Malhamli bog‘lam qo‘yishda qo‘llarini gigiyenik darajada
tozalab, qo‘lqoplarini kiyiladi. Muolaja mohiyatini bemorga
tushuntirib, qulay vaziyat beriladi. Tana haroratigacha isitilgan
dori moddasini bemor terisiga shpatel bilan yengil harakat qilib
chiziq-chiziq qilib surtiladi va steril salfetka qo‘yib bog‘lanadi.
Agar terida ko‘plab qatqaloqlar bo‘lsa, malham ustidan
kompress qog‘ozini qo‘yib, qattiq qilib bog‘lanadi.
Burunga kukun, eritma, emulsiya, malham, bug‘ ko‘rinish-
dagi dorilar mahalliy, rezorbtiv va reflektor ta’sir ko‘rsatish
maqsadida kiritiladi. Burun shilliq qavatida dorilar juda tez
so‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |