliyaviy  holatini  aks 
ettirmagan  ortiqcha  ko‘rsatkichlar  kiritadi.  Shuning  uchun  bu  korxonaning 
moliyaviy-xo‘jalik  holatining  tahlili  oxirgi  to‘liq  moliyaviy  yil  (2016y)  bo‘yicha 
o‘tkazilgan.  Lekin  zaruriyat  holatlarida  korxonaning  2014  yildan  2015  yilgacha 
davrdagi ish ko‘rsatkichlari ham keltirilgan. 
Moliyaviy  natijalar  tahlili.  01.07.2016  yil  holatiga  ―All  Home‖  MChJning 
ishlab 
chiqarish-xo‘jalik 
faoliyatining 
iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari  quyidagi 
ma‘lumotlar bilan taqdim qilingan: 
1. Jamiyatning Nizom kapitali 450000 ming so‘mni tashkil qiladi. 
2. Korxona aktivlarining balans qiymati – 732906,8 ming so‘m. 
3. Majburiyatlarning balans qiymati – 143696,8 ming so‘m. 
Korxonaning likvidlik ko‘rsatkichi o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini 
bajarish  qobiliyatini  baholash  uchun  qo‘llaydi.  Quyidagi  2-jadvalda  korxonaning 
aktiv va passiv mablag‘larining yillar bo‘yicha dinamikasi keltirilgan.  

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish