TIBBIY-IJTIMOIY PATRONAJ
Patronaj – fransuzcha (patron – homiy, homiylik) tibbiy
ijtimoiy yordam turi bo‘lib, uyda amalga oshiriladi.
Uydagi patronaj – shaxs va uning oilasiga uyda bevosita va
maishiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy faoliyatdir. Uydagi
patronaj vaqtida ko‘rsatiladigan yordam: tibbiy ijtimoiy xodim
parvarishi, sog‘liq bo‘yicha maslahatlar berish, sanitariya oqar-
tuv ishlari, oila bilan munosibatlarni nazorat qilish, ijtimoiy xiz-
matlarni yuritish, yolg‘iz yashovchi bemorlarga uy yumushlarida
yordam berish, jamiyat bilan munosibatlarni nazorat qilish,
qo‘llab - quvvatlovchi guruh a’zolarini boshqarishdir. Tibbiy –
ijtimoiy patronajni ijtimoiy xodimlar, mahalla tibbiyot hamshi-
ralari, Qizil Yarim Oy jamiyati xodimlari va turli xil jamiyat va
fond a’zolari amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |