S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari


JAMIYAT SOG‘LIG‘INI SAQLASHDA TIBBIY-IJTIMOIY



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/179
Sana04.09.2021
Hajmi1,88 Mb.
#164258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Bog'liq
Bairova-BEMORLAR BILAN ISHLASH

JAMIYAT SOG‘LIG‘INI SAQLASHDA TIBBIY-IJTIMOIY 
XIZMATLARNING ASOSIY TURLARI 
 
Zamonaviy  sog‘liqni  saqlashni  tashkil  etishga  XIX  asr 
oxirlari  va  XX  asr  boshlarida  asos  solingan.  Mahalliy,  hududiy 
doiralarida  sog‘liqni  saqlash  organlari  tashkil  qilina  boshlagan. 
Rivojlangan  mamlakatlarda  umummilliy  yoki  ixtiyoriy  tibbiy 
sug‘urta  paydo  bo‘lishi  bilan  shifokorlarning  xizmatlari  uchun 
avvallari  sodir  bo‘lmagan  keng  omma  tibbiyot  yordamidan 
bahramand  bo‘la  boshladi.  Jahonning  rivojlangan  mamlakat-
larida  yuqumli  kasalliklar  nazorat  ostiga  olingandan  so‘ng  ular 
o‘rnini  sivilizatsiya  kasalliklari:  yurak  -  qon  tomir  kasalliklar, 
xavfli  o‘smalar,  travmatizm  yetakchi  o‘rinni  egallay  boshladi. 
Tibbiyot  sohasidagi  fundamental  tadqiqotlar  natijasida  XX  asr 
oxirida o‘lim bilan tugaydigan ko‘pgina kasalliklarini tugatishga 
muvaffaq  bo‘lindi.  Shaxsiy  qadriyat  bo‘lmish  salomatlikni 
muhofaza  qilish  ideologiyasi  aholi  o‘rtasida  tarqala  boshladi. 
Zamonaviy  jamoa  sog‘lig‘ini  saqlash  g‘oyat  katta  tajribalarga 
asoslanadi. 
Jahon  tibbiyot  tarixida  aholiga  tibbiy-ijtimoiy  yordam 
ko‘rsatishda  asosiy  o‘rinni  Xalqaro  Qizil  Xoch  (Krest) va Qizil 
Yarim Oy jamiyati egallagan. Bu tashkilot XIX asrda, aniqrog‘i 
1859-yili  fransiyalik  jamoat  arbobi  Anri  Dyunan  tomonidan 
tashkil  etilgan.  Franko  -  Avstriya  urushi  vaqtida  Anri  Dyunan 
Solferino  va  Lombardi  hududlaridagi  qonli  to‘qnashuvlarda 
jabrlanganlarni  dahshatli  qiyinchiliklarini,  jang  maydonlarida 
birinchi  yordam  vaqtida  ko‘rsatilmagani  uchun  halok  bo‘lgan-
larni  murdalarining  qarovsizligini  ko‘rib  qattiq  ta’sirlanadi.        
U  har  bir  mamlakatda  urushdan  jabrlanganlar  va  yaradorlariga 
yordam  beradigan  harbiy  tibbiy  xizmatini  tashkil  qilish  taklifi 
bilan  chiqadi.  Bu  dunyodagi  birinchi  ko‘ngilli  xalqaro  harakat-
ning  tashkil  etilishidagi  birinchi  qadam  hisoblanadi.  Mazkur 
harakat  butun  dunyo  bo‘yicha  tarqalgan  rivojlangan  ko‘ngilli 
mafkurasiga  egadir.  Dunyoning  har  bir  mamlakatida  bu  tash-
kilotning ko‘ngilli (volontyor) lari ishini tashkil etish o‘ziga xos 
xususiyatlariga  ega  bo‘lib,  har  doim  zamon  talabiga  ko‘ra 
yangilanib turadi. O‘zbekistonda Xalqaro Qizil Xoch (Krest) va 
Qizil  Yarim  Oy  jamiyati  1925-yilda  tashkil  etilgan.  Jamiyat 



o‘zining birinchi kunlaridanoq ko‘ngillilar harakati bilan faoliyat 
ko‘rsatib,  aholi  o‘rtasida  shaxsiy  gigiyena  qoidalarini  targ‘ib 
etganlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish tadbir-
larini o‘tkazganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida jamiyatning 4 
mingdan  ortiq  hamshiralari  va  sanitariya  xodimlari  jang  may-
donlarida  yaradorlarga  birinchi  yordam  ko‘rsatganlar,  harbiy 
gospitallarda faoliyat ko‘rsatganlar. Hozirgi kunda Xalqaro Qizil 
Xoch  va  Qizil  Yarim  Oy  jamiyati  aholining  sanitariya  madani-
yatini  oshirishga,  uni  vatan  mudofaasiga tayyorlashga,  mehnat-
kashlarni  mehnat  va  turmush  sharoitlarini  sog‘lomlashtirishga 
xizmat qiladi. Bepul donorlikni targ‘ib qilish va bu ishga aholini 
jalb  etish  shular  jumlasidandir.  O‘zbekistonda  tashkil  etilgan 
tashkilot  faoliyati  xalqimiz  madaniyati,  an’analari  va  unda 
yashovchi  odamlarning  yashash  sharoitiga  bevosita  bog‘liqdir. 
Bunga  ommaviy  tashkil  etiladigan  hasharlar,  navro‘z  va  hayit 
ayyomlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilardan xabar olish, 
kam  ta’minlangan  va  ko‘p  bolali  oila  farzandlariga  sovg‘a  - 
salom ulashish misol bo‘la oladi. 
O‘zbekiston  o‘z  mustaqilligiga  erishgandan  so‘ng  davlati-
mizning mustaqil Qizil Yarim Oy jamiyatini tuzish uchun shart-
sharoitlar  yaratildi.  1992-yil  28-may  kuni  O‘zbekiston  Respub-
likasi  Prezidenti  I.Karimovning 
«Qizil  Yarim  Oy  jamiyati 
to‘g‘risida
»  gi  Farmoni  qabul  qilindi.  1995-yilda  jamiyatni 
Xalqaro  Qizil  Xoch  jamiyati  tan  olib,  Xalqaro  Qizil  Xoch  va 
Qizil Yarim Oy Xalqaro tashkiloti tarkibiga qabul qildi. 
XIX  asrda  Yevropa  mamlakatlarida  tibbiy-ijtimoiy  harakat-
ni,  shuningdek,  hamshiralik  ishini  rivojlanishida  angliyalik 
buyuk inson Florens Naytingel (1820–1910) muhim o‘rin egal-
laydi.  Florens  Naytingel  Florensiyada  aristokratlar  oilasida 
dunyoga  kelib,  o‘z  davri  ayollari  orasida  yuqori  bilim  va  savi-
yaga  ega  bo‘lgan.  U  1851-yilda  Germaniyada  pastor  Flender-
ning  hamshiralar  uyushmasiga  kirib  o‘qib,  tibbiy  xodim  ma’lu-
motiga ega bo‘ldi. Londondagi vabo epidemiyasida qahramonlik 
ko‘rsatdi,  nomi  el  og‘ziga  tushdi.  Qrim  urushi  vaqtida  Harbiy 
Vazirlik  tomonidan  unga  volontyorlar  (ko‘ngillilar)  guruhini 
tuzish  ishonib  topshiriladi  va  Florens  Naytingel  yuragida  o‘ti 
bor  38  ko‘ngilli  ayollar  bilan  Skutariyaga  (Turkiya)  boradi.  Bu 
vaqtda Angliya armiyasi harbiy tibbiy xizmatning yomon tashkil 



etilganligi  sababli  katta  talofatlar  ko‘rar  edi.  Buning  asosiy 
sababi  sanitariya  ishlarining  yomonligi,  tibbiy  yordamni  tashkil 
etishdagi kamchiliklar edi. Florens Naytingel va uning safdosh-
lari  bunga  qarshi  ish  boshlab,  birinchi  galda  sanitariya  sharoit-
larini  yaxshiladilar.  Yuqumli  kasalliklar  bilan  og‘rigan  bemor-
larni  alohida  joylashtirib,  bu  kasalliklarni  boshqa  yaradorlarga 
tarqalishini oldini olish choralarini ko‘rdilar. Florens Naytingel 
va  uning  ko‘ngillilari  sa’y-harakati  tufayli  o‘lim  ko‘rsatkichini 
42%  dan  2%ga  tushdi.  Urushdan  so‘ng  Florens  o‘z  faoliyatini 
davom ettirib, tibbiy xodimlarini tayyorlash va hamshiralik ishi-
ning  ahamiyati  to‘g‘risida  kitoblar,  maqolalar  yozdi.  U  1880-
yilda  Londonda  avliyo  Foma  kasalxonasi  qoshida  hamshiralar 
maktabini  ochdi.  Buyuk  Britaniya  ayollari  orasida  Florens 
Naytingelning obro‘si baland edi. Florens Naytingel 1910-yilda 
90  yoshida  vafot  etdi.  Har  yili  12-may  Florens  Naytingel 
tug‘ilgan kuni uning xotirasi uchun 
«Hamshiralar kuni» sifatida 
nishonlanadi. Hamshiralik ishida qahramonlik ko‘rsatgan tibbiy 
xodimlar  uchun  Florens  Naytingel  nomidagi  mukofot  ta’sis 
etilgan.  Bu  mukofot  asosan  Qizil  Xoch  va  Qizil  Yarim  Oy 
faollariga  beriladi.  Hozirgi  kungacha  1000  ga  yaqin  tibbiy 
xodimlar  ushbu  mukofot  bilan  taqdirlanganlar.  O‘zbekistonlik 
Salima  Kublonova,  Rixsixon  Mo‘minova,  Antonina  Pixteyeva, 
Matluba  Eshonxo‘jayevalar  ushbu  yuksak  mukofotga  sazovor 
bo‘lganlar. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish