Qilinmasdan yasalgan so‘z tilning lug‘at tarkibidan o‘rin ololmaydi. Masalan



Download 149,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.02.2022
Hajmi149,77 Kb.
#163723
  1   2
Bog'liq
So`z yoki termin yasash me’yorlari



O‘zbek tilining o‘ziga xos so‘z yasalishi me’yorlari mavjud. Har qanday 
yasaladigan so‘z shu me’yorlar doirasida bo‘lmog‘i shart. Bu me’yorlarga amal 
qilinmasdan yasalgan so‘z tilning lug‘at tarkibidan o‘rin ololmaydi. Masalan, -
gich (-g‘ich, -qich, -kich) qo‘shimchasi faol yasovchi qo‘shimchalardan bo‘lib, 
tilimizdagi mavjud so‘z yasalish me’yorlariga ko‘ra fe’lga qo‘shiladi va narsa-
qurol, ya’ni fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi qurol otini yasaydi: 
suzgich, mekislagich, chizg‘ich, qirg‘ich, qisqich, ko‘rsatkich kabi. Bu 
qo‘shimcha ot turkumidagi so‘zga mutlaqo qo‘shila olmaydi. Lekin ba’zilar bu 
qoidani buzib, tomirgich so‘zini yasaydilar ("O‘zbekiston adabiyoti va san’ati", 
1990-yil 16-noyabr). Pulsografni tomirgich deb aytish, o‘zbek tilida bunday 
so‘z yasash tilimiz tabiatiga tamoman ziddir. Chunki tomir so‘zi ot turkumiga 
oid bo‘lib, mazkur qo‘shimchaning ma’nosi bilan uyg‘unlasha olmaydi, 
demakki, yangi so‘z yuzaga kelmaydi. Shuning uchun ham bu "so‘z" tilimiz 
lug‘atiga kirmadi. 
Xuddi shuningdek, bir muddat matbuot institut so‘zi o‘rnida oliygohni 
qo‘llab ko‘rdi. Bu so‘zning yasalishi ham o‘zbek tilining so‘z yasalishi 
me’yorlariga zid edi. Mustaqil so‘z sifatida tilimizda goh yo‘q. Buning ustiga, 
fors-tojik tilida ham goh unsuri faqat ot turkumidagi so‘zga qo‘shiladi, ya’ni 
donishgoh (donish — bilim), oromgoh, xobgoh kabi. Oliy so‘zi esa sifat
demak, oliygoh so‘zi o‘zbek tili yasalish qonuniyatlariga ham, tojik tili 
qonuniyatlariga ham begonadir. 
O‘zbek tilining o‘z tabiati, an’analari, umuman, so‘z yasalishi 
me’yorlariga uyg‘un bo‘lmaganligi uchun "gazeta" ma’nosida yasalgan 
kunnoma, "jurnal" ma’nosida yasalgan oynoma, oybitik, "arxiv" ma’nosida 
yasalgan hujjat asrovxona kabi bir qancha sun’iy yasalmalar lug‘atimizdan 
joy ololmadi. Tilning so‘z yasalishi me’yorlari juda ham mustahkam bo‘lib, 
uni subyektiv holatda buzish amri mahol. Bu o‘rinda hech qanday zo‘rlik ish 
bermaydi. 
O‘zbek adabiy tilining so‘z yasalishi me’yorlariga ko‘ra -zor qo‘shimchasi 
o‘simlik, daraxt kabi narsalarni bildiradigan so‘zlarga qo‘shilib, shu narsalar 
ko‘p bo‘ladigan joyni ifodalovchi otlarni yasaydi: lola+zor, olma+zor, 
beda+zor kabi. So‘z ustalari bu me’yordan estetik maqsad bilan chekinib, 
o‘smaydigan narsani bildiradigan so‘zlardan ham qo‘shimcha vositasida 
yangi so‘z yasaydilar. Masalan, ulkan so‘z san’atkori Abdulla Qodiriy 
"O‘tgan kunlar" romanida qorong‘uzor shaklida so‘z yasagan: Uning 
(Otabekning) ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqea bilan qanday o‘ralib, 
yo‘qolib ketgan bo‘lsa, bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarini kecha rangi 


bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ila ko‘mgan edilar, ya’ni bunda o‘sgan 
daraxtlar qanday meva beradir — ajratish qiyin edi. U shu qorong‘uzor 
bilan qo‘shilishib ketgandek va qorong‘ulikning quchog‘iga kira borgandek 
mevazorning ichkarisiga yura bordi. Bu go‘zal va nafis tasvirdagi ko‘ngil 
mevasi, qora voqea, kecha rangi, bundagi daraxtlar, o‘z mevalari
qorong‘ulikning quchog‘i mevazorning ichkarisi kabi birikmalar bilan 
qorong‘uzor so‘zi favqulodda bir uyg‘unlik hosil qilgan va Otabek qalbida 
o‘sgan, o‘sayotgan qorong‘ilikning plastik tasviri jonlangan. Badiiy 
adabiyotda yozuvchi bunday yangi so‘zlarni adabiy kiritish uchun emas
balki aniq badiiy-estetik maqsad bilan yaratadi. Shuning uchun ham bunday 
so‘zlar ayni maqsadga qay darajada xizmat qilganligi nuqtayi nazaridan 
baholanadi.
Ўзбек тилининг ўзига хос сўз ясалиши меъѐрлари мавжуд. Ҳар 
қандай ясаладиган сўз шу меъѐрлар доирасида бўлмоғи шарт. Бу 
меъѐрларга амал қилинмасдан ясалган сўз тилнинг луғат таркибидан ўрин 
ололмайди. Масалан, -гич (-ғич, -қич, -кич) қўшимчаси фаол ясовчи 
қўшимчалардан бўлиб, тилимиздаги мавжуд сўз ясалиш меъѐрларига кўра 
феълга қўшилади ва нарса-қурол, яъни феълдан англашилган ҳаракатни 
бажарувчи қурол отини ясайди: сузгич, meкислагич, чизғич, қирғич, 

Download 149,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish