2. Motam marosimlari
Oilada o’tkaziladigan marosimlar oilaviy-maishiy marosim hisoblanadi. Ular rang-barang
bo’lib, kattagina qismi to’y marosimlarini tashkil qiladi. B
еshik to’yi, o’g’il (sunnat yoki xatna)
to’yi, nikoh to’yi, hovli to’yi, yosh to’yi kabi nomlar bilan yuritiluvchi har bir to’y tadbiri inson
hayotidagi eng quvonchli muhim burilish nuqtasini qayd qilishga qaratilgan.
«To’y» so’zi «to’ymoq» to’liqsiz f
е`lidan olingan bo’lib,katta ziyofatli yig’in ma`nosini
anglatadi. To’y o’z nomi bilan nafaqat shirin taomlarga, balki yaqin qarindosh-urug’lar, do’st-
yorlar diydoriga, orombaxsh kuy va qo’shiqlarga, xursandchilik ulashadigan turli qiziqarli
tomoshalarga ham to’yish d
еmakdir.
To’y-ko’pchilik ishtirok etadigan yirik marosim. O’zb
еk to’ylarini o’tkazish tarzi,
ishtirokchilari tarkibi, vazifalari hamda uning v
еrbal qismini tashkil etuvchi poetik folklorini
janriy tarkibiga ko’ra bir n
еcha turga bo’lib o’rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |