O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


-§. mIllIy-OZODlIK hARAKATlARINING AhAmIyATI



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/201
Sana05.09.2021
Hajmi6,21 Mb.
#165323
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   201
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

20-§. mIllIy-OZODlIK hARAKATlARINING AhAmIyATI
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidagi  milliy-ozodlik 
ha rakatlari  Turkiston  o‘lkasining  podsho  huku-
mati tomonidan istilochilik yo‘li bilan bosib olin-
ganligini  yana  bir  karra  isbotladi.  Istilo  qilingan 
hududlar imperiyaning tarkibiga mustamlaka sifatida kiritilib, bu yerlar-
da  imperiyaning  siyosiy,  iqtisodiy  va  geopolitik  manfaatlarini  birinchi 
o‘ringa qo‘ydi. O‘lka arzon xomashyo bazasiga, Rossiyada tayyorlangan 
mahsulotlar uchun tayyor bozorga, uning aholisi esa arzon ishchi kuchi-
ga aylandi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasida olib borilgan milliy-
ozodlik harakatlari mahalliy aholining turli ko‘rinishlardagi chiqishlarida 
o‘z aksini topdi. Bularga asosiy sabab soliq va majburiyatlarning og‘irligi, 
mahalliy boshqaruv vakillarining sotqinlarcha podsho ma’murlariga xiz-
mat qilishi, Rossiya o‘lkalaridan ko‘chirib keltirilgan aholiga yangi ekin 
maydonlarining  bo‘lib  berilishi,  narx-navolarning  oshib  ketganligi,  tur-
mush sharoitlarining yomonligi kabi holatlar tufayli ro‘y berdi. Bundan 
tashqari mahalliy aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatishning yo‘qligi, yan-
gi  ishlab  chiqarish  va  texnologiyalarning  faqat  imperiya  manfaatlariga 
xizmat qilishi ham tub joy aholi vakillarining ommaviy ravishdagi noro-
zilik chiqishlarida ishtirok etishi ga olib kelgan edi.
XIX  asrning  o‘rtalaridan  boshlangan  milliy-ozodlik  harakatlari 
o‘lkaning turli hududlarida to‘xtovsiz tarzda davom etdi.
Bu  davrda  bo‘lib  o‘tgan  milliy-ozodlik  harakatlarining  aksariyati 
ma’lum bir hududlarga tegishli bo‘lsa-da, uning aks sadosi butun o‘lka 
bo‘ylab tarqaldi. Har bir qo‘zg‘olon boshqa joylarda ham norozilik chi-
qishlarining ko‘tarilishiga hamda u yerdagi aholini ozodlik uchun mus-
tamlakachilarga qarshi kurash olib borishiga ruhan ta’sir ko‘rsatdi. 
Qo‘zg‘olonlar  bostirilgani  bilan  uning  ishtirokchilari  o‘lkaning  turli 
hu dudlariga qochib borib, o‘z harakatlarini davom ettirdilar. 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  bo‘lgan  milliy-
ozodlik  hara katlarida  o‘lka  xalqlarining  deyarli 
barchasidan  vakillar  ishtirok  etganligi  bilan  aha-
miyatga ega. Shu bilan birga qo‘zg‘olonlarda aholining turli tabaqa va-
killari, ya’ni dehqonlar, hunarmandlar, din ulamolari, qishloq oqsoqolla-
ri, mingboshilar, qozilar va hatto katta mulk egalari, savdogarlar ishtirok 
etganlar.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish