Qarori “O‘zbekiston respublikasining qizil kitobi” to‘G‘risida



Download 30,97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.09.2021
Hajmi30,97 Kb.
#166079
Bog'liq
109-сон 09.03.1992



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI” TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

1.  Noyob  va  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostidagi  hayvonlar  va  o‘simliklarning  Qizil  kitobi  —

“O‘zbekiston  Respublikasining  Qizil  kitobi”ni  yuritish  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar

akademiyasi,  “O‘zbekbaliqsanoat”  uyushmasi,  Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  O‘zbekiston  milliy

universiteti, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ishtirokida O‘zbekiston

Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklatilsin.



(1-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  19-iyuldagi  530-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)

Qizil  kitob  O‘zbekistonning  yovvoyi  hayvonlari  va  o‘simliklarini  saqlab  qolish  va

ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan

bunday  hayvonlar  va  o‘simliklarning  noyob  va  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostidagi  turlari  (kenja

turlari,  populyatsiyalari)ning  ahvoli  va  ularni  muhofaza  qilish  chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi

ma’lumotlar majmuidan iborat bo‘lishi kerak.



(1-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil  14-apreldagi  149-sonli  qarori

tahririda)

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish

qo‘mitasi bilan birgalikda Qizil kitobni yuritish bilan bog‘liq ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash

tartibini ishlab chiqsin.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi  O‘zbekiston

Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  va  boshqa  manfaatdor  tashkilotlar  bilan  birgalikda

“O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

4.  Hayvonlar  va  o‘simliklar  turlari  holatini  tahlil  qilish  va  ularni  Qizil  kitobga  kiritish

yoki  undan  chiqarish  haqidagi  tavsiyalarni  ishlab  chiqish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi

Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi  huzurida  “O‘zbekiston  Respublikasining  Qizil

kitobi”ni yuritish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilsin.

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi  Idoralararo

komissiyaning  shaxsiy  tarkibini  va  u  haqdagi  Nizomni  tasdiqlasin.  Idoralararo  komissiyaning

taqdimi  bo‘yicha  hayvonlar  va  o‘simliklarni  Qizil  kitobga  kiritish  yoki  undan  chiqarish

to‘g‘risidagi  qaror  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi  va

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan

kelishilgan holda qabul qilinadi.

Davlatlararo va Xalqaro Qizil kitoblarga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarning turlari,

agar  hayvonlar  va  o‘simliklarning  bu  turlari  respublika  hududida  vaqtincha  yoki  doimiy

yashasa yoki o‘ssa, “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilishi kerak.



Oldingi tahrirga qarang.

5.  O‘zbekistonning  butun  hududida  Qizil  kitobga  kiritilgan  hayvonlarni  ovlash  va

o‘simliklarni  yig‘ishtirib  olish  man  etilsin,  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  nazarda

tutilgan hollar bundan mustasnodir.



(5-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil  14-

apreldagi 149-sonli qarori tahririda)

Ko‘rsatib  o‘tilgan  hayvonlar  va  o‘simliklarni,  ularning  inlari,  tuxumlari,  mevalari,

urug‘larini,  shu  hayvonlar  va  o‘simliklarning  bo‘laklari  hamda  hayot  faoliyati  mahsulotlarini

ovlash  (yig‘ishtirib  olish),  tashqariga  olib  ketish  hamda  Qizil  kitobga  kiritilgan  hayvonlar  va

o‘simliklarga zarar yetkazadigan hayvonlar va o‘simliklarni olib kelish favqulodda hollarda va

faqat  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasining  ruxsati  bilan

amalga oshirilishi mumkin.



6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  matbuot  qo‘mitasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat

tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining buyurtmasiga ko‘ra Qizil kitobning 10 yilda kamida bir

marta qayta nashr etilishini ta’minlasin.

7.  Davlat,  kooperativ,  boshqa  jamoat  tashkilotlari  hamda  fuqarolar  Qizil  kitobga

kiritilgan  hayvonlar  va  o‘simliklarning  nobud  bo‘lishi  haqidagi  aniqlangan  barcha  hollar

haqida  davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  organlariga  xabar  qilishlari  shart,  bundan  tashqari

hayvonlarning  ommaviy  nobud  bo‘lishi  yoki  ommaviy  kasallanishi  hollari  haqida  esa  zudlik

bilan veterinariya va sanitariya nazorati organlariga xabar berishlari kerak.

8.  “O‘zbekiston  Respublikasining  Qizil  kitobi”ga  kiritilgan  hayvonlar  va  o‘simliklarni

g‘ayriqonuniy  ovlash  yoki  yo‘q  qilish  natijasida  yetkazilgan  zarar  miqdorini  undirib  olish

uchun  qat’iy  baholar  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

9.  O‘zbekiston  SSR  Ministrlar  Sovetining  “O‘zbekiston  SSRning  kamdan-kam

uchraydigan  va  yo‘qolib  ketishi  xavfi  bo‘lgan  hayvon  va  o‘simliklari  turlari  daftari  —

“O‘zbekiston  SSRning  Qizil  daftari”ni  ta’sis  etish  to‘g‘risida”  1978-yil  27-sentabrdagi  564-son

qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zSSR QT, 1978-y., 9-son, 33-modda).



O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV

Toshkent sh.,



1992-yil 9-mart,

109-son

Download 30,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish