Beixtiyor ich kelishi (defekatsiya) – bemorlarda defekatsiya
akti nerv boshqaruvi buzilganda, nerv sistemasi kasilliklarida,
hushdan ketish bilan o‘tadigan xastaliklaridan (infeksiyalarda,
miyaga qon quyilganda va hokazolarda) kuzatiladi. Axlatni tutib
turolmasligi to‘g‘ri ichak sfinkteri sohasidagi mahalliy yallig‘la-
nish va o‘smalar, travmatik kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin.
Beixtiyor ichi keladigan bemorlar alohida xonalarga joylashti-
riladi. Ularga yuqori kaloriyali va oson hazm bo‘ladigan
ovqatlar beriladi. Bunday ovqat organizm ehtiyojlarini qondirib,
axlat shakllanishi uchun juda kam qoldiq beradi. Badanni toza
tutish uchun bemor ostini tez-tez yuvib turish, nam sochiq
bilan artish, ichkiyimlarini vaqtida almashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |