3-mavzu. Neft maxsulotining tarkibidagi oltingugurtni aniklash.
Nazariy kism.
Barcha neftlarda turli mikdorda oltingugurt birikmalari uchraydi. Asosiy
mikdori neftning yukori molekulyar frakstiyalarda (mazut, gudron, yoglari)
uchraydi. Kimyoviy tarkibiga karab bu moddalar asosan neytral birikmalar tipidagi
molekulalarning stiklik soniga turlicha bulgan tiofan va gomologlar tipidagi alifatik
va stiklik radikallar va geterostiklik birikmalariga aks etadi.
Ayrim neftlarda kam mikdorda erkin xoldagi oltingugurt, vodorod sulfid,
engil molekulali merkaptan va disulfidlar topiladi. Bu narsalar neft maxsulotlari
distillyatlarida xam uchraydi. Ular ikkilamchi kelib chikishi extimoliga ega.
Vodorod sulfid va merkaptanlar termik bulinishiga karab yukori molekulyarli
oltingugurt birikmalarini namoyon kiladi. Ularning oksidlanishi natijasida
oltingugurt yigiladi, disulfidlar esa merkaptanlarning oksidlanishi xisobidan.
Neft va neft maxsulotlari tarkibidagi oltingugurt mikdori analiz kilish yuli
bilan aniklanadi. Bu kursatkich neft xom-ashyosini texnologik xarakterini aniklab
beradi. Neft maxsulotlarida oltingugurt nokulay xolatlarni, ya’ni zararli xamda
yokimsiz xidlarni olib keladi, benzinnning xossalariga, ya’ni antidetonastion
xususiyatiga salbiy ta’sir kiladi. Metallarni korroziyaga olib keladi va kreking
maxsulotlarini smolasimon xolatga utishiga sabab buladi. Bu borada oltingugurtli
vodorod juda xam xafli sanalib, undan tashkari past merkaptanlar xamda neft
187
tarkibidagi erkin uglevodord atomlari metallarni juda kuchli emiradi. Aasosan bu
rangli metallar uchun juda xam tez kechadigan jarayondir. Shuning uchun xam
bunday moddalarning neft maxsulotlarida mavjud bulishi neft maxsulotlarining
tarkibiga juda yomon ta’sir kilib, ularning sifatini buzishgacha olib keladi. Kolgan
oltingugurt birikmalari esa: Sulfidlar, disulfidlar, tiofanlar, tiofenlar va boshka
neytral moddalar korroziyaning paydo bulishi uchun ma’lum bir sharoitda uzining
ustivorligini kursatadi. Yokilgi yokilganda barcha oltingugurtli birikmalar SO
2
va
SO
3
ga aylanadi.
Past temperaturada, yokilgi yonishida xosil buladigan yoki xavo tarkibida
mavjud bulgan suv buglarining kondensastiyalanishida, ushbu oksidlarning mos
kislotalarga utishi xam kuchli korroziyani vujudga keltiradi. Yonish gazlari
tarkibida mavjud bulgan SO
3
shudring nuktasini oshishiga sababchi buladi. Masalan,
oltingugurtli mazutlar yondirilganda tutun gazlarda O
3
yigilib kolishi natijasida
suv buglarining kondensastiyalanish temperaturasi 50S gacha kutariladi, xamda
odatdagi temperaturada sulfat kislotasiga aylanadi va korroziyani chikaradi. Yokilgi
tarkibida oltingugurt kancha kup bulsa, u shuncha xaflidir. Shuni inobatga olish
kerakki temperatura kutarilishi jarayonida neytral oltingugurt birikmasi
vodorodsulfid va merkaptanlarga ajraladi.
Oltingugurtli birikmalarning zararli ta’sirlariga neft maxsulotlariga kuyiladigan
texnik talablarga kuyidagi kursatkichlar kiritilgan.
Yokilgilarning xamma turlarida, ularning komponentlarida, kerosin, benzin
erituvchilarida, ba’zi neft moylari tarkibidagi oltingugurt normallashtiriladi.
Tarkibidagi oltingugurt mikdoriga kura birmuncha yukori meyorlar karbyurator va
reaktiv yokilgilariga, benzin erituvchilariga kuyilgan ( 0,02 – 0,1%). Traktor
kerosinlari va dizel yokilgilari uchun bu kursatkichning urtacha kiymati (0,2 –
1,0%) ga teng. Oltingugurtning bundan kup mikdori ( 0,5 – 3,5%) kotel yokilgilariga
ruxsat etiladi. Shuning uchun oltingugurtli mazutlarni yondirish ishlayotgan
shaxsning tutun gazlaridan zaxarlanmasligi uchun maxsus instrukstiyalar yordamida
utkaziladi. Shuni ta’kidlash kerakki ba’zi maxsus moylar ( transmission, gipoid
uzatmalari, uzatmalar kutisi va rulli boshkarish) va sulfofrezol surkovchi- sovutuvchi
suyuklikliri uchun oltingugurt mikdorining eng kam mikdori meyorlanadi (0,9–1,7
% kam bulmagan). Chunki bu neftmaxsulotlari tarkibida oltingugurtni bulishi
ularning moylilik va yopishkoklik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Vodorod sulfidning mikdori - sifat sinovi. Reaktiv, dizel va kotel yokilgilari
tarkibida vodorod sulfid umuman bulmasligi meyorlangan. Turli navdagi reaktiv
yokilgilarda merkaptanli oltingugurt mikdori 0,001 – 0,005 %, dizel yokilgilari uchun
0,01% yukori bulmasligi lozim.
Mis plastinkasi ustida tajriba – erkin oltingugurt va aktiv oltingugurt
birikmalarining mis plastinkasiga ta’sirini sifatiy baxolash. Mis plastinkasi
korroziyasi ustida utkazilgan tajribalar korbyurator, reaktiv va dizel yokilgilari uchun
ijobiydir.
Umumiy oltingugurt tarkibini aniklash.
188
Neft va neft maxsulotlarining tarkibini aniklashda uning tarkibidagi «umumiy
oltingugurt» ya’ni oltingugurt, undan chikadigan xar kanday organik birikmalarini
aniklashda yukori sondagi analiz yuli taklif kilinadi.
Xamma kimyoviy uslub ana shularda oxirgi aniklik beriladiki oltingugurt
oltingugurt organik birikmalari tarkibiga kiruvchi, mikdor jixatdan vodorod sulfid
gidridlash uslubi orkali yoki oltingugurt oksidini uslubi orkali aniklanadi. Kimyoviy
yoki fizik – kimyoviy uslubi mikdor jixatdan serovodorod yoki oltingugurt oksidiga
odatga kura engil aniklik kiritadi. Bu ikki yunalishdan keng tarkalgan oksidlanish
uslubidir. Shu sababli neft maxsulotlaridagi bir talay farklik mobaynida
frakstiyalarga ajralish tarkibida, fizikaviy xususiyatlarda, yagona xar taraflama tula
oksidlanishiga birlashtiradi. Shuning uchun xar xil neftmaxsulotlariga bu uslub
kullaniladi.
Oltingugurt miqdorini aniqlashning naychada yondirish usuli.
Metodning oxirgi moxiyati shundan iboratki neft maxsulotlarini 900 – 950S
temperaturada kvarst naychada xavo yordamida kizdiriladi. Xosil buladigan
oltingugurt oksidlarini kislotali vodorod pereksid eritmasi bilan ushlab kolish va
eritmada xosil bulgan sulfat kislota mikdori buyicha oltingugurt xajmiy aniklanadi.
SO
2
+ H
2
O
2
H
2
SO
4
H
2
SO
4
+ 2NaOH Na
2
SO
4
+ 2H
2
O
Moylar, neftlar va koldik neft maxsulotlari tarkibidagi umumiy oltingugurtni
aniklash ushbu metodda amalga oshiriladi.
Reaktivlar.
Vodorod perekis.
Sulfat kislota, 0,02 n eritma.
Uyuvchi natriy, 40% li 0,02n eritma.
Aralashtirilgan indikator : 0,2% lik kizil metil spirt eritmasi, 0,1 % lik kuk metil spirt
eritmasi.
Marganstovkali chuchuk kaliy, 0,1m eritmasi.
Analiz uchun kurilmani tayyorlash
Neft maxsulotlarining namunasini yondirish kurilmasi kursatilgan.
189
Oltingugurtni naychada yondirish usulida aniklash kurilmasi sxemasi:
1 — KMpO
4
eritmali yuvish sklyankasi; 2 — 40%-li NaON eritmali yuvish
sklyankasi; 3 — paxtali yuvish sklyankasi; 4 — kvarst naycha; 5 — namuna uchun
kayikcha; 6 — elektropech; 7 — tutashtiruvchi kvarst tirsak; 8 — absorber; 9 —
vakuum-nasosga ulash naychasi.
4– kvarst nay 7 – tirsakli ulamaga ulanadi. Xarakatlanadigan elektro pechka
950S temperaturagacha issiklik berilishi kerak. Pechdagi issiklik temperaturasini
xrom – alyuminiylik termopara va pirometrik millivoltmetr yordamida ulchanadi.
Pechning temperaturasini boshkarish uchun LATR – 1 orkali bajariladi.
Absorber 8 gacha vakuum sistemasida xavoni surib olgich tezligini ulchovchi
reometr ulangan bulishi kerak. Yondirish oldidan absorber 8 ga 150 ml distillanagan
suv, 5ml vodorod pereksi va 7 ml 0,02n sulfat kislota eritmasi solingan bulishi
kerak.
6-rasmda kursatilganidek kurilma yigiladi, erkin kvarstli naychani xamma
joyi berkitilgan bulishi kerak va sistemani germetikligi tekshirib kurilishi kerak.
Yopkichli kran orkali naycha yordamida tozalangan 1chi idishga vakuum - nasos
ulanadi. Agarda sistema germetik bulsa, absorbergacha tozalagan idishlaradagi
xavoni chikarib yubormaydi. Germetikligi tekshirilgandan sung pech kizdirish
uchun kushiladi va termopara uning urta kismiga urnatiladi.
Aniklash usuli.
Neft maxsuloti benzinni taxlil kilish uchun 0,05dan 0,2gr gacha mikdorda
namuna tarozida ulchab olinishi kerak. Shu jarayonda ishlatiladigan chinnidan
tayyorlangan kayikcha 5 vaznining ulchov xatoligi 0,0002gr. ortmasligi lozim.
Namuna kayikchaning xamma kismlarida bir xilda tekis taksimlangan bulishi kerak,
keyin kayikchaga yaxshi maydalangan kushimcha tarzda 900 – 950Sda
toblantirilgan kum solinadi.
Neft koksini yokish vaktida bunday kilish kerak emas. Tayyorlangan
kayikchaga kvarstdan tayyorlangan naycha urnatilib, pechning oldingi tomoniga
urnatiladi. Tikin orkali naychaning ochik kismini tezda yopib uni vakuum – nasosga
ulaymiz. Nasos orkali xavoni surish tezligi 500ml/min bulishi kerak. Kachonki pech
temperaturasi 900S ga etganda yonish boshlanadi. Doimiy tarzda pechdan
190
chikayotgan issiklik kayikcha tomon intila boradi. Namunaning tula yonishi uchun 30
– 40 min. isitish etarlidir. Shu vakt utgandan keyin pech va vakuum – nasos
uchirilib, absorber xam ajratiladi. Sungra 26ml distillangan suv bilan birlashtiruvchi
kvarst naycha tirsakli kismi yuvilib absorberga solinadi.
Bundan sung absorberni tarkibini uyuvchi natriy eritmasi bilan 0,02n.
Mikrobyuritka yordamida 8 tomchi aralashgan indikator tomizilib rangi to kizil-
binafshadan kungir yashil ranga kirguncha titrlaydilar. Xuddi shunday usul orkali
neftmaxsulotlarida tajribalar utkaziladi.
Tarkibidagi oltingugurtni kuyidagi formula bilan xisoblanadi.(mass.%).
100
00032
,
0
)
(
1
Do'stlaringiz bilan baham: |