O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/201
Sana05.09.2021
Hajmi6,21 Mb.
#165323
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Boshqaruvning 
mustamlakachi-
lik tartiblari
III B O‘ l I m
ROSSIyA ImPERIyASINING TURKISTONDAGI 
mUSTAmlAKAchIlIK SIyOSATI
13-§. TURKISTON GENERAl-GUBERNATORlIGINING
SIyOSIy-mA’mURIy BOShQARUV TIZImI
Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini 
o‘r natish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilin-
gan joy larni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng av-
valo,  mus tamlakachilar  o‘zla riga  mos  bosh qaruv 
tartiblari ni  ishlab  chiqishi  va  uni  o‘lkada  joriy  qilishi  kerak  edi.  Mus-
tamlakachilik  siyosatining  to‘liq  amalga  oshirilishida  boshqaruv  tartib-
lari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurish-
lari  bilan  birga  turli  ko‘rinishlarda  tashkil  qilinib,  tajriba-sinovlardan 
o‘tkazilgan holda o‘zgartirib borilgan.
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosa-
tining  davom  ettirilishi  natijasida  mustamlakaga  aylantirilgan  hududlar 
kenga  yib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish tartiblari va uning  
qan day  bo‘lishi  kerakligi  masalasi  juda  ko‘p  hamda  uzoq  vaqt  imperi-
ya hukm ron doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilin-
gan. Ush bu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘zlab ish 
ko‘rish,  hech  nimada  ta vakkal  qilmaslik  tamoyiliga  tayangan  holda  ish 
olib  borilgan.  Turkiston  gene ral-gubernatori  S.  M.  Duxovskoy  (1898–
1901):  «Turkiston  o‘lkasi  boshqa  o‘lkalarga  nisbatan  tarixiy  o‘tmishi, 
etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini 
talab qiladi», – degan edi.
Podsho  hukumati  Toshkentni  bosib  olgandan  so‘ng,  1865-yil 
6-avgustda  Alek sandr  II  «Turkiston  viloyatini  idora  qilish  to‘g‘risidagi 
Muvaqqat  Nizom»ni  tasdiqlaydi.  Boshqaruv  harbiy  zobitlar  qo‘liga 
o‘tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi «Harbiy-xalq boshqaruvi» nomi 
bilan  gubernator  qo‘lida  harbiy  va  fuqarolik  ishlari  mujassamlashtirila-
di. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida 
harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi 
ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlana-
digan boshqaruvchilar bo‘ysungan. 
http://eduportal.uz


46
1908–1910-yillarda Turkiston o‘lkasini podsho topshirig‘i bilan taf-
tish  qilgan  senator  K.  Palen  ta’kidlaganidek,  «o‘lkada  eng  kichik  aha-
miyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida» bo‘lgan. 
Mahalliy  aholi  vakillariga  boshqaruvning  eng  quyi  bosqichidagi  lavo-
zimlar berilgan. Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqso-
qollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan.
General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijro-
chi  organ  hisoblangan.  Rossiya  imperiyasidagi  hech  bir  gubernada  bunday 
katta vakolatga ega bo‘lgan boshqaruv organi mavjud bo‘lmagan. Turkiston 
o‘lkasi  ma’muriy-hududiy  jihatdan  viloyatlarga  bo‘linib,  ularni  o‘z  qo‘lida 
fuqarolik  va  harbiy  hokimiyatni  birlashtirgan  harbiy  gubernatorlar  boshqar-
gan. Vilo yatlar uyezdlarga bo‘linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo‘lgan. 
Uyezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uchast-
kalarni uchastka pristavlari boshqargan. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoning 
bosib olingan hududlarida o‘z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkam-
lashni birinchi darajali vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida 
katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan 
mahalliy  aholi  vakillaridan  iborat  quyi  boshqaruv  organlari  va  soliq  tizimi 
saqlab  qolingan.  Quyi  boshqaruvning  saqlab  qolinishiga  asosiy  sabab  ma-
halliy  aholi ning  ichki  hayotiga  dastlabki  davrda  keskin  aralashish  va  aholi-
ning an’anaviy turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni 
keltirib  chiqarishi  mumkin  edi.  Bundan  tashqari  yangi  bosib  olingan  yer-
larda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv 
tizimida  faoliyat  olib  boruvchi  odamlar  bo‘lmagani,  o‘lka  sharoitini  to‘liq 
bilmasliklari  dastlabki  vaqtda  mahalliy  aholi  vakillarining  quyi  boshqaruv-
da ishtirok etishiga yo‘l bergan. Quyi boshqaruv tizimining saqlab qolinishi 
o‘lka ma’muriyatiga imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o‘lkadagi 
sharoitlarni  yaxshi  biladigan  mahalliy  aholi  vakillaridan  o‘zlariga  eng 
ishonchli  bo‘lgan  kishilarni  topish  muam-
mosini ko‘ndalang qo‘yardi. Uni hal qilish-
da imperiya hukumati Turkiston dagi hukm-
ronlikning  dastlabki  vaqtidayoq  ishlab  chi-
qilgan saylov tizimi yordam berdi.
Uyezdlar  volostlarga,  volostlar  o‘t-
roq  aho li  yashaydigan  hududlarda  qish-
loqlarga,  chorvador  aholi  yashaydigan 
hu dudlarda esa ovul larga bo‘lindi. Bosh-
qaruv  tizimi ning  quyi  bosqichida  volost 

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish