Markaziy iqlim zonasi o’z ichiga Farg’ona vodiysi Toshkent viloyati,
Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu yerda vegetasiya
davri 200-220 kun, haroratlar yig’indisi 7000-4200
o
S, yillik o’rtacha harorat 12,5-
13,5
o
S, iyulda 26-30
o
S, bug’lanish esa 1500-1700 mm.
Janubiy iqlim zonasida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari,
Turkmaniston, Tojikiston respublikalari joylashgan. Bu yerda vegetasiya davri
240-260 kun, haroratlar yig’indisi 4600-5000
o
S, yillik o’rtacha harorat 14,5-15,5
o
S, iyulda 32-33
o
S, bug’lanish esa 1800-2000 mm.
Har bir iqlim zonasi o’z navbatida gidrogeologik rayonlarga bo’lingandir.
Birinchi gidrogeologik rayon o’z ichiga sizot suvlari 3-4 m chuqurlikda
joylashgan bo’z tuproqlarni oladi. Gidrogeologik koyeffisent (k). ga teng. Ikkinchi
gidrogeologik rayon SSS 2-3 m chuqurlikda joylashgan qoramtir bo’z va o’tloq
bo’z tuproqlarni o’z ichiga oladi. (K=0,85). Uchinchi gidrogeologik rayon esa
sizot suvlari 1-2 m chuqurlikda joylashgan o’tloq tuproqlarni o’z ichiga oladi, bu
yerda K=0,60. to’rtinchi gidrogeologik rayonda sizot suvlari 1 m gacha
chuqurlikda joylashgan bo’lib, ularga o’tloq botqoq va botqoq tuproqlar misol
bo’ladi (K=0,40).
Shimoliy iqlim zonasida g’o’zani 1-2-0 yoki 1-3-0 sxemada 3-4 marta
sug’orish kifoya qilsa, markaziy iqlim zonasida 2-3-0 yoki 2-4-1 sxemada 5-7
marta, janubiy iqlim zonasida esa 1-5-1 yoki 2-6-1 sxemada 7-9 marta sug’orish
kifoyadir.
G’o’zaning vegetasiya davomida suv katta ahamiyat kasb etadi. Binobarin,
suv yetarli bo’lsa, g’o’zaning hayoti normal kechadi. Suv yetishmasa u o’sishdan,
hosil tugishdan to’xtaydi, so’liydi, hatto qurib qoladi. So’ligan g’o’za esa shona va
gullarini tashlab yuboradi. G’o’za ekinlarining suvga bo’lgan talabi iqlim
sharoitiga, tuproqning suv sig’imiga, tuproq unumdorligiga, sizot suvlarining
joylanish chuqurligiga, sho’rlanish darajasiga, qo’llaniladigan agrotexnikaga,
ekilgan g’o’za navining biologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Sug’orish me’yorlari (bir marta sug’orish uchun sarflanadigan suv miqdori),
g’o’zaning rivojlanish fazalarini hisobga olgan holda belgilanadi. Sug’orish
me’yori yengil (qumli va qumoq) tuproqlarda g’o’za gullashiga qadar gektariga
500-600 m
3
, gullash-ko’sak tugish davrida 700-800 m
3
, o’rtacha qumoq
tuproqlarda g’o’za gullashiga qadar 600-700 m
3
, gullash-ko’sak tugish davrida
800-900 m
3
, sizot suvlari chuqur joylashgan og’ir qumoq tuproqlarda g’o’za
gullashiga qadar 700 m
3
atrofida, gullash-ko’sak tugish davrida 1000-1100 m
3
,
chuchuk va qisman sho’rlangan, sizot suvlari yaqin joylashgan tuproqlarda esa
700-800 m
3
bo’lishi kerak (1 jadval).
G’o’za transpirasiyasiga (barg orqali suvni bug’lanishiga aytiladi, bu
ko’ratkich 500-800 ga teng bo’ladi) chinbarglik fazasida sutkasiga 10-12 m
3
/ga suv
sarflanadi. Rivojlanish jarayonida barg soni hamda ular yuzasining ortishi
natijasida bir gektar maydonda sutka davomida transpirasiyaga suv sarfi ham
ortadi, jumladan, shonalash fazasida 30-35 m
3
/ga, yoppasiga gullash, hosil tugish
davrida 80-120 m
3
/gacha ortadi, pishish fazasida 30-40 m
3
/ga gacha tushib qoladi.
G’o’zani sug’orish muddatlari o’simlikning tashqi alomatlariga qarab
belgilanadi: gullashga qadar kunning eng isigan damlarida (kunduzgi soat 14-15
da) barglar egiluvchanlik xususiyatini yo’qotmasa, ya’ni bukkanda ularning o’rta
tomiri qirsillab sinmasa, dalani sug’orish zarur bo’ladi. Ko’pchilik barglar qoramtir
tusga kira boshlanganligi ham g’o’zani suvga kelganligini bildirish alomati
hisoblanadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |