Himoyaga
ehtiyoj
Bemorning xavfsizligini ta’minlashda kelib
chiqadigan muammolarga nisbatan bog‘liq
holatlarini aniqlang. Bemor va uning ya-
qinlarini tashqi muhit xavfsizlik qoidalariga
o‘rgating. Bemorni hal bo‘lmaydigan muam-
molarga nisbatan bosiqlik bilan qarashni
o‘rgating.
Uy-joy bilan
ta’minlanish
ehtiyoji
Statsionardan chiqayotganda bemorning
uyi borligiga ishonch hosil qiling. Agar ya-
shash uchun turar joyi bo‘lmasa, uni nogi-
ronlar yoki qariyalar uyiga yuboring.
Kiyimga bo‘lgan
ehtiyoj
Bemorni kiyinish va kiyim tanlash bora-
sidagi aqliy va jismoniy darajasini aniqlang.
Bemorga kiyinishiga va yechinishiga yor-
damlashing. Bemorni mustaqil kiyim ki-
yishi va yechinishini rag‘batlantiring.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |