O’qituvchi Talaba 1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish



Download 12,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/251
Sana05.09.2021
Hajmi12,43 Mb.
#165637
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   251
Bog'liq
'BSAT UMK

10-ilova 
 
MUL’TIMEDIANI TA’LIMDA QO’LLASH SOHALARI   
  
Hozirgi kunda o’quv jarayonini takomillashtirish va qo’llab-quvvatlash  
uchun ishlab chiqilgan  ko’pgina komp’юter dasturlari mavjud.   
Ulardan  ba’zilari  ta’lim  jarayoniga  doimiy  ravishda  tatbiq  etilmoqda.  
 Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:  
•  avtomatlashtirilgan o’quv tizimlari;   
•  ekspert o’rgatish tizimlari;   
•  o’quv ma’lumotlari bazasi;   
•  bilimlar bazasi;   
•  mul’timedia tizimlari;   
•  virtual voqelik tizimlari;    
•  ta’lim  komp’юter telekommunikasiya tarmoqlari.  
  
Avtomatlashgan  o’qitish  tizimi   (AO’T)  –  ta’lim   oluvchi  bilan  faol  dialog tarzidagi  ta’sirni 
tashkil  etishga  mo’ljallangan    dasturiy-texnik  va  o’quv-uslubiy  vositalar  (dialogning  didaktik  va 
psixologik  aspektlari)  majmuasi.  Dialog  AO’T  va    foydalanuvchi    orasidagi    o’zaro    ta’sirlashuv  
vositasi  hisoblanadi.  Ta’lim oluvchi  tizimdan  ish  rejimini  belgilab  olib,  materialning  o’rganish  
usulini  tanlab,  javoblarni  tizimga  kiritadi.  AO’T  materiallarni  o’rganish  usullarini  va  yo’llarini  
tanlaydi  va  ta’lim  oluvchining  javoblarini  talqin  etib  beradi, ta’lim jarayonining borish tartibini 
tanlaydi.          
 O’quv  ma’lumotlar  bazasi  va  bilimlar  bazasi  berilgan  sinf  o’quv topshiriqlarini  ma’lumotlar  
va    tanlashni    amalga    oshirish,    saralash    uchun  mul’timedia    to’plami  shakllantirishni    taqozo  
etadi.  Bilimlar  bazasini  fanning  asosiy  tushunchalari,  topshiriqlar,  ularning  yechimi,  mashqlar  va 
usullar  majmuasi,  ta’lim  oluvchi  yo’l  qo’yishi  mumkin  bo’lgan  xatolar  va  ularning  oldini  olish 
uchun ma’lumotlar tashkil qiladi.  


 
252 
Ekspert  o’rgatish  tizimlari (EO’T)  ma’lum  sohadagi  bilimlarni  o’z  ichiga oladi. Mul’timediali  
vositalarni  ishlab  chiqish  va  o’quv jarayoniga joriy  etish quyidagi  instrumental  vositalarning  
keng  taklifi  yetishmasligi  sababli qiyinlashmoqda:  
•  o’quv jarayonini boshqarish qismi tizimi;   
•  o’quv topshiriqlarini shakllantirish qismi tizimi;   
•  o’quv masalalarni yechish vositasi;   
•  o’quvchilarning xatolarini tashxis etish vositalari.  
EO’Tni    loyihalashtirish    va    ishlab    chiqish    maxsus    instrumental    vositalar  asosida    amalga  
oshirilishi  mumkin.  Bunday  vositalarning  amaliy  foydasi quyidagilardan iborat: 
 • turli  ta’lim  sohalarida  qo’yilgan  talab  va  chegaralarga  javob  beradigan EO’Tni ishlab chiqish 
muddati va narxining qisqarishi;  
• dasturlash sohasida kasbiy malakaga ega bo’lmagan foydalanuvchi tomonidan ham EO’Tda o’quv 
jarayonini boshqarish;   
• ko’p  jihatli  va  formallashtirish  qiyin  bo’lgan  o’quv  jarayoni  
samaradorligini  foydalanuvchi  tomonidan  qo’yiladigan  turli  shartlarda  tahlil qilish;   
•  tarmoq    tuzilmaga    ega    bo’lgan    EO’Tni    yaratishda    ishlab    chiqish    muddati    va  qiymatini 
qisqartirish  hamda  komp’юter  imkoniyatlaridan  samarali  foydalanish.  Bilimlarning  ikki  turi 
farqlanadi: deklarativ bilimlar, ya’ni turli xil fakt,  hodisa  va  qonuniyatlar  haqidagi  bilimlar  va  
prosedurali    bilimlar,  masalalarni  yechish  ko’nikmasi.  Prosedurali  bilimlar  faol  amaliy  mashqlar 
orqali  deklarativ  bilimlar  asosida  shakllanadi.  SHu  bilimlarning  mavjudligi  malakali  mutaxassis 
(ekspert)larni yangi o’rganganlardan farqlaydi.   
Deklarativ  bilimlarni  o’rgatishning  komp’юter  tizimlari  anchadan  beri qo’llanib  kelinmoqda,  
ularning    sifati    esa    zamonaviy    gipertekst    va  mul’timedia  texnologiyalari    hisobiga    юqori  
darajaga    ko’tarilgan.    Ma’lum    qiyinchiliklar  ikkinchi  turdagi  bilimlarni  uzatish  bilan  bog’liq, 
chunki  buning  uchun  ekspertning  prosedurali  bilimlariga  asoslangan  va  masala  yechishni 
o’rgatishga imkon beradigan muhit  zarur.  Bu  kabi  tizimlarni  algebra  va  geometriyaning  odatiy 
masalalarini  
echish    kabi    formallashgan    sohalar    uchun    yaratish    muammo    emas,    bu    holda    ekspert-
matematik  to’g’ri  yechimga  olib  keladigan  ideal  strategiyani  ko’rsatishi  mumkin.  
Unchalik aniqlanmagan bilim sohalarida esa holat mutlaqo boshqacha.  
Bu  esa  nafaqat  an’anaviy  ma’lumotlarga  ishlov  berish  uslublariga  
asoslangan,    balki    bilimlar    ombori  –    muammo    sohasidagi    ob’ektlar    va    ularning  o’zaro  
aloqasini    ma’lum    formallashtirish    qoidasi  (uslubi)    yordamida    aks    etuvchi  bilimlar    birligini  
yaratish  va  undan  foydalanish  uslublariga  asoslangan dasturiy tizimlar ishlab chiqish zaruratini 
юzaga  keltirdi.  YAngi    axborot    texnologiyali  komp’юter    tizimlari  –  qaror  qilishni  qo’llab-
quvvatlash    tizimlari  (QQQQT)  –    foydalanuvchilarga    tuzilmasi    aniq    bo’lmagan    sohalarda  
yordam  ko’rsatish  uchun  mo’ljallangan.  Ular  yordamchi  vazifani  bajarib, foydalanuvchining  
qobiliyatlarini    kengaytiradi,    lekin    yechim    topish    jarayonida  sub’ektiv    fikr    hisobga    olinishi  
talab    etilganligi    sababli    to’liq  formallashtirilishi    va    komp’юter    orqali    amalga    oshirilishi  
mumkin  bo’lmagan hollarda foydalanuvchi fikri va qarori o’rnini bosmaydi.  
Qaror    qilishni    qo’llab-quvvatlash    mul’timediali    tizimlaridan    amaliyotda  eng    keng  
foydalaniladigan    soha  –    bu    boshqarish    faoliyatining    turli    shakllari  uchun    rejalashtirish    va  
tahmin  qilish. QQQQT  odatda ma’lumotlar  bazasi,  turli xildagi  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  va  
taqdim    etish    vositalari,    foydalanuvchi  bilan    muloqotni    amalga    oshirish    vositalari    va  
matematik  dasturlash,  statistik tahlil, o’yinlar nazariyasi, qaror qabul qilish nazariyasi uslublari va 
modellari hamda  tizimning  moslashish  imkoniyatlari  va  o’zlashtirishni  ta’minlaydigan evristik 
uslublar  majmualarini  o’z  ichiga  oladi.  So’nggi    yigirma    yil    davomida    ta’lim  jarayoni    uchun  
mo’ljallangan    ekspert  tizimlarini    yaratish    va    foydalanish    sohasida    intellektual    tizimlar  
bo’yicha mutaxassislar  tomonidan  faol  tadqiqot  ishlari  olib  borilmoqda.  Bunday  o’quv 
tizimlarining “ekspertligi”  ularda  ta’lim  berish  metodikasi  bo’yicha  
bilimlarning  mavjudligidan  iborat,  bu  o’qituvchilarga  ta’lim  berish,  


 
253 
o’quvchilarga esa ta’lim olishga yordam beradi.  Ammo  hozirgi  kunga  qadar  ishlab  chiqilgan  
tizimlar  aksariyat   hollarda o’quvchi   bilan muloqotni  tashkil  etishda  cheklangan   uslublardan 
foydalanadi,    ish  jarayoni    ham    aniq    tushuntirilmaydi.  Ekspert    o’quv    tizimlarining    paydo  
bo’lishi  
o’quv    jarayonida    mul’timediali    vositalardan    foydalanish    sohasidagi    mavjud  yondashuvlarni 
qayta ko’rishni talab etadi.   
O’quv  ma’lumotlar  bazalari  va  bilimlar  omborlari –  ma’lum  sinf  o’quv  
masalalari  uchun  mul’timediali  vositalar  to’plamini  tayyorlash  va  ularda  mavjud  bo’lgan  
ma’motlarni    tanlash,    saralash,    tahlil    qilish    va    qayta    ishlash    imkonini  beradi.    Bilimlar  
omborlarida    fan    sohasidagi    asosiy    tushunchalar    tavsifi,  masalalarni    yechish    strategiyasi    va  
taktikasi,  mashqlar  va  misollar  majmui,  yo’l qo’yilishi mumkin  bo’lgan  asosiy  xatolar  ro’yxati  
va  ularni  bartaraf  etish  uchun ma’lumotlar keltiriladi.    
 
O’QUV  QO’LLANMALARI  YARATISHDA  MUL’TIMEDIANI QO’LLASH  
  
Bugungi kunda eng ommabop mavzu – mul’timedia loyihasini yaratish. Bu yerda har  kim  o’zining  
bor  ijodiy  o’ziga  xosligini,  aql-zakovatini,  bilimini,  nozik didini  namoyon  qilishi  mumkin.  
Afsuski,    taqdimot    tayyorlash    va    ma’lumotlar  bazasi    yaratish    bilimlariga    ega    bo’lmasdan  
mul’timediali  loyiha  tayyorlab bo’lmaydi,  shunga  qaramasdan  maxsus  dasturiy  vositalar  borki,  
ularning    ishlash  texnologiyasini    o’rganib,    ko’pfunksiyali    ishlash    vositalariga    ega    bo’lish  
mumkin.  
Biz    sizga    namunali    dasturiy    vositalar    yordamida    amalda    shunday    qilishni  o’rgatamiz.  
Vositalarni    qanday    o’zlashtirishingiz    emas,    balki    mul’titimedia  mahsulotini  yaratish 
texnologiyasining o’zi muhim hisoblanadi.  Mul’timedia mahsuloti o’zi nima? Bu hujjatli fil’mga 
juda o’xshash, faqat komp’юterda  mavjud  mahsulot.  Bu  yerda  musiqa,  rang  effektlari,  harakat 
(animasiya),  ovoz  bor.  Mul’timedia  mahsulotida  asosiy  narsa  nima?  Har  bir fil’mda bo’lgani  
kabi  bu  –    ssenariy.  Siz  bir    vaqtning  o’zida  ham    ssenarist,  ham  rejissyor,    ham    rassom,    ham  
operator  bo’lishingiz  kerak.  Faqatgina  o’z  mavzusini o’ylab topish emas, balki uni komp’юter 
ekrani maydoniga mos ravishda qismlarga  
bo’lib taqdim etishni ham o’rganish kerak. Siz rejissyor va rassom sifatida har bir kadr  bezagi  va  
ularning  o’zaro  aloqasini  o’ylab  topishingiz  kerak.  Alohida slaydlar, fragmentlar, ma’lumotlar 
bazalari  yaratish  bo’yicha  oldindan  ko’p  ishlash  talab    qilinadi.    Faqat    shundan    keyingina  
avvaldan    tayyorlangan    barcha  fragmentlarni  birlashtirishga  kirishish  mumkin.    Kompyuterdagi  
ensiklopediyalar,    elektron    darsliklar,    dam    olish    va    bilim  olish  uchun  zarur  dasturlar  va 
boshqalar  haqida  gap  ketganda  hozirgi  vaqtda  asosan  mul’timedia    mahsuloti    yaratishga    katta  
e’tibor  qaratilmoqda.  Mul’timedia mahsuloti  o’zi  nima?  Birinchidan –  foydalanuvchiga  albatta  
interfaollikni taqdim  etadigan,  ya’ni  inson  va  komp’юter  o’rtasida  komandalar  va  javoblar 
almashinuvini  ta’minlab,  dialog  muhitini  yaratadigan  dasturiy  mahsulot.  
Ikkinchidan,  turli  video  va  audio  effektlar  ishlatiladigan  muhit.  U  
tomoshabinga o’zicha u yoki bu ssenariyni tanlash imkonini beruvchi videofil’mni juda eslatadi.   
Mul’timedia  mahsuloti –  tarkibiga  musiqa  taralishi,  videokliplar,  
animasiya,    kartinalar    va    slaydlar    galereyasi,    turli    ma’lumotlar    bazalari    va  boshqalar  kirishi 
mumkin bo’lgan interfaol, komp’юterda ishlangan mahsulot.   
Mul’timedia mahsulotlarini quyidagilarga bo’lish mumkin:   
- ensiklopediyalar;   
- o’rgatuvchi dasturlar;   
- ongni rivojlantiruvchi dasturlar;   
- bolalar uchun dasturlar;   
- o’yinlar.   
 So’nggi yillarda mul’timedia mahsulotlari keng xaridorlar olishi mumkin  
bo’lgan  darajaga  keldi.  Ularning  ishlatilishi  har  doim  ham  bir  xil    emas.  Turli  mul’timedia 
jihozlarini  sotib  olishda  quyidagi  ko’rsatkichlarga  ahamiyat  berish kerak:   


 
254 
- berilayotgan materialning sifati va ishonchliligi;   
- berilayotgan grafik materialning sifati;   
- ovoz jo’rligi (matn, musiqiy bezak va b.);   
- videomaterial mavjudligi va ularning sifati;   
-  interfaollik  imkoniyatlari (turli  yo’nalishlarda  ko’rish,  materialni  
chuqur o’rganish, chop etish imkoniyati va boshqalar);   
- do’stona interfeys.   
Har  bir  tayyor  mul’timedia  mahsuloti  ham  ushbu  talablarga  javob  
beravermaydi,  qolaversa,  sizning  shaxsiy  qiziqishlaringiz  mualliflar  tomonidan  taklif    qilingan  
yo’nalishdan  farq  qilishi  mumkin.  Bu  holatda  siz  tanlagan mavzuingizni ochib beradigan o’z 
dasturiy  mahsulotingizni  ishlab  chiqishingiz    va  xususiy    interfeysingizni    yaratishingiz    mumkin. 
Mul’timedia    mahsuloti    ishlab  chiqish    qiyin    va    qimmat    turadigan    jarayon    bo’lishiga  
qaramasdan  nafaqat dasturchilar, balki ko’plab rassomlar, dizaynerlar ushbu o’ziga  tortuvchi ishga 
qo’l  
urmoqdalar.   
Mul’timedia mahsuloti yaratish uchun quyidagilarni jalb qilish mumkin:   
1.  Butun  malakali  dasturchilar  guruhi  bilan  ishlashni  talab  qiluvchi  
dasturlash tili.   
2.  Instrumental  vositalar,  ya’ni Macromedia Director, Formula Grap’ics  
Multimedia  System,  Multimedia  Creator,  Asymetrix  ToolBook,  Aut’orWare  Professional  va  
boshqa shu  kabi  maxsus  dasturiy  mahsulotlar.  Bu shaklda  yaratilgan  loyihalar  
birmuncha  arzon,  shu  bois  unchalik  universal  emas,  qo’llanilgan  instrumentlar imkoniyatlari 
cheklangan  bo’lsa-da,  malakali  foydalanuvchilar  bunday  instrumental  vositalar  yordamida  ishlay 
oladilar.   
Ta’lim  berish  maqsadida  mul’timedia  mahsulotini Microsoft Office  
dasturlari  asosida  ishlab  chiqish  mumkin,  materialni  tayyorlash  uchun  esa  P’otoSHop  (rasmlarni  
qayta  ishlash), Adobe Premier  yoki Vstudio2 (videokliplarni  qayta  
ishlash),  Stoik  Software  (tasvirlarni    qayta  ishlash    va  morfing    yaratish),  fonograf  Windows  95 
(ovoz  yozish  va  uni  qayta  ishlash  uchun)  kabi  qo’shimcha  dasturlardan foydalaniladi.   
Mul’timediali  dasturiy  mahsulot  ko’pincha  ishlatish  mumkin  bo’lgan  
ma’lumotlar  bazalaridan  tarkib  topadi,  masalan, Access  yoki Works  yordamida. Rasmlar  yoki  
kliplar    namoyishi  PowerPoint    dasturi    yordamida    amalga    oshiriladi.  Interfaollik    rejimini  
yaratish    uchun    to’liqroq    izohga    murojaat    qilishga    yordam  beradigan  gipermurojaatlardan 
foydalaniladi.    Birinchi  navbatda  ta’lim  beradigan  mul’timediali  loyihani  yaratib,  uning  asosida 
belgilangan mavzular bo’yicha darslar  yoki  tematik ensiklopediyalar ishlab chiqishingiz  mumkin 
(musiqa    yo’nalishlari,    sevimli    qo’shiqchilar,    mashhurartistlar,  kino  yangiliklari  va  b.).  Buning 
uchun ikki xil dasturiy vositalarga ega  
bo’lish lozim:   
- mul’timedia mahsulotiga qo’shilishi kerak bo’lgan materialni tayyorlash;   
- mahsulotning o’zini yaratish.   
 Material  tayyorlash  uchun  mo’ljallangan  dasturiy  mahsulotlarning  
umumiy sharhi  
 Mul’timedia  mahsulotiga  qo’shiladigan  material  rasmlar,  audio  va  
videoyozuvlar,  matnlar  holida  berilishi  mumkin.  Bular  ishlash  uchun  munosibinstrumentlarga  
ega    bo’lgan    o’z    dasturiy    vositalari    mavjud    ma’lumotning    turli  ko’rinishlaridir.    Quyida  
ma’lumotning  turli  shakllari  uchun  nisbatan  mashhur dasturiy mahsulotlar keltiriladi.   
 Grafik ob’ektlarni qayta ishlash  
Grafik ob’ektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish  
kerak: skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash).   
Skanerlash  deganda  qog’oz  ko’rinishidagi  ma’lumot  tashuvchilardan  maxsus  


 
255 
qurilma  –    skaner    yordamida    axborotning    avtomatik    o’qilishi    va    komp’юterga  kiritilishi 
jarayoni    tushuniladi.    Rasmlarni    skanerlash    uchun    quyidagi    dasturiy  mahsulotlardan 
foydalaniladi.   
- P’otoEditor – Microsoft Office  tarkibiga  kiruvchi  rasm  skanerlashga  yordam beruvchi  hamda  
grafik    material    tayyorlash    uchun    ba’zi    operasiyalarni    bajaruvchi  dastur  (kontrast,  yorug’lik, 
ranglilik va rasm orientasiyasini o’zgartirish).   
- P’otoPaint – rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga  
imkon  beruvchi  dastur (tuzatish,  rang  o’zgartirish,  orientasiya,  masshtab,  gamma nurlari bilan 
to’yinganlik va b. ni o’zgartirish).   
Rasm    yaratish    va    tahrirlash    sizga    tanish.    Bu    yerda    keng    tarqalgan    dasturiy  vositalarga 
qisqacha ta’rif berib o’tamiz:   
- P’otoSHop –  grafik  fayllarni  qayta  ishlashga  imkon  beruvchi  dasturiy  
mahsulot. Ushbu  tahrir dasturi  ko’pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF  va  
boshqalar)  bilan  ishlaydi,  rasmlarni  standart  qayta  ishlashdan  tashqari  ularni turli fil’trlardan 
(qayirish,  bo’rtma  ko’rinish  berish,  donadorlik,    yoritilganlik  darajasi  va  boshqalar)  o’tkazishga 
imkon beradi.   
- Stoik ArtMen – Stoik Software  dasturiy  mahsulotlari  safiga  kiradi  va  
turli    rassomlar    tomonidan    chizilganga    o’xshatib    qayta    ishlashga    yordam    beradi,  masalan, 
akvarelda, moybo’yoqda, o’yma naqsh, emal’ va b.   
- Paint –  rasm  orientasiyasini  o’zgartirish,  tozalash,  belgilangan  maydonni kesib  olishga  imkon  
beruvchi  standart  grafik  muharrir.  Faqat BMP  va PCX fayllari bilan ishlaydi.   
  
Videoyozuvlarni qayta ishlash.  
Videoyozuvlar  bilan  ishlash  videomagnitofon  yordamida  yozib  olingan  
tasvirni  oldindan  raqamli  ko’rinishga  o’tkazishni  talab  qiladi.  Tasvirni  raqamli  shaklga    o’tkazish  
deganda  materialni  analog  shaklidan  komp’юterga  kiritish mumkin  bo’ladigan  raqamli  shaklga  
o’zgartirish    tushuniladi.    Tasvirni    raqamli  shaklga    o’tkazish    uchun    komp’юter    maxsus  
videokarta,  TV-tюner    va    unga    hamroh  bo’lgan    dasturiy  mahsulot    bilan  jihozlanishi    kerak.  
Raqamli  shaklga    o’tkazilgan  videoyozuv  TV-tюner    talab    qilmaydi,    quyidagi    dasturiy  
mahsulotlar  bo’lishi yetarli:   
- Vstudio2 –  videomagnitofondan  videoyozuvni  raqamliga  o’tkazish  uchun  
ishlatiladi; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi.   
- Adobe Premier –  fragmentlarni   raqamlashtirish  va  ular  orasida  ko’plab o’tishlar  bilan  montaj  
qiluvchi    murakkabroq    dasturiy    mahsulot.  Adobe  Premier  kadrlar    o’lchamini    va    ularning  
orientasiyasini (aylanish,  kadr  harakati traektoriyasini) o’zgartirishi mumkin.   
 
  
- Morp’Man – Stoik Software  tarkibiga  kiruvchi  va  videomaterial montaji  
hamda  morfing  yaratishga  imkon  beruvchi  dastur.  Morfing  deganda  bir  tasvirning  boshqasiga 
qadamba-qadam o’zgarib o’tishi tushuniladi.   
Ushbu  dastur  statik  morfing  bilan  birga  alohida  videofragmentlar  orasida  ham    morfing    yarata  
oladi.  Bunday  qayta  ishlovlar  natijasida AVI  kengaytmali videofayl yaratiladi.   
  
Tovushni qayta ishlash.  
Fonograf  –  Windows  95ning  (CD-disklar,  mikrofon  va  chiziqli)  ovoz  yozishga  va  uni  tahrirlash 
(ovozni ko’tarish/pasaytirish, tezlikni ko’tarish/pasaytirish, exo effekti yaratish)ga imkon beradigan 
standart dasturi.   
  
Matnni qayta ishlash.  
Matn  bilan  ishlashda  uning  qaysidir  qismini  bevosita  klaviatura  yordamida  komp’юterga    kiritish  
mumkin,  katta  hajmdagi  o’zgarmaydigan  matnlarni keyinchalik  maxsus  dasturiy  mahsulotlar  
yordamida  qayta  ishlashni  ko’zda  tutib  


 
256 
skaner yordamida kiritish qulay.   
FineReader –  keyinchalik  matn  muharrirlarida  tahrirlash  uchun  
skanerlangan materiallarni matn shakliga o’tkazuvchi dastur.   
Mul’timedia mahsulotlari yaratishga mo’ljallangan dasturlar sharhi  
  
- Macromedia Director –  taqdimot  va  mul’timedia  mahsulotlari  yaratishga  
xizmat  qiladi.  Ushbu  dastur  MMX-texnologiyalar  bilan  ishlaydi  va  tugmalar,  
slaydlar, klip va animasiyalar bilan ishlashga imkon beradi.   
  
- Formula Grap’ics Multimedia System –  interfaol  rejimda  ishlovchi  
mul’timedia dasturlarini tayyorlashni ta’minlaydi.   
Sanab  o’tilgan  dasturlar  qimmat  turadi,  shuning  uchun  foydalanuvchilar  
orasida  bular  kam  ishlatiladi.  Maktabda  mul’timedia  loyihalarni  ishlab  chiqish  uchun  nima  qilish 
kerak, buning uchun keng imkoniyatlarga ega bo’lgan Microsoft Office dasturlaridan  foydalanish  
yetarli.  Agar  loyihangizga  ma’lumotlar  bazasi qo’shishni  istasangiz,  sizga Access,  animasiya  
effektlari  bilan  taqdimot tayyorlashingiz uchun esa PowerPoint dasturi kerak bo’ladi.   
Mul’timedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari  
  
Mul’timedia  loyihasini  ishlab  chiqishda  o’rtacha  holatdagi  mahsulotdan  
a’lo    darajadagi    mahsulotni    farqlay    olish    uchun    ayrim    mezonlarga    e’tibor  qaratish    lozim  
bo’ladi.    Birinchidan,    e’tiborga    olinishi    kerak    bo’lgan    narsa  –    bu    loyihaning    mavzusi.    U  
ko’pchilik    foydalanuvchilarga    qiziqarli    bo’lishi    kerak,  shundagina  ushbu  mahsulot  tanila 
boshlaydi.  Mavzuni  tanlashda  uning  dolzarbligi,  ko’rib    chiqilayotgan  masalalarning    o’tkirligi,  
ijodiy  va madaniy  rivojlantirish imkoniyatlari,  dunyoqarashni  kengaytirish  darajasi  ham  o’ta  
muhim  sanaladi.   
Loyihani  yaratishda  ikkinchi  muhim  narsa –  bu  uning  quyidagilardan  iborat bo’ladigan amaliy 
maqsadidir:   
-  qandaydir  axborotni  namoyish  etishda (masalan,  yoqtirgan  
qo’shiqchilaringizni tanlash);   
-  qaysidir  malakalarga  o’rgatishda (masalan,  sochni  qanday  turmaklash  yoki ovqat tayyorlash);   
-    qaysidir    soha    bo’yicha    bilimlarni    berish  (masalan,    o’quv    fanlari    bo’yicha    mul’timedia 
darslari yoki ma’lumotnoma yaratish).   
Loyihani  yaratishda  e’tibor  qaratilishi  lozim  bo’lgan  uchinchi  narsa  yaxshi yozilgan  ssenariy  
va  ish  jarayonida  ko’rsatilayotgan  xizmatlarning  sifatidir. Sizning  loyihangizga  bo’lgan  talab  
siz    taqdim    etayotgan    axborotlar    bilan  ishlashning  qulayligiga  bog’liq.  Grafik  va 
videomateriallarning sifati to’rtinchi muhim narsa hisoblanadi.  
 Videomateriallarning  mavjudligi  har  qanday  axborotni  o’zlashtirishni  
yaxshilaydi,  grafikaning  юqori  sifatliligi  esa  rasm  va  slaydlarni  zavqlanib ko’rish  imkoniyatini  
beradi,  sifatning  past  bo’lishi  noqulaylik  tug’diradi  va materialning  o’zlashtirilishiga  xalaqit  
beradi.  Bunday  sifat  loyihaga  jalb etilgan matnlarga ham taalluqli. Hech qanday orfografik yoki 
stilistik xatolarga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Axborotlarning tezkorligi, to’liqligi va haqqoniyligi ham 
muhimdir. Loyiha  ustida  ish  boshlaganda  ma’lumotlarni  taqdim  etish  modelini tanlash lozim va 
u quyidagi talablarga javob berishi kerak:    
- axborotlar taqdim etilishining ko’rgazmaliligi;   
- axborotlar kiritishning soddaligi;   
- axborotlarni qidirish, ko’rish va tanlash qulayligi;   
- boshqa dasturiy mahsulotlardan axborotlarni ishlatish imkoniyati;   
- loyihani qayta tuzatish imkoniyati (yangi ma’lumot qo’shish yoki o’chirish);   
- interfaol rejimni ta’minlab beruvchi yaxshi interfeys.   
 Mul’timedia loyihasini ishlab chiqishda ish bosqichlarining muayyan ketma-ketligini saqlash kerak 
bo’ladi.   
I bosqich. Mavzuni tanlash va muammoning qo’yilishi.  


 
257 
Mavzu  aniqlangandan  so’ng  mul’timedia  mahsulotini  yaratish  uchun  aniq  
topshiriqlarni yozish kerak bo’ladi, u yerda maqsad va vazifalar ko’rsatilgan bo’lishi  
kerak.   
II bosqich. Ob’ektni tahlil qilish.   
Ushbu bosqichda loyiha qanday ob’ektlardan tashkil topishi, shuningdek, bu  
ob’ektlar  qanday  parametrlar  bilan  ajralib  turishi  ko’rib  chiqiladi.  Agar  siz biologiya  bo’yicha  
mul’timediali  ensiklopediya  yaratayotgan  bo’lsangiz,  ob’ekt sifatida  har  bir  hayvon  turi  uchun  
alohida    dasturiy    mahsulotni    ko’rib    chiqish  mumkin.    Mul’timediali    dars    ishlanmasini  
tayorlashda  tushuntirish  qismi, materiallar  bilan  ishlash,  nazorat  qismi  kabi  tarkibiy  tashkil  
etuvchilarni  nazarda    tutish    kerak.    Mul’timedia    loyihasini    tayyorlagandan    so’ng    har    bir 
ob’ektning alohida xususiyatlarini ko’rib chiqish kerak. Bu ma’lumotlarni alohida  
yozuv va jadvallar ko’rinishida joylashtirish mumkin.   
III bosqich. Ssenariyni ishlab chiqish va modelni sintez qilish.   
Ssenariyni ishlab  chiqishda mahsulot  bilan ishlash  ketma-ketligi, ishning o’zgarishi  mumkinligi  
va  undan  chiqish (ishni  tugatish)ni  nazarda  tutish  kerakbo’ladi.  Avariya  holatlarining  oldini  
olish  maqsadida  ularni  hisoblab  chiqish muhim, shuningdek, ishning ko’p variantlilik darajasini, 
ya’ni bir xil natijaga turli yo’llar bilan  erishish imkoniyatlarini  tekshirib ko’rish kerak. Ssenariyda 
ish jarayoniga tovush jo’rligi kiritilgan bo’lishi, masalan, ekranda matn musiqiy  
yoki  istalgan  tovush  jo’rligida  paydo  bo’lishi  kerak.  Bunda  unisi  ham,  bunisi  ham  ishga  xalaqit 
bermasligi va toliqtirmasligini hisobga olish lozim. Agar dastur imkoniyatlari  yo’l  bersa,  tovushni  
o’chirib    qo’yishni    ham    nazarda    tutish    mumkin.    Ikkinchi    bosqich    tahlili    natijalaridan  
foydalangan    holda    kelgusi    loyihaning  muayyan  modelini  tanlash  kerak.  Model’  tanlanganidan 
so’ng ilovalar  yoki bo’g’inlar orasidagi bog’lanishlarni ko’rsatgan holda uning chizmasini chizish 
kerak.  IV  bosqich.  Axborotlarni  taqdim  etish  shakli  va  dasturiy  mahsulotlarni tanlash.   
Ssenariy  ishlab  chiqilib, model’  yaratilganidan  so’ng  loyihani  realizasiya qilish  uchun  dasturiy  
mahsulotni  aniqlash  kerak  bo’ladi.   Bu  bosqichda  ikki  xil dasturiy  mahsulotlar ta’minlangan 
bo’lishi kerak:   
-  proektni  tashkil  etuvchi:  grafik  ob’ektlar,  audio-  va   videoyozuvlar,  
matnlarni tayyorlash va materiallarni qayta ishlash uchun;   
- mul’timedia mahsulotini yaratish uchun, ya’ni bevosita ish qurollari.  
Dasturiy  vositalar  tanlab  olingandan  so’ng  axborotlarni  taqdim  etish  
shakli    va    uni    realizasiya    qilish    instrumentlarini    tanlash    zarur.    Agar    sizning  loyihangizga 
Access ilovasida tayyorlangan ma’lumotlar bazasi kiritilgan bo’lsa, axborotlarni  jadval  yoki  shakl  
ko’rinishida    berish    mumkin.    Instrumentlar  sifatida  “Panel’    instrumentov”    yoki    shakl    va  
tugmachalarni    yaratish    bo’yicha  masterlar  xizmat    qilishi  mumkin.  PowerPointda    axborotlar  
alohida    slaydlar    yoki  ob’ektlar  (matnli    yoki    grafik)    ko’rinishida    bo’ladi.  PowerPointda  
instrumentlar  
sifatida animasiyalar, rasm chizish yoki formatlash paneli ishlatiladi.      
V bosqich. Ob’ektning komp’юter modelini sintez qilish.   
Ko’rib    chiqilgan    barcha    imkoniyatlar    tanlab    olinganidan    so’ng    loyihangizni  komp’юterda 
amalga  oshirishga  kirishish  mumkin.  Kompyuter  modelini  yaratishda  yana  ikkita  bosqichdan 
o’tishga to’g’ri keladi.   
1-bosqich. Ishlash uchun materiallarni tayyorlash.   
Bu    bosqichda    siz    tanlagan    dasturiy    mahsulotlar    yordamida    grafik,    matnli,  audio,    video 
materiallar    tayyorlanadi.  Grafik    axborotlar    bilan    ishlashda  shunga  ahamiyat    beringki,    siz  
tanlagan    rasmlarning    sifati    qancha    юqori    bo’lsa,    ular  vinchesterda  va  komp’юter  xotirasida 
shunchalik  katta  joyni  egallaydi  va  sizning  mahsulotingiz    sekinroq    ishlaydi.    Videokliplarni  
yaratishda    kadr    o’lchamlari    va  axborotlarning    siqilish    darajasiga    e’tibor    qarating.    Kadr  
o’lchami    ekran  kattaligida    bo’lgan    videokliplarni    yaratishda    faylning    hajmi    bir    necha    юz 
megabaytlarni  tashkil  qiladi.  Kadr  o’lchamlari  katta  bo’lganda  va  kam  darajada  
siqilganda  klipni  namoyish  qilish  tezligi  keskin  pasayadi.  U  yoki  bu  
parametrlarni tanlash komp’юteringizning imkoniyatlariga bog’liq.   


 
258 
Materiallarni    tayyorlash    bo’yicha    ishlash    tajriba    orttirish    orqali    paydo  bo’ladigan  юqori 
malakani talab etadi.    
2-bosqich. Mul’timedia mahsulotini yaratish.   
Bu  bosqichda  tayyorlangan  materiallar  va  tanlangan  dasturiy  vositalar  
yordamida    mul’timedia    loyihangizning    komp’юter    modeli    yaratiladi.    Keyingi  mavzu  bu 
jarayonlarning to’liq texnologiyasini ko’rib chiqishga bag’ishlanadi.   
VI bosqich. Mul’timedia mahsuloti bilan ishlash.   
Endi siz yaratgan mul’timedia mahsuloti bilan ishlash, ya’ni ko’rish, izlash,  
axborotlarni tanlab olish mumkin.   
Raqamli mul’timedia va yangi axborot texnologiyalarini elektron interfaol o’quv  qo’llanmalari  va  
taqdimotlarini    yaratishda    qo’llash    o’quv    jarayonida    kuchli  yordamchi    vosita    hisoblanadi.  
O’qitishning    elektron   vositalari    arxitekturasi  o’qitish  uslublariga  bog’liq  holda  turlicha  bo’lishi 
mumkin.   Taqdimot  yoki  fil’m  xohishga  ko’ra  –  axborot  uchun  ma’lumotlar,  bilim berish,  
namoyish    qilish    vazifalarini    bajarishi    mumkin.    Kompyuter  texnologiyalari    real    holatga  
o’xshagan  virtual  modellarni  yaratish  imkonini beradi.   
Kompyuter  grafikasi  yangilikdan  zaruratga  aylandi,  lekin  mul’timedia  
texnologiyalari  turli Web-taqdimotlarni  loyihalashtirishda  alohida  ahamiyatga ega,  ma’ruzalar,  
darsliklar    va    o’quv    qo’llanmalari    shular    jumlasidandir.    Ular  loyihani  yaratishda  ijodiy 
yondashuvga e’tibor qaratishga yordam beradi.   
O’qituvchi  yoki  kursni  loyihalashtiruvchi  taqdimotlarni  yaratishda  turli  
murakkablikdagi    vizual    materiallarni    taklif    etishi    mumkin.    Bundan    tashqari,  yakuniy 
mahsulotga ta’sir etuvchi ishtirokchilarning aqliy rivojlanish darajasi, psixologik barqarorligi va shu 
kabi  omillarni  e’tiborga  olish  zarur.  Va  nihoyat,  ehtimol,  hal  qiluvchi  omil  –  vizual  grafik 
animasiyalar va interfaol ishlanmalar ish jarayoniga ko’lam va o’ziga yarasha joziba beradi.   
Yuqorida  ko’rib  o’tilgan  yondashuvlarni  umumlashtirgan  holda  ta’kidlash  
mumkinki,    юqori    ilmiy-uslubiy    saviyada    elektron    o’quv    nashrini    yaratish    o’quv  uslublarini 
takomillashtirish yo’llaridan biri hisoblanadi.    
Elektron  o’quv  nashrini  loyihalashtirishning  quyidagi  asosiy  
bosqichlarini ajratish mumkin:   
- o’quv materiallari mazmuni modelini tuzish;   
- qo’llanma uchun ssenariy ishlab chiqish;   
- o’quv paketi uchun ssenariylar va algoritmlar tuzish.   
  
SHunday  qilib,  zamonaviy  sharoitda  elektron  o’quv  nashrining  axborot  
ta’lim  muhiti    o’qitish    vositalarining  majmui    bo’lishi  mumkin.  Uning    vazifasi  esa    muayyan  
hajmdagi    yangi    bilimlarni    mustahkamlash,    ko’nikma    va    malakalarni  shakllantirishdan  iborat 
bo’ladi.   
  
 3.4. PEDAGOGIK VAZIFALAR  
Pedagogik  dizaynda  mul’timediani  qo’llashdan  maqsad  shunchaki  bir  nechta mediaformatlar,  
yorqin  effektlar  yoki murakkabliklarni  qo’shishdan  iborat  emas. Balki  har  bir  formatdan  uning  
barcha    afzalliklari    bilan    birga    foydalanish  lozim    va    ularni    o’zaro    shunday    birlashtirish  
kerakki,  ilg’or  o’quvchilar  har  bir elementdan alohida holda samarali foydalanish imkoniyatlariga 
ega bo’lsin.   
Quyidagi  jadvalda  har  xil  vazifalarni  qo’llab-quvvatlaydigan  har  xil  
mediaformat turlari keltirilgan.   
2-jadval: Har xil vazifalarni qo’llab-quvvatlaydigan har xil mediaformat turlariga misollar.  
Pedagogik    vazifa    Media  tiplari  va  instrumentlari  Navigasiya    Tugmachalar,  havolalar, 
imidjmaplar, sahifa xaritalari,  jadvallar,  navigasiya daraxti, izlash, yordam  
Izoh, hujjat, mulohaza  Matn (tushuntirish, detallashtirish, foydalanish  
bo’yicha yo’riqnoma, sharh matni)  


 
259 
Modellar,  misollar,  taqdimotlarni  namoyish  qilish  Foto  (nusxa  ko’chirish  apparatining  yangi 
modeli) Diagramma (nusxa ko’chirish apparatiga qog’ozning  
qanday joylashtirilishi) Ekran tasviri (ilovadagi menю)  
Sxema (audiomiksherning tarkibiy qismlari diagrammasi)  
Jarayon modeli  (blok-sxema) Miqdor va sifat munosabatlari  
namoyishi Konsepsiya xaritasi (tegishli konsepsiyaning vizual xaritasi sifatida ko’rsatilgan Internet) 
Diagramma (tashkiliy tuzilmasi)  
Jadval  (stress  darajasi  va  umrning  davomiyligi  o’rtasidagi  korrelyasiya)  Vaqt  bo’yicha 
o’zgarishlarni  ko’rsatish  Animasiya  (jaladan    oldingi    ob-havoning  o’zgarishi)  Applet  (me’yoriy  
taqsimot  egri  chizig’i  shakliga  
standart  og’ishning  ta’siri)  Video  (kutilayotgan  foydalanuvchi  qiziqishlarini  ko’rsatish) 
Simulyasiyalar (alkogolning reaksiya vaqtiga  
ta’siri) YAshirin (mavhum, murakkab narsalarni oddiy tushuntirish)  
konsepsiyalarni ko’rsatish  Grafik o’xshashliklar (murakkab foizlar qanday  
hisoblanadi)  Animasiya  (qon  юrakka  qanday  oqadi  va  undan  qanday  oqib  chiqadi)  To’g’ridan-
to’g’ri amaliy ish  Simulyasiya (seksiya yakunini hujjatga tirkash va undan olib tashlash)  
Ushbu  mediaformatlarning  bir  qanchalari 3.1.  bo’limdagi  suratlarda  
keltirib    o’tilgan.  Masalan,  1–5    tasvirlarda    navigasiya    va    matn    bilan    grafikdan  foydalanish 
keltirilgan. 3, 5 rasmlardagi tasvirlarda real ilovalar keltirilgan.  5-rasmda  vaqt  bo’yicha  o’zgarish  
va    real    amaliy    ish    ko’rsatilgan.  6-    va  7-rasmlarda  jarayonlar  va  yashirin  konsepsiyalar  aks 
ettirilgan.   Ayrim   nazariyotchilar,   masalan,   Van  Merrienboer  (Van Merrienboer)ning  fikricha, 
yo’naltirilgan  ta’lim  muhiti  yangi  o’quvchilar  uchun  to’g’ri  keladi.  Bunday  sharoitda    birmuncha  
tayyorgarlikka    ega    bo’lgan    o’quvchilar    kam    yo’naltirilgan  usullarni    lozim    ko’radilar.  
O’quvchilarga    ta’limning    eng    yaxshi    usullari    va  metodlarini    tanlash    imkoniyatini    berish  
kursning    dizaynini    ishlab    chiqishda  muammolar    keltirib    chiqaradi,    lekin    ba’zan,    ayniqsa  
aralash  auditoriyalarda, shunday yo’l tutish zarur bo’lib qoladi.   
YAxshi  ishlab  chiqilgan  mul’timedia  motivasiya,  o’zlashtirish  va  bilim  
berishni yaxshilaydi.   
 
6-rasm:    Matn  va  grafikadan  foydalanish  jarayoni 
modeli. 
 
7-rasm: YAshirin konsepsiyalarni tushuntirish uchun foydalanilgan tavsiflarning namoyon bo’lishi. 
(Manba: ‘elen Macfarlane, Medical Illustrator, 
www.uchsc.edu/ltc/Fertilization.’tml

 
4.  MUL’TIMEDIA  TIZIMLARI  UСHUN  DASTURIY  
VOSITALAR.   
4.1.   TAQDIMOTLAR UСHUN DASTURIY TA’MINOT  
  
Mul’timedia    tushunchasi    keng    ma’noli    bo’lib,    turli    soha    mutaxassislari  uni    qo’llanish  
mazmuniga  qarab  turlicha  talqin  etishga  harakat  qiladilar.  
Elektronika  bilan  shug’ullanuvchi  mutaxassislar  ushbu  atamani  har  xil  formatdagi  matn,    grafika,  
animasiya,    ovoz,    video    ko’rinishdagi    ma’lumotlar    bilan    ishlash  imkoniyatini  ta’minlovchi 


 
260 
apparat  vositalari  sifatida  tushunadilar.  Bu  CD/DVD-ROM,    ovoz    kartasi,    videokarta,    tashqi  
yig’uvchilar)  kabilardan  iborat.   
Dizaynerlar,  animatorlar,  dasturchilar  ushbu  tushuncha  orqali  birinchi  galda foydalanuvchiga 
bir necha yo’l bilan  ta’sir  ko’rsatish imkoniyatini beruvchi  tayyor materialni  tushunadilar (matn, 
ovoz, animasiya).   
Mul’timedia  tushunchasining  eng  umumlashgan  holati (mul’timedia  
vositalari)  –    matn,    rasmlar,    sxema,  jadval,    diagramma,    fotografiyalar,    video    va 
audiofragmentlar    va    boshqa    har    xil    ma’lumotlarni    raqam    ko’rinishida    ishlab  chiqish, 
yaratishning dasturiy-apparat vositalari tushuniladi.    
Bugungi  kunda  mul’timedia  texnologiyalari  inson  faoliyatining  biznes,  
ta’lim,  tibbiyot  va  boshqa  shu  singari  turli  sohalarida  qo’llanilishini  ko’rish mumkin. Ushbu 
faoliyat  yo’nalishlarida    mul’timedia  mahsulotlarini  yaratish  uchun  keng    ko’lamdagi    dasturiy  
mahsulotlar  mavjud.  Ularning  ayrimlari mul’timedianing  alohida  komponentlari  bilan  ishlashga  
mo’ljallangan (audio muharrirlar, videomuharrirlar, grafik muharrirlar).   
Ba’zi    dasturiy    materiallar    alohida    komponentlarni    integrasiyalashtirib,  mul’timedia  
majmualarini    hosil    qiladi.    Eng    mukammal    dasturiy    mahsulotlar  юqorida  sanab  o’tilgan 
vazifalarni bir vaqtning o’zida hal etishga yo’naltirilgan. Quyida  mul’timedia  mahsulotlari  ishlab  
chiqishga  mo’ljallangan  dasturiymahsulotlarni qisqacha sharhlab o’tamiz.  
Microsoft PowerPoint 
 Ushbu mahsulot dasturiy ta’minotlar orasida taqdimot yaratishga qaratilgan eng yetakchi mahsulot  
hisoblanadi.  U  Microsoft  Office  paketining  tarkibiga  kiradi.  Har  bir  yangi  versiyasi  yangi 
imkoniyatlarga ega bo’ladi. U taqdimot tayyorlash uchun oldindan ishlab chiqilgan shablonlardan 
iborat.  Dasturiy  mahsulot  audio  va  video  fayllar,  
animasiyalarni  hosil    qilish,  har  xil  diagrammalar  
yaratish,    taqdimotni  himoyalash,  fotoal’bomni 
avtomatik generasiyalash funksiyalariga  ega.   
 
 
 
1-rasm. 
Microsoft 
PowerPoint 
ilovasining 
darchasi. 
 
Adobe  Director  SD  va  DVD  disklarda,  ijtimoiy 
terminallarda, shuningdek,  
Internetda  e’lon  qilinadigan  ilovalar  va  axborotlar  bilan  to’ldirish,  amalga oshirishda  tayyor  
mul’timedia  vositalaridan  bir  necha  bora  foydalanish imkoniyatini  beradi.  Ilova  mul’timedia  
materiallarini    qayta    ishlash    sohasida  amaliy    jihatdan    cheklanmagan    imkoniyatlarni    taqdim  
etadi.  Foydalanuvchining ixtiyorida  materiallarni  har  xil  platformalarda  e’lon  qilish  vositalari, 
shuningdek, DVD-Video  formatlarni  qo’llab-quvvatlash,  ikki  tilda  ssenariylar  
yozish va bularning hammasini Flash paket bilan integrasiyalashgan holda hal etish imkoniyati  bor.     
Mul’timedia formatlarining  ko’p miqdorli  qo’llab-quvvatlanishi  tufayli  Director  ish  jarayonini  
optimallashtirishga    yordam    beradi.    Taqdim    etilayotgan  ishlab    chiqish    muhiti    mul’timedia  
axborotlarini  yaratish  uchun  zarur  barcha vositalarni  ta’minlaydi.  Interfaol  audio  va  video-
fragmentlar,  vektor  va  grafiklar,  har  xil  shriftlar  va  boshqalarning  qo’shilishi  mahsulotdan 
foydalanuvchilarning diqqatini jalb qiluvchi jozibaga ega bo’ladi.     
Foydalanuvchi  uchun  qulay  interfeys Adobe  mahsulotlari  seriyasining  
barchasi    uchun    yagona.    Ishingizning    samarasini    ancha    oshiradi    va  Adobe  Flash  paketidan 
foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.   
Opus Presenter Pro – interfaol taqdimot uchun instrument bo’lib, interfaol  
o’rgatuvchi  materiallar  katalogini  namoyon  etadi. PowerPoint  bilan  raqobatlasha oladigan va 
interfaolligi  jihatidan  ustunlikka  ega  bo’lgan  mahsulot.  MatchWare  Mediator  –  interfaol 


 
261 
taqdimotlarni  yaratish  uchun  professional  instrument.  Uni  asosiy  imkoniyatlarni  oshirish  uchun 
xizmat qiladigan skriptlar qo’llab-quvvatlaydi.  
Multimedia Builder – CD/DVD disklarning, taqdimotlarning, mul’timedia  
ilovalarining, MP3-pleerlarning,  o’yin  va  boshqalarning  avtomatik  ishga tushishini  ta’minlash  
menюsini    yaratish    imkonini    beradi.    U    foydalanuvchiga  Windows-ilovalarni,  grafiklarni, 
animasiyani,  musiqani    mukammal  tuzishga  olib  keladi.  Mazkur  dastur  boshlovchilar  hamda 
mutaxassislar (professionallar)ga ham qo’l keladi.   
Multimedia Builder  foydalanuvchi  uchun  zarur  bo’lgan  katta  bo’lmagan  
mustaqil  yexe-ilovalarni  yaratadi.  Foydalanuvchi  uning  yordamida  murakkab illarni o’rganish 
uchun vaqt sarflamasdan mul’timedia dasturlarini tuza oladi.  
Agar    imkoniyatlaringizni    oshirmoqchi    bo’lsangiz,    buning    uchun    sizga  MMB  kriptlari  tili 
yordam beradi.    
AutoPlay Media Studio  –  taqdimot,  elektron  qo’llanma,  mul’timedia  
ilovalari ko’rinishidagi har xil mul’timedia elektron nashrlarini yaratish uchun mukammal vositadir.   
Paket  o’zida  interfaol  taqdimot,  elektron  vizitkalar, web-brauzerlar,   
mediafayllar,  ovoz  chiqarish  imkonini  beruvchi  tayyor  shablonlardan  tashkil opgan.   
Freelance  Grap’ics    (www.lotus.com/’ome.nsf/welcome/freelance).  Lotus  firmasining    slayd-shou  
yaratish    uchun    ishlab    chiqqan    dasturi.    U    slayddagi  matnlarni,    rasmlarni,    grafiklarni    va  
jadvallarni    shaklga    solish    singari  imkoniyatlar    bilan    ta’minlaydi.  Freelance  Grap’ics    dasturi  
bo’lmagan    holda    ham    aqdimot    namoyishi    komp’юterda    amalga    oshiriladi.  GIF    formatda  
tasvirlar  shaffof  fonda  aks  ettiriladi.  ‘TML  formatidagi  tayyor  taqdimot  maxsus  ustalar  rdamida  
sahifani  samarali  tezlikda  юklashni  ta’minlagan  holda  amalga  
oshiriladi.  Internetda slayd-shouni taqdim etish brauzeri yoki Freelance Grap’icso ActiveX uchun 
Plug-Inning qo’shimcha komponentlarini talab etadi.   
 
2-rasm. Freelance Grap’ics ilovasining darchasi.  
   
Corel  Presentations  (
www.corel.com/
  Office2000/ 
professional.’tm#CP). Corel  
firmasining    slayd-shou    yaratish    dasturi.    Har    xil  
tipdagi    юqori    sifatli  taqdimotlar    tayyorlashga  
mo’ljallangan.  Grap’ics  Editor    tarkibida    tasvirlarni 
tahrir qilish tizimi mavjud.  
‘arvard 
Grap’ics 
(www.’arvardgrap’ics.com/’tml/’arvard_grap’ics_98.’t
m).   
Taqdimotlar tayyorlashga mo’ljallangan dastur. Unda talab etilgan mavzu va  
zarur    materialni    ajratib    olishga    mo’ljallangan    ko’p    variantli    taqdimot  shablonlari    mavjud.  
Maxsus  usta  avtomatik  tarzda  taqdimotning  uslubi  varasmiylashtirishni  tahrir  qiladi.  Slaydga  
animasiya  va  ovozli  fayllarni biriktirish mumkin.  
Macromedia 
Action!   
(www.macromedia.com/software/).  Taqdimotni  hosil  
qilish   elementlarini   yagona  izchillikda   yoki   ekran  
knopkasi    orqali    chaqirish  mumkin  bo’lgan  alohida 
tasvirlardan tashkil topgan interfaol shoudir.      
 
Macromedia  Action  taqdimotiga  misol.  Astound 
(www.golddisk.com/site/astound6/astound6_page.’tml
). Gold Disk  
firmasi    dasturi    bo’lib,    faqat    taqdimot    yaratish  
vositasi    emas,    mul’timedia  yaratish  uchun 
instrumentlar  hamdir.  Astound  Draw  moduli  chizma 


 
262 
ob’ektlar  bilan  ishlashga,  xususiyatlar  hosil  qilish,  egri  chiziqlar  ustida  ishlashga  mo’ljallangan 
o’ziga  xos  to’plamga  ega. Astound Actorni  har  xil  ishlash  rejimiga  to’g’rilash animasiyadagi  
personajlarni  aniq  chizishga,  har  xil  effektlar  hosil  qilishga, ob’ektlarni  harakatlanishga  imkon  
beradi.    Uning    ovozni    rostlovchi    modullari  ham    mavjud.  Astound  Video    moduli    ikkita  
videokanal  va  har  xil  effektlardan  
foydalanishga mo’ljallangan oltita xususiyat bilan ishlash xarakteriga ega. 
 
4.2. TAQDIMOTLARNI FORMATLASH VA TAHRIRLASH  
Freelance Grap’ics  Edition for Windows   dasturida  taqdimotlarni  
yaratish, tahrir qilish va formatlash.  
Lotus  kompaniyasining Freelance Grap’ics   paketi  versiyasi  ajoyib  
interfeysga  ega  bo’lib,  foydalanish  qulayligi  va  o’ta  moslashuvchanligi  bilan ajralib  turadi.  
Biroq    uning    ayrim    funksiyalari    noqulay  (va    hatto    eskirgan),  shuningdek,  Windows  yoki 
Windows  NTning  imkoniyatlaridan  foydalanilmaydi.    Ta’kidlash    joizki,  Freelance  Grap’icsda  
ko’pgina  yangi  g’oyalar  amalga oshirilgan  bo’lib,  qisqartirilgan  menyu  va  xossalar  ro’yxati  
keltiriladi.  
Taqdimotlarni  o’tkazish  uchun Freelance Grap’ics Smart Master  deb  nomlanuvchi  va o’zida 30  
xil    moliyaviy    hisobotlar    yoki    o’rgatuvchi    dasturlar    kabi,    shuningdek,  sahifalarni  
joylashtiruvchi,  fon  ranglari,  shrift  garniturasi  va  rangini belgilovchi 120  ta  grafik shablonlarni  
mujassamlashtirgan    bezash    uslublaridan  iborat  juda  sodda  tizimni  taklif  etadi.  Freelance 
Grap’icsning    rang    tizimi    ajoyib    bo’lib,    uning    palitrasi    juda  keng,    yaxshi    tashkil    etilgan. 
Ayniqsa,  rasm  chizish  vositalarining  keng  to’plamiga ega  bo’lgan Drawing and Text  ranglar  
palitrasi  tuzilmasi  bilan  ajralib  turadi. Sichqonchaning  o’ng  tugmachasi  yordamida  ekrandagi  
har    qanday    element:    grafika,  chizilgan  ob’ektlar,  matn,  import  qilingan  rastrli  tasvirlar  va 
ko’chirib qo’yilgan  
ob’ektlar bilan samarali ishlash mumkin.   YAratilgan  slaydlarni  tahrir  qilish  murakkab  emas.  
Komponovka  qilish  
funksiyalari    turlicha,    biroq    ko’pgina    imkoniyatlari    to’laqonli    emas.    Masalan,  umumiy 
komponovka  rejimida  faqat  ASCII  formatidagi  matnli  hujjatlarnigina  import  qilish,  Word  Pro 
formatida esa faqat ko’chirish va qo’yish mumkin. Bu  dasturning  eng  yaxshi  funksiyalaridan  biri 
Info  Boxesning    ko’pgina  zakladkalaridan    iborat    oyna    bo’lib,    dasturning    qaysi    joyida  
bo’lishingizdan  qat’i  nazar,  ob’ektlarning  keng  diapazonli  xossalari  –  rang,  garnitura  va  shrift 
o’lchami,    abzas    holatini    oson    sozlash    imkoniyati    mavjud.    Ko’p    yo’nalishdagi  uzluksizlik 
funksiyasi  bu  yerda  ham  o’zini  oqlaydi;  taqdimotlar  bilan  ishlash  uchun  Info  Boxesning  chetki 
chiziqlariga sichqonchaning klavishini bosish shart emas.  
Grafik    formatdagi    fayllarni    qamrab    olish    yetarli    darajada    keng    bo’lib,  tayyor    tasvirlarni  
chaqirib  olish  oddiy  va  tayyor  tasvirlardan  iborat  bo’lgan  bir necha yuzlab fayllar bilan to’lgan 
uncha katta bo’lmagan bloknot shakliga ega.   
Qisqartirilgan    menyuda  Fast  Format    tez    formatlash    komandasi    juda    qulay  bo’lib,    grafik  
ob’ektlarning    atributlarini    o’zlashtirish    va    ularni    boshqa  ob’ektlarga    qo’llash    imkoniyatini  
beradi.  Ma’ruzachi  fikrlarini  yaratish  ham oddiy amalga oshiriladi; ularni repetisiya yoki World 
Wide  Webda  taqdimot  qilish  jarayonida    ko’rsatib    o’tilgan    dasturlarning    xohlagan    birida  
tayyorlash  mumkin.  
O’zgartirishlar    kiritish    ham    juda    oson:    dasturning    o’zi    tanlash    uchun    tayyor 
kompozisiyalarning bir nechtasini taklif etadi.   
Endi  kamchiliklari  haqida:  taqdimot  fayllarini  import  qilishda  
natijalar har xil bo’lishi mumkin.  Freelance Grap’ics dasturi  Freelance Grap’ics, ‘arvard Grap’ics  
va  PowerPointning    avvalgi    versiyalaridan    fayllarni    import  qilish    xususiyatiga    ega. 
PowerPointdan    import    qilish    esa    juda    ajablanarli  –  ob’ektning  dastlabki  rang  tuzilmasi  va  
komponovka elementlari saqlab turiladi.   
  
Parvard Grap’is for Windows 


 
263 
Parvard Grap’ics  dasturining  imkoniyatlaridan  ko’pchiligi,  yordam  berish  
vositalari,  diagrammalar  tuzish  funksiyasi  va  qo’yilmalar  xarakteristikasi ajoyib. Biroq yaxshi 
tahrir  qilish  vositalarining  yo’qligi  va  tayyor  tasvirlarning  yetarli  emasligi  dasturga  yuqori  baho 
berishga to’sqinlik qiladi.  
‘arvard Grap’ics  dasturida  taqdimotlarni 12  xil,  ya’ni  biznes-reja,  
kompaniya  tuzilishi  haqida  oddiy  ma’lumotlarni  o’zida  mujassamlashtirgan  Ыuick  Presentation 
vositasi  yordamida  yaratishni  boshlash  mumkin.  31  grafik  shablonlar  va  slaydlarning    turlariga  
qarab  (masalan,    aylanali    diagrammalar    yoki    jadvallar)  bo’lingan  bir  qancha  komponovka 
variantlarini tanlash mumkin. Xohishingizga ko’ra  
komandalar    menyusi    yordamida    o’zingiz    komponovkalarni    yaratishingiz    mumkin  (masalan, 
jadvallar slaydiga diagramma qo’yish).   
‘arvard Grap’icsning qulay funksiyalaridan biri kontekstga bog’liq Advisor  
opsiyasi bo’lib, ekranda paydo bo’ladigan menyu oddiy ingliz tilida (sahifada matn markerlari  juda  
ko’p,  kabi  xabarlarni  ko’rsatib)  komponovka  va  dizaynerlik usullarini  taklif  etadi.  Bu  opsiya  
ayniqsa    diagrammalarni    tuzish    va    jadvalli  ma’lumotlarni  tahrir  qilishda  juda  foydalidir.   
Sichqonchaning  o’ng  tugmachasini  bosib  chaqiriladigan  qisqartirilgan  menyu juda  samaralidir. 
Attributes  menyusining  bandlari  kontekstli-bog’langan xususiyatga ega bo’lib, ob’ektlarning turli 
xossalariga moslashuvchan bo’ladi.    
OLEning standart funksiyalari OLEni qo’llab-quvvatlovchi va Windowsning  
ro’yxatiga    kiritilgan    har    qanday    ilovalar    yoki  Microsoft  Worddan    jadvallarni  qo’yish 
imkoniyatini beradi. Ko’chirib qo’yilgan va elektron jadvallar bu dasturda grafik  ob’ekt  sifatida  
qaraladi.  Joyida  tahrir  qilish  funksiyasi  talab  
darajasida    bo’lib,    noodatiy    vizual    effektlarni    yaratish    uchun    ajoyib    grafik    va  gradient 
to’ldiruvchilarga ega.   
‘arvard Grap’icsda  diagrammalar  to’plami  cheklangan  bo’lsa-da,  ulardan  
foydalanishning osonligi bu kamchilikni qoplab ketadi. Doiraviy diagrammadan parcha  ko’chirib  
olishda    uning    o’lchamlari    o’zgarmaydi.    Foydalanuvchi    tanlagan  izohlarni    diagramma    bilan  
birga    joylashtirish    ham    oddiy    amalga    oshiriladi,  xuddi    sichqoncha    bilan    diagrammani  
aylantirish,    bitta    slaydda    tuzilmaviy  sxemalarni  yaratish  yoki  turli  diagrammalarni 
kombinasiyalash kabi bo’ladi.   
Logarifmik o’qlar ham qo’llab-quvvatlanadi: ko’p sonli raqamlarni kiritish  
uchun    jadvallardagi    ustunlar    o’lchamlarini    o’zgartirish    mumkin.    Bularning  hammasi 
diagrammalarni yaratishni qulaylashtiradi.   
Dastur  bir  qancha  foydali  tahrir  qilish  vositalariga  ega.  Matnli  yoki  
grafik    ob’ektni    to’ldirish    uchun    rastrli    grafika    fayllaridan    foydalanish  mumkin.    Xuddi  
shunday    to’ldirish    usuli    import    qilingan    jadvallar    va  ma’lumotlar    to’plamiga    nisbatan  
qo’llanganda    zo’r    taassurot    qoldiruvchi    o’zigaxoslikni    namoyon    qiladi.    Garchi  ‘arvard 
Grap’icsda  yaratilgan  jadvallarga  ushbu  
to’ldirish  usulini  qo’llash  mumkin  bo’lmasa-da,  ‘arvard  Grap’ics  jadvalini  grafik  ob’ekt    sifatida  
konvertirlash  va shu  tarzda  to’ldirishni  amalga  oshirish  yetarli bo’ladi. Outline view  ko’rish  
rejimida  tanlangan  slaydga  yangi  diagrammalarni qo’shish  mumkin.  Ushbu  rejimda  haqiqatan  
ham  korxona  tuzilmasi  ichidagi matnlarni ko’rish mumkin.   
Outline view rejimida matn qo’yish mumkin, biroq sichqoncha yordamida tortib  
yurish    va    import  (garchand    bu    faqat  ASCII    formatidagi    matnlar    uchun    tegishli  bo’lsa-da)  
qilish  mumkin  emas.  YAna  bir  g’alati  tomoni  shuki, Promote  va Demotetugmalarini Outline  
instrumentlar  paneliga  chiqarish  uchun  ekrandagi  dialog oynasi knopkalarini tortib olib borishga 
to’g’ri keladi.     
‘arvard Grap’ics  odatda  ko’pgina  amaliy  dasturlarda  uchraydigan  grafik  
formatdagi  fayllarni  qo’llab-quvvatlaydi.  Lekin  tayyor  tasvirlardan  foydalanish  funksiyasi  –  eng 
zaif qismi hisoblanadi.     


 
264 
Agar  siz  tortib  yurish   metodi  bilan  ishlasangiz,  dastur  tasvirni  rastrli grafikaga  yoki rasmga 
aylantirish,  tanlash  imkoniyatini  beradi.  Har  gal  rasmning  dastlabki  fayli  yangilanganda  sizning 
taqdimotingizdagi rasm ham yangilanadi.  
‘arvard Grap’ics  dasturidagi   rasm   chizish  funksiyasi   ajoyib   taassurotlar qoldiradi.   Dastlabki  
rasm  Microsoft    kompaniyasining  Paint    dasturini    eslatuvchi  juda    sodda    ilova    yordamida  
yaratiladi.  Rasm  chizishning  ayrim  funksiyalari, shuningdek, maxsus effektlar so’zsiz foydali deb 
hisoblash  mumkin,  lekin  umuman  olganda  foydalanuvchilar  uchun  ular  qo’shimcha  imkoniyatlar 
yaratmaydi.   
Ikki  o’lchovli  grafikalarni  uch  o’lchovliga  aylantirish  va  ko’plab  maxsus  
effektlarni qo’llash imkoniyatlari mavjud. Dastur bilan ishlash oson bo’lib, bosh  
chizg’ich  (lineyka)da    qaysi    tugmacha    qanday    vazifalarni    bajarishini    tushuntirib  beruvchi 
yorliqlar paydo bo’ladi.    
‘arvard Grap’ics ma’ruzachi belgilar va o’zgartirishlar kiritishi uchun katta  
imkoniyatlarga    ega.    O’zgartirish    kiritishda    siz    rastrli    rasmlar,    qo’lda    chizilgan  grafik  
ob’ektlar,    matnlardan    o’zingiz    tayyorlagan    komponovkalar,    tasvirlarning  chekka  qismlarida 
maxsus effektlardan foydalanishingiz mumkin. Bitta kamchilik  
mavjud  bo’lib,  Print  Preview  funksiyasi  yo’qligi    sababli    siz  kiritgan  o’zgarishlar  qanday 
ko’rinishga    ega  bo’lishini  ko’rish  imkoniyatidan  mahrumsiz.  Ma’ruzachining  o’zgartirishlarini  
kiritish    uchun    barcha    asosiy    funksiyalar,    jumladan,    ekranni,  slaydlardagi  tasvirlarning 
o’zgaruvchan o’lchamlarini oldindan ko’rish va to’g’ridan-to’g’ri tahrir qilish, shuningdek, har bir 
betda matnni formatlash qamrab olingan.  
Agar  sizga  ko’zga  tashlanadigan   yaqqol   taqdimot    yaratish  kerak    bo’lsa,  maxsus  effektlar,  
to’ldiruvchilar,    tayyor    tasvirlar    va    rasmlardan    foydalanishingiz  mumkin.    Logotiplar    va  
sarlavhalarni  o’zgartirish  va  izohlarni  kiritgandek qo’shish mumkin.   
  
PowerPoint for Windows. 
PowerPoint  dasturi  bu  toifadagi  dasturlar  ichida  eng  yaxshisidir.  
Moslashuvchan  interfeysning  mavjudligi,  choklarsiz  ko’chirib  qo’yish  funksiyasi  va  ko’p 
(murakkab)  vazifalarni  bajarish  rejimida  barqaror  ishlash  imkoniyati  bu dasturni  yangi  avlod  
taqdimotli  grafika mahsulotlari orasida lider darajasiga chiqardi.   
PowerPoint  dasturining  birinchi  afzalligi  yaxshi  sozlanuvchi  interfeysidir.  Ekranga    dasturiy  
oynada  yettitagacha  turli  instrumentlar  panelini  chiqarish mumkin.    
PowerPoint xizmat, ijodiy seans va hatto “noxush xabarlar” yo’nalishlarini  
qamrab    oluvchi    ko’p    turdagi    slaydlar    to’plamini    taklif    etadi.    Ushbu    tiplarning  har    biri  
materiallarni  joylashtirishning  muayyan  strategiyasiga  ega  bo’lib, AutoContent har bir slaydni 
taqdimotning  dastlabki  maqsadlari  bilan  bog’lashni  taklif    etadi.  (Masalan,    agar    siz  “noxush  
xabarlar”ni  namoyish  qilayotgan bo’lsangiz, AutoContent  sizning  ikkinchi  slaydingizda “bizning  
holatimiz”  muhokama  qilinishi  va  ma’ruzachi  “bu  qanday  sodir  bo’lgan”ligini  tushuntirishini  
mo’ljallab turadi.)    
PowerPoint dasturida ko’p martalab orqaga qaytish "multiple undo" imkoniyati  
juda  yaxshi  amalga  oshiriladi.  Masalan, 150  ta  o’zgartirishlarni  ketma-ket  yoki birdaniga 149  
ta  o’zgarishga  orqaga  sakrab  amalga  oshirish  mumkin.  Agar  siz jarayonlarga  chuqur  kirishib,  
ikki  va  undan  ortiq  dialog  oynalariga  murojaat etgan  va Cancel  tugmasini  bosgan  bo’lsangiz,  
dastur    sizni    dastlabki    holatga  qaytarib  qo’yadi,  lekin  bajarilgan  ishlarni  umuman  o’chirib 
yubormaydi.  Ma’lumotlar jadvali  o’lchamlarini  o’zgartirish   va  unda   turli  shriftlarni  ishlatish  
mumkin.  Agar    siz  Microsoft  Excelda    ishlash    bo’yicha    katta    tajriba    egasi  bo’lsangiz,    unda 
PowerPointdagi Grap’  ilovasi  ham  xuddi  shunday  diagramma  
turlari va ularni to’g’rilash usullaridan foydalanadi.   
PowerPointda  diagramma  tuzishning  ayrim  modernizasiya  qilingan  
funksiyalari kiritilgan bo’lib, ular boshqa dasturlar bilan mos kelmaydi.   
Organizational СHart  ilovasini  o’rnatish  ham  birmuncha  qiyinlashtirilgan.  


 
265 
Funksiya  umumiy  ko’rinishidan  kishida  yaxshi  taassurot  qoldirmasa-da,  Outline  view  rejimida 
qulay taqdimotlarni yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan yagona dasturdir.   
Har  qanday  hajmdagi  matnni  tortib  ko’chirib  qo’yish  silliq  amalga  
oshiriladi.    Bundan    tashqari,  Word    hujjatlarini    import    qilish    va    odatdagi  shriftlarni  qo’llash 
mumkin.  
   Grafikani    qo’llab-quvvatlash    asosi    ham    mustahkam.  PowerPoint    boshqa    har  qanday 
dasturlardan farqli o’laroq 16 turdagi grafik format fayllarini import qila oladi. U o’zining avvalgi 
versiyalari  bilan  to’liq  mos  tushadi,  sekinroq  bo’lsa-da,  fayllarni  import  qilish  zararsiz  amalga 
oshadi.   
PowerPoint  tayyor (Microsoft  kompaniyasining Clip Art Gallery  to’pamidan  
olingan) tasvirlarni chiqarish bo’yicha eng yaxshi funksiyalarga ega.   
PowerPointning rasm chizish funksiyalari Freelance Grap’ics funksiyalaridek  
emas,  ular  uchta  instrumentlar  panelida  tarqoq  holda  joylashgan  bo’lib,  bir vaqtning  o’zida  
ko’rinmaydi.  Qisqartirilgan  menyu  ko’p  rangli  o’tishlarga, ranglardagi  nozik  farqlar  va  soyali  
ajratishlarga,    teksturali    to’ldirishlar  (granit,  marmar  va  yog’ochning  sirti  kabi)  va  hattoki  har 
qanday  grafik  yoki  matnli  ob’ektni    fonli    to’ldirishga    imkoniyatlar    yaratadi.    Guruhlarga  
biriktirish,  ajratish  va  ko’p  sathli  tuzilmalar  to’liq  qo’llab-quvvatlanadi.  Uch  o’lchovli  effekt 
qo’shish    uchun    uch    o’lchovli    tizimda    ob’ektlarni  “siqib    chiqarish”    usulidan  foydalanish 
mumkin,  lekin  bu  namoyish  tizimning  ishlashini  sekinlashtiradi.    PowerPoint    dasturi  
ma’ruzachining  o’zgartirishlari  va  izohlarini  bevosita kiritish  uchun  qator  imkoniyatlarga  ega. 
Master Views  opsiyasi  to’ldiruvchi belgilarni  ishlatgan  holda  sarlavha,  izoh,  boshqa  grafika  
va    matn    qo’shish  imkoniyatiga  ega.    Matnlarni    tahrir    qilish    uchun  Microsoftning    boshqa  
ilovalarida  qo’llaniladigan  instrumentlar  yacheykasi  va  tugmalar  ishlatiladi,  bu  esa  PowerPoint 
bilan  ishlashni  osonlashtiradi.  Xohishingizga  ko’ra PowerPoint  ekranining  har qanday elementi, 
sarlavhalari va matn markerlari, shuningdek, fon zalivkasi  uchun rang tanlashingiz mumkin. Slide 
Master maxsus funksiyasi siz yaratgan slayd-shouga kompaniya  logotipi,  sana  va  boshqa  turdagi  
ma’lumotlarni  qo’shishni yengillashtiradi. Har  qanday  tahrir  qilingan  shablonni PowerPointning  
yangi    shabloni  sifatida  saqlash  mumkin.      PowerPoint  bundan    tashqari    toza  shablonlar    yoki 
mavjud  bo’lgan    slaydlardan  yangi  shablonlar    yaratish    va    ularni  shablonlar    kutubxonasida  
saqlash    bo’yicha    kengimkoniyatlarga    ega.    Afsuski,  PowerPointda    foydalanuvchi    tomonidan  
yaratilgan  slaydlar  komponovkasini  saqlash  mumkin  emas,  lekin  bunda  anchagina  slaydlarning 
asosiy komponovkalarini saqlash ta’minlanadi.  Parvard Grap’ics, xuddi PowerPoint kabi, slaydga 
Excel  formatidagi  elektron  jadval    joylashtirilishni  “tushunadi”.  ‘arvard  Grap’ics    instrumentlar  
paneli dastlabki  amaliy  dasturning  tashqi  ko’rinishini  qabul  qiladi  va  uning imkoniyatlariga 
ega bo’ladi.  
    
Freelance Grap’ics Edition for Windows 
Freelance Grap’icsning  eng  foydali  funksiyasi –  taqdimotlarni ‘ypertext  
Markup  Language  (‘TML)    hujjatlari    sifatida    saqlash    va  WWW.    serveriga  joylashtirish 
imkoniyatidir.  Nescape  Communications  korporasiyasining  Navigator    dasturidan    foydalanib,  
slayd-shouni  ko’rishda  taqdimotlar  sifati  va  u  bilan ishlash  hayron  qolarli  darajada  oson.  Siz  
hattoki  taqdimotingizni ‘TML  
hujjatiga  kiritib, Lotus  kompaniyasining Mobile Screen SHow  ilovasini Web. ko’rish dasturingiz 
uchun yordamchi sifatida belgilab qo’yishingiz mumkin. 
 
4.3. SLAYD-SHOU,  MUL’TIMEDIA VA BOSHQA IMKONIYATLAR  
 Freelance  Grap’ics  Edition  for  Windows      Freelance  Grap’ics  dasturining    taqdimot    qilish    va  
maxsus    funksiyalaridan  eng  muhimi  –  taqdimot  jarayonini  repetisiya  qilish  imkoniyati.  Dastur 
repetisiya davomida taqdimotga sarflangan vaqtni hisoblab boradi va taqdimot yakunida har  
bir  slayd  uchun  qancha  vaqt  sarflanganligini  ko’rsatadi.  Dastur  
ko’pfunksiyaliligiga qaramasdan ishlatish uchun qulay va sodda.            


 
266 
Slayddan    slaydga    o’tishda  “o’tish”  (perexod)ning  27    turidan  foydalanish    va  ularga    kerakli  
ovozli    effektlarni    qo’shish  mumkin.    Zaruriy    amallar    bajarilib,  ishlar    tugatilganida  Escape  
tugmasi  bosiladi  va  shou  materialini  yaratish yakunlanadi.        
Dasturning  mul’timedia  funksiyalari  imkoniyatlaridan  slaydlarga  video-kliplarni  qo’shish,  uni  
sichqoncha  yordamida  ishga  tushirish,  vidoe-kliplarning ketma-ketligini belgilashda foydalanish 
mumkin.  Lekin  ushbu  effektlarni  video-ob’ektlarga  nisbatan  qo’llash  yaxshi  samara  bermaydi  va 
videofragmentlar  aksariyat  hollarda  fon  ranglari  yoyilgan  holda  namoyish  etiladi.      Freelance 
Grap’ics  o’zining    animasiya    funksiyasiga    ega    emas,    shu    sababli  animasiyalarni  boshqa 
dasturlarda  tayyorlash  va  ushbu  dasturga  import  qilish  talab  etiladi.    SHunga    qaramasdan,  
komponovkalash  effektlaridan  foydalanish  juda qulay. Properties sxemasidan foydalanib, tanlab 
olingan  markerli  ob’ektlar  uchun  komponovkalash    effektlaridan    zarurini    tanlash  va  ularni  bitta 
ob’ekt uchun  yoki birvarakayiga barcha ob’ektlar uchun qo’llash mumkin.     
  
Parvard Grap’ics for Windows 
Parvard Grap’ics dasturida Windowsning asosiy mul’timedia imkoniyatlari  
ishlatiladi va dasturning  uskunaviy vositalari shunga moslashtirilib,  sozlangan.   Slayd-shou ishga 
tushirilganda barcha asosiy opsiyalar bitta dialog oynasida namoyon bo’ladi. Play Preview oldindan 
ko’rish funsiyasi orqali tayyorlangan slayd-shouni  boshidan  oxirigacha  qadamba-qadam  ko’rib  
chiqish  va  slaydlarga   o’tish effektlari va boshqa jarayonlarni  kuzatish  mumkin.       Repetisiya 
qilish  funksiyasi  minimallashtirilgan.  Masalan,  slayd-shou  uchun  vaqt    oralig’ini    belgilash  
imkoniyati  mavjud  emas,  lekin Navigation  panelidagi Next Slide i Previous Slide kabi bir necha 
asosiy funksiyalar yordamida slaydlarni namoyish etish mumkin.    
Slayd-shouni namoyish etish uchun ‘arvard Grap’ics dasturining pyper SHow  
funksiyasi  imkoniyatlari  boshqa  dastur  imkoniyatlaridan  birmuncha  keng.  
Tarmoqlanish    nuqtasi    sifatida    joriy    faylning    xohlagan    ixtiyoriy    slaydi  tanlanishi    mumkin.  
SHuningdek,  dastur  yordamida  muayyan  bir  amalni  ishga tushirish  mumkin,  masalan,  maxsus  
ovozni  namoyish  etish,  ovozli  effektlarni namoyish  etishni  to’xtatish  yoki  slaydga  ma’lum  bir  
ob’ektni  qo’shish  uchun OLE funksiyasini ishga tushirish.   
Slaydga  ob’ektni  qo’shish jarayonida,  ayniqsa,  komp’yuter  qattiq  diskidagi papkadan  video-  
yoki    boshqa    kliplarni    qo’shish    paytida  Windowsning    dialoglar  oynasi    bilan    ishlashda  
birmuncha  noqulayliklar  yuzaga  keladi.  Dialoglar  oynasiyordamida ob’ektni tanlash jarayonida 
faqat  zurur  bo’lgan  ob’ektnigina  emas,  balki  avtomatik    ravishda    diskdagi    barcha    ob’ektlar  
qidiriladi (Insert Objecs  dagi All Files opsiyasi) va ekranda ularning ro’yxati chiqariladi.      
‘arvard Grap’ics  dasturining  mul’timedia  funksiyalari foydalanuvchilarning  asosiy  extiyojlariga  
javob    beradi.    YAngi    ob’ektlarni  yaratish    yoki    mavjudlarini    yuklash    uchun  Object  Insertion  
standart  komandalaridan foydalaniladi. ‘arvard Grap’ics  dasturi,  kiritilgan  mul’timedia  ob’ektiga 
Object Packager  utilitasi  vositasida  qo’shimcha  qat (sloy)  qo’shadi,  bunda  zaruriy sozlovlar  
belgilanmasa    slayd-shoudagi    mul’timediali    elementlarni    samarali  namoyish  etish  imkoniyatlari 
pasayadi.   
  
PowerPoint for Windows 
PowerPoint (RR)  dasturida  taqdimotlarni  repetisiya  qilish  imkoniyatlari  
va    ularni    namoyish    etish  funksiyalari    zaruriy    talablarga  javob    beradi.  Maxsus  taymer  slayd-
shoudagi  barcha  amallarga  sarflanadigan  vaqtning  tez  belgilanishini  va    yozilishini    ta’minlaydi.  
Ekranga    chaqirilgan    muayyan    jadvaldan    foydalanib,  taqdimotga  sarflanadigan  vaqtni 
soniyasigacha  aniq  belgilash  mumkin.    Taqdimotlarning    tarmoqlanishi    yaxshi    tashkil    etilgan.  
Muhim funsiyalaridan  biri  taqdimot  davrida  ixtiyoriy  slaydlarga  o’tish funksiyasidir. Bundan  
tashqari,  joriy  taqdimotga  kiritilgan  ob’ekt  sifatida  boshqa  bir taqdimot faylini ham qo’shish 
imkoniyati  mavjud.  Sichqoncha  tugmasining  ketma-ket  chertilishi  (bosilishi)    ikkinchi    taqdimot  
faylini  ekranga  chiqaradi.  Ikkinchi  
taqdimot materiali tugagach, dastur sizni avvalgi slaydga qaytaradi.      
Kiritilgan  ikkinchi  taqdimot  fayli  o’zining  barcha  parametrlari,  


 
267 
xususiyatlari  va  mazmunini  saqlab  qoladi.  Ta’lim  oluvchilarning  qiziqishiga qarab taqdimotni 
davom ettirishning bir necha yo’llarini belgilash mumkin.       
Meeting Minder  maxsus  opsiyasi  ko’rinmas  auditoriya,  elektron  daftarcha  
sifatida xizmat qiladi va taqdimot davomidagi kuzatuv natijalarini, taklif va e’tirozlarni yozib borish 
imkoniyatini beradi.     
Pack and Go Wizard  opsiyasi  katta  hajmdagi  taqdimotlarni  egiluvchan  
disklarga  yoki  ulanuvchi  o’qish/yozish  qurilmalariga (Zip)  ko’chirish  imkoniyatini beradi.   
PowerPoint  dasturida  taqdimotga  ovozli  va  video-kliplar  boshqa  dasturlarga  qaraganda    qulay  
kiritiladi    va    namoyish    etiladi.    Dasturda    mul’timediali  ob’ektlarni    tanlash    uchun  
sichqonchaning    o’ng    tugmasidan    foydalaniladi,    bunda  namoyish    etish    opsiyasini    o’rnatish  
uchun Animation Settings  menyusining komandalariga yo’l ochiladi.   
Taqdimotdagi  mul’timedia  materiallarini  namoyish  etish  uchun  ro’yxat  
tuzish  va  ketma-ketligini  belgilash  mumkin,  ulardan  foydalanishning  barcha jihatlari  oson  va  
qulay.    Ikkita    dialog    oynasi    bilan    ishlayotgan    taqdirda    ham  asosiy    funksiyalarga    murojaat  
etish  uchun  bitta  usuldan  foydalansa  bo’ladi.  
PowerPoint    dasturi    videomateriallarni    namoyish    etishda  fon    ranglarining    aniq  va  tiniqligini 
ta’minlaydigan  yagona  dastur  hisoblanadi.            SHuningdek,  PowerPoint    dasturi,    boshqa  
dasturlardan  farqli  ravishda,  
videoob’ektlarga  namoyish  davrida  suzib (uchib)  yuruvchi  videotasvir  kabi effektlarni  qo’llash  
imkoniyatini    yaratadi.    Bundan    tashqari,    slayddan    slaydgao’tishning  46    xil    effektidan  
foydalansa    bo’ladi,    bunda  Slide  Sorter    rejimidagi  Transition  uskunalar  panelidan  foydalanish 
samara beradi.  Animation Settings  funksiyasi PowerPoint  imkoniyatlarini  yanada  
kengaytiradi.    Ikkita    dialog    oynasi    orqali    u    tasvirli    hamda    mul’timediali  ob’ektlarni,  
animasiyaning  ko’pgina  funksiyalarini  birlashtiradi  va taqdimotning xohlagan joyida ishlatilishi 
mumkin.    
Dasturda,  shuningdek,  ob’ektlarga  aylanish  effektini  qo’llash,  xar  xil  
ranglar  sxemasidan  foydalanish  funksiyalari  mavjud  bo’lib,  ularni  sichqoncha  yoki  dialog  oynasi 
orqali belgilash mumin.    
PowerPoint taqdimot dasturlari ichida eng yaxshi dastur hisoblanadi. Dastur  
interfeysi  oddiy  bo’lishiga  qaramasdan, Windowsga  xos  muhim  spesifik  
funksiyalarning mavjudligi va foydalanish uchun qulayligi uning mavqeini yanada ko’taradi.     
4.4.  GRAFIK  KO’RINISHDAGI MUL’TIMEDIA  ILOVALARINI TAYYoRLASH  
  Mul’timedia  ilovalarini  yaratish  uchun  ko’plab  dasturiy  vositalar  
mavjud.  Afsuski,  ularning    barchasini    sanab    chiqishning  iloji  yo’q,  shuning  uchun  ba’zi  keng 
tarqalgan dasturlargagina to’xtalib o’tamiz.  
Ularni bir nechta toifalarga bo’lish mumkin:  
• Tasvirlarni yaratish va ishlov berish vositalari;  
• Animasiyalar, 2D, 3D grafikalarni yaratish va ishlov berish vositalari;  
• Video  tasvirlar (videomontaj, 3D-titrlar)ni  yaratish  va  ishlov  berish  
vositalari;  
• Tovush yaratish va ishlov berish vositalari;  
• Taqdimotlar yaratish vositalari.  
       
Grafika va fototasvirlar 
 Kompyuterda  tasvir  ko’rsatish  usullaridan  biri  –  rastrli  grafika (bitmap)dir. Bu holatda tasvir 
(pixels)  elementlarga  bo’linadi,  eniga  X  piksel’  va  bo’yiga  Y  piksel’  rasmning  o’lchamlarini 
belgilaydi.   
Muhim  xususiyatlaridan  yana  biri  rastrli  grafikaning  ranglar  aniqligi  bo’lib, bit raqamlari bilan 
belgilanadi va har bir piksel’ rangini kodlashtirish uchun ishlatiladi.   
Demak,    bitli  yuzaning    kattaligi    uni    saqlash    uchun    diskda  shuncha    katta  joy  kerak  bo’lishini 
bildiradi.   
Grafik fayllarda ranglarni tasvirlashning quyidagi variantlari mavjud:  


 
268 
•  256 rangli fayl har bir piksel’ 8 bitdan va palitra deb nomlanuvchi mos  
ranglar jadvalidan iborat bo’ladi.     
•  16 bitli rangli faylda palitradan foydalanilmaydi, har bir pikselning  
qizil, yashil va ko’k rangli komponentlarini saqlash uchun 16 bit ajratiladi.   
•  Ikkita varianti bor: RGB555 (32768 ta rang), RGB565 (65536 ta rang).     
•  24 bitli rangli fayl har bir pikselining rangli  komponentlari uchun 8  
bit  ajratiladi.  Mavjud 16,7  mln.  xil  rang  birikmalaridan  foydalaniladi.  
SHuning  uchun  ularning  orasidagi  juda  kichik  farqni  ko’z  bilan  zo’rg’a  ilg’ash mumkin.   
•  32 bitli rangli fayl har bir pikselining rangli  komponentlari uchun 8  
bit    va    har    bir    pikselning    al’fa-kanali    uchun  8    bit    ajratiladi.    Al’fa-kanal  tasvirda  har  bir 
pikselning tiniqligi darajasini belgilaydi.   
•  Oq-qora  och  rangli  tasvirlar  256  kulrang  rang  bilan 8  bitli  faylga  
yozilishi mumkin.   
Grafik  redaktorlari  mavjud (asosan  skaner  qilingan)  tasvirlar  ustida  
nozik  hamda  murakkab  ishlarni  bajarishga  mo’ljallangan  va  tasvirning  har qanday jihatlarini  
tuzatish  imkonini  beruvchi  instrumentlar  to’plamiga  ega  bo’ladi.  
  
Adobe P’otoshop  
Adobe  P’otoshop  foto    suratlarga    ishlov    berish    bo’yicha    professional    paket  hisoblanadi.  
Qatlamlar  bo’yicha  ishlash  va  vektorli  grafika  dasturlaridan 
ob’ektlarni    eksport    qilish    imkoniyatiga    ega.    Ranglarni    korreksiyalash,    retush’  qilish,    turli  
rangdagi  effektlarni  yaratish  uchun  to’liq  instrumentlar  to’plami mavjud.   
40  dan  ortiq  fil’trlar  turli  maxsus  effektlar  yaratishga  imkon  beradi. Turli ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan ko’pgina ulanadigan modullar yaratilgan.    
     
Corel P’otoPaint  
Corel  P’otoPaint  grafik  tahrirlash  dasturi   tasvirlarni   yaratish  va  tahrir qilish   uchun  barcha  
zaruriy    narsalarga    ega    bo’lgani    bilan  Adobe  P’otoshop  dasturidan  fayllar  bilan  ishlashdagi 
tezkorlik  bo’yicha  ortda  qoladi.  Tasvirlarni  Internetda    ko’rsatish    imkoniyatiga    ega.  
Animasiyalangan    tasvirlar    va  ЫuickTime  formatidagi  slayd-shou  bilan  ishlash  uchun 
instrumentlar ko’zda tutilgan.   
  
P’otoDraw  
P’otoDraw Office 2000 tarkibiga kiradi va vektorli hamda rastrli grafika  
to’plamlari    imkoniyatlarini    birlashtiradi.    U    chizilgan    shakllarning    katta  to’plami  va  ularni 
bezash uchun ko’plab  turli chiziqlar, rang-barang badiiy bo’yoqli cho’tkalar  yoki  foto  tasvirlarni  
o’z    ichiga    olgan.    SHablonlardan    foydalanishda  maxsus    master    sizni    zarur    turdagi  
illyustrasiyalarni  yaratishning  barcha qadamlaridan olib o’tadi.  
P’otoDraw    deyarli    barcha    ilovalar    formatidagi    illyustrasiyalarni    saqlash  imkoniyatiga  ega. 
Dastur  alohida  ob’ektlarga  va  tasvirlarga  qo’llash  mumkin  bo’lgan  katta  miqdordagi    turli  
effektlarni  o’z  ichiga    qamrab  olgan,  xususan,    soya    qo’shish,  shaffoflik    berish,    ob’ektlarning  
chegaralarini  xiralashtirish  yoki  kuchaytirish, ularga  uch  o’lchovli  ko’rinish  berish,  perspektiv  
o’zgartirishlar  kabi  effektlar,  
shuningdek,    tasvirga    peroda    chizilgan,    xomaki    loyiha,    rassomchilik    asari    kabi  ko’rinish  
beruvchi  maxsus  effektlarni  tanlash  mumkin. P’otoshop  uchun mo’ljallangan plug-in fil’trlarini 
qo’llash ko’zda tutilgan.   
  
P’otoImpact  
P’otoImpact  grafik  paketi Ulead Systems  firmasi  tomonidan  ishlab  
chiqilgan    bo’lib,    tasvirlarni    yaratish    va    tahrir    qilish    uchungina  mo’ljallanmagan.  U,  
shuningdek,   fotografiyalarning  ma’lumotlar  bazasini  yaratish  va  boshqarish,  


 
269 
tasvirlar    fayllarini    oldindan    ko’rib    chiqish,    mul’timediali    slayd-shoular  yaratish,    ekrandan  
tasvirlarni  zaxvat  qilish,  fayllarni  o’zgartirish  uchun vositalarni ham taklif etadi.  
Pick-and-apply  texnologiyasi Easy Palette  menyusida  jamlangan  stillar,  
effektlar,  gradient  va  teksturalar  to’plamidan  kengaytirmalarni  qo’llashga imkoniyat yaratadi va 
o’zgarishlarning natijasini darhol ko’rish mumkin.     
   
Paint SHop Pro  
Paint  SHop  Pro  grafik  tahrirlash  dasturi  tasvirlarni  chizish  va  retush’  
qilish  uchun  tanlab  olish  imkoniyati  keng  bo’lgan  cho’tkalar,  ishlov  berish  uchun 25 dan  
ortiq  standart  fil’trlar,  standart  effektlarning  asosiy  to’plami  va P’otoshop  paketiga  ulanadigan  
fil’trlarni  havola  qiladi.  Qatlamli  tasvirlar bilan  ishlash  va  ko’p  sathli  bekor  qilish  amalini  
qo’llab-quvvatlaydi.   Uning tarkibiga  shaxsiy  mul’timediali  ilovalarda  yoki  Internetda  ishlatish  
mumkinbo’lgan  animasiyali  GIF-fayllarni  yaratish  uchun  Animation  SHop  servis  dasturi  ham 
kiritilgan.   
  
Picture Man   
Picture Man  grafik  paketi (to’plami)  Rossiyaning STOIK Software  firmasi  
tomonidan  ishlab   chiqilgan. U    grafik fayllarni   ishlab   chiqish  va  tahrir  qilish,  raqamli  video  
tasvirlarni  montaj  qilish  va  ishlov  berish  imkoniyatini  yaratadi,  hattoki    o’rnatilgan    morfing  (bir  
video    effektdan    boshqasiga    ravon    o’tish)  moduliga  ham  ega.  Ushbu  to’plam  tasvirlar  bilan 
ishlash  uchun  70  dan  ortiq  yuqori  sifatli  fil’trlar,  rang  to’g’rilash,  fil’trasiya  va  retush’  qilish 
instrumentlariga  
ega.  Ushbu  to’plamdagi  barcha  fil’trlarni  nafaqat  bitta  tasvirga  qo’llash,  balki ularning ketma-
ketligi uchun ham ishlatish mumkin.   
  
Painter  
Painter Metacreations  firmasining  rastrli  rangtasvir  tahrirlash  dasturi  
hisoblanadi.  Painter rasm  chizish  va ranglar bilan ishlash  vositalarining  yetarlicha keng  spektriga  
ega.  Xususan,  u  har  xil  bo’yash  cho’tkalari (qalam,  ruchka,  ko’mir, aerograf –  siqilgan  havo  
orqali  suyultirilgan  rangni  sepish  uskunasi)ni modellashtiradi,  rasmni  akvarel’  va moybo’yoqda  
ishlaganga    o’xshatadi,  shuningdek,  tabiiy    muhit    effektlarini    chiqarishga    imkoniyat    yaratadi.  
SHunday    rasm    chizish  dasturlari    mavjudki,    rassomlarning    an’anaviy    asbob-uskunalarini 
modellashtiradi.    Bu    dasturlarning    asosiy    xususiyati    rasmlarni    kiritish    uchun  grafik  
planshetlarni  qo’llab-quvvatlashidir.  Odatda  bu  vositalar  malakali  
rassomlar    yoki    rassomlik    qobiliyati    rivojlangan    foydalanuvchilar    tomonidan  qo’llaniladi. 
Painter  Classic    cho’tka    bilan    rasm    chizish    uchun    eng    yaxshi    dasturlardan  biri  hisoblanadi. 
Fauve Matisse ham shunga o’xshash xususiyatlarga ega.   
  
2D-grafika va animasiya  
Vektorli  grafika  dasturlarida  geometrik shakllar  sifatida  saqlanadigan ob’ekt  va  tasvirlar  bir-
biriga  bog’liq  bo’lmagan  holda  mavjud  bo’ladi.  Bu  esa ob’ektning  qatlamlari,  joylashuvi  va  
istalgan    atributlarini    o’zgartirish  imkonini    beradi.    Zamonaviy    vektorli    grafika    dasturlarida  
rastrli  tasvirlar bilan  ishlash  instrumentlari  ham  mavjud.  Ikki  o’lchovli  animasiyada  kadrli  
animasiyaning    an’anaviy    usulidan    foydalaniladi.    Ayrim    hollardagina    tvining  (tweening)  –  
oraliq    kadrlarni    avtomatik    generasiyalash    qo’llaniladi.  SHuningdek,  morfing,    tasvirlarni  
deformasiyalash,  turli  optik  effektlar  va  ranglarning siklik o’zgarishlari qo’llaniladi.  
  
CorelDRAW  
CorelDRAW  grafik  tahrirlash  dasturi  bo’lib,  tayyor  tasvirlarning  ulkan kutubxonasiga  va  keng  
imkoniyatlarga    ega,    vektorli    tasvir    yasash    bo’yicha    klassik  dasturga  aylangan.  Bu  to’plam 
nafaqat  rasm  chizish,  balki  grafiklarni  tayyorlash  va  rastrli    tasvirlarni    tahrir    qilish    uchun    ham  
mo’ljallangan.    U    fayllarni  boshqarish    va    komp’yuter    displeyida    slayd-fil’mlar    ko’rsatish  


 
270 
vositalariga  ega bo’lib,  qo’lda  chizish  va  tasvir  qatlamlari  bilan  ishlash  imkonini  beradi,  uch 
o’lchovli maxsus effektlarni qo’llab-quvvatlaydi. Matnlar bilan ishlash uchun keng  
imkoniyatlar mavjud.    
 
CorelXARA  
CorelXARA  dasturi  vektorli  tasvirlarni  yaratish  imkonini  beradi.  
Gradient    xususiyatli    shaffoflashtiruvchi    effektlarga    ega.    Dastur    asosiy  operasiyalarni    rastrli  
tasvirlar    bilan    amalga    oshiradi:    rang    quyuqligi,  yorqinligi,    kontrastligi,    keskinligini  
o’zgartirish,  surkalgan  tasvirlar fil’trlari  va  boshqa  maxsus  effektlarni  qo’llash.  Ulkan  ichki  
kengaytirish  xususiyati  (72  ming  nuqta/dyuym)  ob’ektlarni  2500  marta  kattalashtirish  imkonini 
beradi. JPG, GIF va animasiyali GIF formatidagi fayllarni ko’rish mumkin. Adobe P’otoshop uchun 
plug-in bilan mos tushadi.   
  
Macromedia Free’and  
Macromedia  Free’and  professional  grafik  tahrirlash  dasturi  bo’lib,  grafik  ob’ektlarni    yaratishdan  
tashqari  matnlar  ustida  ishlash,  jadvallarga  ishlov berish,  to’g’ri  yozishni  tekshirish  va  matnni  
sahifaga    joylashtirish    usullaridan  foydalanish  imkoniyatlariga  ham  ega.  O’rnatiladigan  
modullardan  foydalanish  imkoniyati  mavjud.  Maxsus  
effektlar  va  rang  bilan  ishlash  uchun  instrumentlar  to’plami,  ko’p  rangli gradientli bo’yash 
vositalariga ega.   
  
Adobe Illustrator  
Adobe firmasining Illustrator vektorli paketi illyustrasiyalarni yaratish va  
sahifaning    umumiy    dizaynini    ishlab    chiqish    uchun    mo’ljallangan    bo’lib,    tayyor  tasvirlarni  
yuqori    aniqlikda    chiqarishga    yo’naltirilgan.    Bu    paket    shakl    va    simvollarni    ixtiyoriy  
ko’rinishda    yaratish,    keyin    esa    ularning    o’lchamlarini  o’zgartirish,    aylantirish    va  
deformasiyalash  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari, Illustrator  matn  va  ko’p  sahifali  hujjatlar  
bilan  ishlash  uchun  keng  spektrdagi instrumentlarga ega.  
  
P’oto Grap’ics  
P’oto  Grap’ics    ob’ektga    yo’naltirilgan    yondashuvdan    foydalanadi.    Har    bir  ob’ekt    juftlikda  
bo’lib,    region    va    effektdan    iborat,    dastur    faqat    region  doirasidagina    ta’sir    qiladi.    Turli  
qatlamlarda  joylashgan   ob’ektlar  o’zaro ta’sirlashadi,   ya’ni   yuqoridagi   qatlamda  joylashgan  
ob’ektning    effekti    o’z  regioni    doirasida    pastki    qatlam    ob’ektini    qoplab    qo’yadi.    Ob’ekt  
ko’chirilsa, effekt  u  bilan  birga  ko’chadi.  Dasturning  afzalligi  shundaki,  uning  fayllari hajmi  
kichkina,    unda    nuqtalar    haqidagi    ma’lumotlar    emas,    balki    tasvirlarni  tuzish    qoidalari  
saqlanadi.  SHuning    uchun    rasm,    o’lchami    qanday    bo’lishidan    qat’i  nazar,  istalgan  aniqlikda 
chiqarilishi mumkin.   
                        
3D-grafika va animasiya  
Uch  o’lchovli  animasiyalar  texnologiyasi  bo’yicha  qo’g’irchoq  teatrni  eslatadi: ob’ektlarning  
karkaslarini  yaratish,  material  va  ularning  qoplamalarini aniqlash,  hammasini  yaxlit  sahnaga  
biriktirish,  yoritish  chiroqlari  va  kamerani o’rnatish,  keyin  fil’mda  nechta  kadr  bo’lishi  va  
predmetlarning    harakatini  belgilash  kerak.    Uch  o’lchovli  fazoda  ob’ektlarning  harakati 
traektoriyalar, asosiy kadr  bo’yicha  murakkab  konstruksiyalarning  qismlari  harakatini  bog’lab  
turuvchi formulalar  yordamida  beriladi.  Kerakli  harakat,  yorug’lik  va  materiallar 
berilganidan    so’ng  vizualizasiya  jarayoni  ishga    tushiriladi.  Ma’lum  vaqtdan    so’ng  komp’yuter 
barcha  zarur  kadrlarni  hisoblab  chiqadi  va  tayyor  fil’mni  beradi.  Kamchiligi    shundan    iboratki,  
ob’ektlarning  shakli  va  sirtqi  qismlari haddan  ortiq  silliq,  ularning  harakati  esa  birmuncha 
mexanistik  ko’rinishga  ega bo’ladi.  
Haqqoniy uch o’lchovli tasvirlarni yaratish uchun turli ulullar qo’llaniladi.  


 
271 
“Notekis”  ob’ektlarni,  masalan,  soch  yoki  tutunni  yaratish  uchun  ob’ektni  ko’plab zarralardan  
shakllantirish  texnologiyasi  qo’llaniladi.  Harakatlarni jonlantirish  uchun  invers  kinematikasi  va  
boshqa    texnikalar    kiritiladi,    video  yozuv  va  animasiyali  effektlarni  bir-biriga  yotqizish  uchun 
yangicha uslublar paydo bo’lib, sahnalar va harakatlar haqqoniyroq bo’lishini ta’minlaydi.   
  
3D Studio MAX  
3D Studio MAX Kinetix  firmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan 3D- 
animasiyalari  ichida  eng  mashhurlaridan  biridir.  Dastur  uch  o’lchovli  fil’m  yaratish  jarayonini  
to’liq    ta’minlaydi:    ob’ektlarni    modellashtirish    va    sahnalarni  shakllantirish,    animasiya    va  
vizualizasiya,    video    bilan  ishlash.  Dastur  SGI    ishchi  stansiyalari    uchun    chiqarilgan    juda  
quvvatli    paketlar    bilan    raqobat    qilishga  da’vogarlik    qiladi.    Dasturning    interfeysi    barcha  
modullar    uchun    yagona    bo’lib,  yuqori  darajada  interfaollikka  ega.      3D  Studio  MAX  
animasiyalarni    boshqarishning    kengaytirilgan  imkoniyatlarini    amalga    oshiradi.    Har    bir  
ob’ektning  harakati  tarixini  saqlab qoladi  va  turli  rangli  effektlarni  yaratish  imkonini  beradi. 
3D-akseleratorlarini    qo’llab-quvvatlaydi    va    ochiq    arxitekturaga    ega,    ya’ni    uchinchi  firma 
tomonidan tizimga qo’shimcha ilovalar o’rnatishga imkoniyat yaratadi.    
 
ADABIYOTLAR 
 
1.  Azizxodjaeva  N.N.  Pedagogik  texnologiyalar  i  pedagogik  mahorat  -  T.:  TDPU,  
“Nizomiy”, 2003. 
2. Avliyoqulov N. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari.Toshkent, 2001. 
3.  Bershadskiy  M.E.,  V  kakix  znacheniyax  ispolьzuetsya  ponyatie  «texnologiya»  v 
pedagogicheskoy literature? //SHkolьnыe texnologii- 2002.- № 1. - S.3 - 18. 
4. Bespalьko V.P. Slagaemыe pedagogicheskoy texnologii. M.: Pedagogika, 1989. 
5. Bogolyubov V.I. Evolyutsiya pedagogicheskix texnologiy //SHkolьnыe texnologii - 2004. 
- №  4.-S.12 
6.  Golish  L.V.  Texnologii  obucheniya  na  lektsiyax  i  seminarax.:Uchebnoe  posobie  //Pod 
obщ. red. Akad. S.S. Gulyamova. - T.: TGEU, 2005. 
 7.  Yepisheva  O.B.  Osnovnыe  parametrы  texnologii  obucheniya.  //SHkolьnыe  texnologii  -
2004.- № 4. 
 
8. Yo’ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. T. “O’qituvchi” 2004. 
9.  Klarin  M.V.  Pedagogicheskaya  texnologiya  v  uchebnom  protsesse.  Analiz  zarubejnogo 
opыta.- // M.: Znanie, 1989 / Novoe v jizni, nauke, texnike. Ser. «Pedagogika i psixologiya». № 6. 
10. Kushnir A.M. Metodicheskiy plyuralizm. //SHkolьnыe texnologii.- 2004. №  4. - S.3 - 
11. 
11.Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, 2000. 
12.  Selevko  G.K.  Sovremennыe  obrazovatelьnыe  texnologii.  Uchebnoe  posobie.  M.: 
Narodnoe obrazovanie, 1998. 
 
  13.  Saidaxmedov  N.S.  Pedagogik  amaliyotda  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  qo’llash 
namunalari. T.: RTM, 2000. 
14. O’.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot.  
T.: «Fan», 2005. 
15. Farberman B.L. Peredovыe pedagogicheskie texnologii. T.: FAN, 2000. 
16  avrilov  M.V.  Informatika  informatsionnыe  texnologii:  Uchebnik  dlya  studentov 
vuzov. - M.: Gardariki, 2006. - 655 str. 
17  lifer  V.G.,  Olifer  N.A.  Kompьyuternыe  seti:  Printsipы,  texnologii,  protokolы. 
Uchebnik. 2-e izd. - SPb.: Piter, 2005.  
19  epodavanie v seti Internet: Uchebnoe posobie. Otv. Red. V.I. Soldatkin.-
M.: Vыsshaya shkola, 2003, - 792 str.  
20  aldin K. V., Informatsionnыe sistemы v ekonomike: Uchebnik. – 3-e izd. – 
M.: Izdatelьstvo – torgovaya korporatsiya «Dashkov i K» 2006 – 395 s. 


 
272 
21  21 
www.compress.ru
  

Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish