23. Eftallar davlatining merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning o’ng
sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan yerlar qaysi davlat
tasarrufiga o’tadi?
A) Turk xoqonligi B) Kidariylar davlati
C) Xazar xoqonligi D) Xioniylar davlati.
24. Eftallar davlati qulagach, qaysi davlat Amudaryodan to Suriyaga
qadarli Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib oladi?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston.
25. Eftallar davlati qulagach, qaysi davlat Uzoq Sharqdan Eron
hududlarigacha karvon yo’li nazoratini o’z homiyligi ostiga olgan?
A) Turk xoqonligi B) Kidariylar davlati.
C) Xazar xoqonligi D) Xioniylar davlati.
26. Ilk o‘rta asrlardagi qudratli Eftaliylar davlati nechanchi yillarda
va qaysi davlatlarning zarbalari natijasida barbod bo’ldi?
A) 563-567-yillarda janubdan Eron sosoniylari va shimoldan Turk
xoqonligi zarbalari natijasida
B) 569-583-yillarda janubdan Vizantiya va shimoldan Turk xoqonligi
zarbalari natijasida
C) 563-564-yillarda shimolda Turk xoqonligining zarbasi natijasida
D) 567-583-yillarda janubda Eron sosoniylari va shimolda Turk
xoqonligi zarbalari natijasida
Do'stlaringiz bilan baham: |