134
?
?
XX asr boshida O‘rta Osiyo
Irgiz
To‘rg‘ay
Aralsk
Kopal
Qulja
Suzak
Kazalinsk
Perovsk
(Qizilo‘rda)
Pishkek
Verniy
Avliyoota
Chimkent
Qizilarvat
Astrobod
Kushka
Marv
Qorako‘l
XITO
y
Chitral
KOBUl
Shibirg‘on
Termiz
Ko‘lob
Mozori Sharif
Saraxs
Tajan
Mashhad
Ashxobod
Sherobod
Qorako‘l
BUXORO
XIVA
Hazorasp
Karmana
TOShKENT
Chimboy
Qo‘ng‘irot
SAmARQAND
KASPI
y
DENGIZI
E R O N
A F G ‘ O N I S T O N
OROL
DENGIZI
SIRDARyO VIlOyATI
Turkiston
y
ETTISUV
KASPI
y
OR
TI
VIlOyATI
TOSHKENT.
XIVA.
Rossiya chegarasi.
Buxoro
va Xiva
chegarasi.
Viloyat
chegara-
lari.
Temiryo‘l.
Skobelev
(Farg‘ona)
Atamalar izohi
Manifest (lotincha) – hukumatning muhim voqea munosabati bilan
xalqqa qilgan yozma murojaati, qonun kuchiga teng hujjat.
Konservativ (lotincha) – eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o‘z-
garishlarga qarshi turuvchilar.
Savol va topshiriqlar
1.
Dehqonlar qo‘zg‘olonlari mamlakatning qolgan aholisiga qanday
ta’sir o‘tkazdi?
2.
Yosh xivaliklar va Yosh buxoroliklarning dasturlari o‘rtasidagi farq-
larni sanab bering.
3.
Asfandiyorxonning shaxsiy xislatlari haqida qanday xulosaga keldi-
ngiz?
4.
Xiva xonligi qulashi sabablarini sanab bering.
5.
Xaritaga qarab XX asr boshlaridagi O‘rta Osiyo geosiyosiy holatini
tas virlab bering.
http://eduportal.uz
135
Аn’аnаviy tа’lim
muаssаsаlаri
IX B O‘ l I m
mUSTAmlAKA ShAROITIDA TURKISTONDA
mADANIy hAyOT
38-§. TA’lIm TIZImI. mATBUOT
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshla-
rida Turkiston o‘lkasida uzoq tarixiy davr mobay-
nida shakllanib rivojlangan ta’lim tizimi davom
etdi. XIX asrning o‘rtalaridan boshlangan istilochilik yurishlari natija-
sida mustamlakaga aylangan Turkistonda mahalliy aholining an’anaviy
ta’lim tizimida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. O‘lkaning boshqa sohalari
sin gari ta’lim tizimida ham mustamlakachi hukumatning manfaatlarini
aks ettiruvchi siyosat yurgizildi. Buni, eng avvalo, mahalliy aholini rus-
lashtirish maqsadida tashkil qilingan rus-tuzem maktablarining ochilishi
va ular soni ning jadal sur’atlarda ko‘paytirib borilganligida ko‘rishimiz
mumkin.
Mustamlaka davrigacha Turkistonda an’anaviy ta’lim tizimi islom
dini qoidalari asosida tashkil qilingan bo‘lib, maktab va madrasalarda
diniy ta’lim bilan birga dunyoviy fanlar ham o‘qitilgan. Boshlang‘ich
ta’lim maktablarda 5–6 yil davomida o‘qitilib, arab alifbosi, harflarning
o‘qilishi, talaffuzi o‘rgatilgan. Keyingi bosqichda Qur’on suralari va
oyatlaridan iborat bo‘lgan «Haftiyak» (ya’ni Qur’oni Karimning yetti-
dan biri) kitobi o‘qitilgan. So‘ng «Chor kitob» (to‘rt kitob), undan keyin
So‘fi Olloyorning «Risolai aziza», «Sabot ul-ojizin» kitoblari o‘qitilgan.
Bu kitoblar, asosan, o‘quvchilar tomonidan yod olingan. So‘fi Olloyor
asari she’riy tarzda yozilgan bo‘lib, unda
avliyolar, payg‘ambarlar hayoti haqida-
gi ma’lumotlar aks etgan. O‘quvchilar
nafaqat o‘zbek tilidagi, balki fors shoiri
Hofizning «Xo‘ja Hofiz» devonini ham
o‘rganishgan.
Oliy ta’lim madrasalarda berilib, un da
diniy-huquqiy bilimga ega bo‘lgan mu-
taxassis tayyorlangan. Madrasalarni bi-
tiruvchilaridan islom qoidalari, Qur’oni
Do'stlaringiz bilan baham: