40. Ilk o’rta asrlarda istehkomli qasr, qo’rg’on va ko’shklar asosan
qanday vazifani o’tagan?
1. Tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti.
2. Chokarlar to’planadigan joy.
3. Ma’muriy markaz.
4. Oziq-ovqat va qurol-yarog’ saqlanadigan ombor.
5. Diniy marosimlar o'tadigan joy.
6. Asirlar saqlanadigan manzil.
7. Dehqonlar yashaydigan uy.
8. Elchilarni qabul qiladigan saroy.
A) 1-2-3-4. B) 5-6-7-8. C) 1-3-5-7. D) 2-4-6-8.
41. O’rta asrlarda shaharlar necha qismdan iborat bo’lgan?
A) 1. B) 2. C) 3. D) 4.
42. O’rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi qanday
atalgan?
A) Rabod. B) Shahriston. C) Kuhandiz. D) Qo’rg’on.
43. O’rta asrlarda shaharning tashqi mavzesi qanday atalgan?
A) Rabod. B) Shahriston. C) Kuhandiz. D) Qo’rg’on.
Do'stlaringiz bilan baham: |