qovun – sovun
ikki – ukki
mart – mard
so‘qmoq – to‘qmoq
savlat – davlat
mashq to‘liq bajarilgach, «ofarin» so‘zi va qarsak ovozi eshitiladi. namo-
yish tugagach, quyidagi savollar beriladi:
qaysi tovushlar so‘zlarning ma’nosini o‘zgartiryapti?
–
– q – s, i – u, t – d, s – t, s – d tovushlari.
– bu so‘zlarni talaffuz qilganimizda ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
– tovush bilan.
Shu so‘zlarni yozganimizda ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
–
– Harf bilan.
mashqdagi so‘zlar ma’nosi ustida ishlash maqsadida ma’nodosh so‘z toptiriladi.
Lug‘at ishi:
mard – jasur, qo‘rqmas, botir
davlat – boylik yoki ma’noga qarab mamlakat
savlat – insonning butun gavda ko‘rinishi uning savlati deyiladi
so‘qmoq – bir kishi yuradigan yolg‘izioyoq yo‘l
to‘qmoq – uchi to‘mtoq tayoq
So‘z ma’nosini o‘zgartirayotgan harfning tagiga chizing.
–
18
Do'stlaringiz bilan baham: |