BMIning tarkibiy tuzilishi: Unda kirish, 3 bob, 7 paragraf, umumiy
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 2 ta rasm, 2 ta jadval,
28 ta sxemalarni o’z ichiga olgan va _ sahifadan iborat.
15
I.BOB. FIZIKA TA`LIMIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING
O’RNI
1.1. Talim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning
psixologik jihatlari
Ilm-fan jadal ravishda taraqqiy etayotgan hozirgi davrda turli fan sohasida
bilimlarning tez yangilanib borishi, ta`lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash
bilan bir qatorda doimiy bilim izlash vazifasini ham qo’ymoqda. Bundan tashqari
zamonaviy kompyuterlarning amaliy dasturlar paketidan foydalanishni o`rganish,
bu esa o`z navbatida dars jarayonida zamonaviy texnikalarni qo`llash va ullarni
afzalliklari haqida keng bilimlarni egallashdan iborat.
Hozirgi kunda kompyuter dasturlarining imkoniyatlari juda keng qamrovli
tarzda rivojlanib, har xil fan sohalari uchun samarali ishlarni amalga oshirish
rivojlanib bormoqda. Jumladan matematik analizda funksiyalarni tekshirish,
hosilalarini hisoblash, differensiallash va integrallash amallarini bajarish kabi
ishlarni zamonaviy matematik paketlar yordamida osongina amalga oshirish
mumkin. Matematikada funksiya grafigiga qarab tahlil qilish ancha samarali natija
beradi. Ixtiyoriy funksiyaning grafigini chizish maxsus paketlarda juda sodda
ravishda bajariladi.
Ana shunday qulayliklarga ega bo’lgan zamonaviy matematik paketlarga
Maple, Mathcad, Delphi va Mathematika dasturlarini misol sifatida aytib
o’tishimiz mumkin. Bu dasturlar imkoniyatlaridan keng foydalanilsa, yuqorida
aytib o’tganimizdek foydalanuvchilarning ish unumi oshiriladi va vaqti tejaladi.
Professional matematik paketlar deganda hozirgi zamon kompyuterlarida
qo’llanilayotgan Mathematica, Maple, Delphi, Derive, Mathcad, ANSYS,
FEMLab, LS-DYNa, CFX, COMSOL, CFD Mathcad kabi tizimlar va qiymatlar
statistik tahlil qilishga mo’ljallangan SPSS, Statistica, Statgraphics, Stadia va
shunga o’xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu paketlar yordamida turli sonli
va analitik (simvolli) matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan tortib
16
to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yeshish optimallash masalalarini hal
qilish statistik gepotezalarni tekshirish hamda matematik modellarni yaratishga
qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin.
Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay
yordamchi axborot tizimiga va hisobotlarni amalga oshirish mumkin.
Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalriga, qulay yordamchi
axborot tizimiga va hisobotlarni rasmiylashtirish vositalariga ega. “Professional
paket” atamasi “o`quv paketi” atamasiga muqobil ravishda tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxasisslar,
professor-o`qituvchilar, balki oliy o`quv yurti talabalari, hattoki, letsiylar, kasb-
hunar kollejlari va maktablar o`quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish
mumkin.
Bizning fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning
ommaviylashuviga asosiy ob`yektiv sabablar quyidagilardir:
- kompyuterlar odatdagi uy elektr jihozlari qatoridan o`rin olib bormoqda;
- kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar
ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanilmoqda;
- hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi hayotida Internet
to`ridan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanmoqda;
- talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o`quv
vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda;
-fundamental
va
amaliy
xarakterdagi
ilmiy
tadqiqotlar
bilan
shug`ullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda va bu
paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda:
-
professional matematik paketlar bo’yicha maxsus adabiyotlar
ko’paymoqda.
Kelajakda ta’lim ilmiy tadqiqot ishlarida professional matematik paketlardan
foydalanishga bo’lgan e’tiborning yanada kuchayishi shubhasizdir. Shu nuqtai-
nazardan olganda ayniqsa, matematika, mexanika, amaliy matematika va
informatika, information texnologiyalar iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa qator
17
mutaxassislik
yo’nalishlari
bo’yicha shug’ullanuvchilarning professional
matematik paketlar bilan ta’minlanish darajasini yo’qoriga ko’tarish dolzarb
muammolardan biridir. Hozirgi vaqtda profissional matematik paketlardan
foydalanishni yo’lga quyishda bir qancha adabiyotlarni tavsiya etish mumkin:
Tavsiya etilayotgan adabiyotlarni rus tilida ekanligini etiborga olsak o’zbek
tilida yozilgan shunday adabiyotlarga ehtiyojning dolzarbligi namoyon bo’ladi.
Hozirgi kunda talabalarga Maple va Mathcaddan foydalanishni o’rgatish
maqsadida maxsus kurslar o’qitilmoqda. Bundan tashqari, kafedradagi asosiy
o’quv predmetlari va maxsus kurslarini o’qitishni tashkl etishda professional
matematik paketlarda unumli foydalanishga harakat qilinmoqda.
Frontal laboratoriya ishlarida hamma o’quvchilar bir xildagi asboblar bilin
bir xildagi topshiriqlarni bajaradi. Frontal uslub materialni laboratoriya ishlari,
kuzatish va tajriba bilan uzviy bog`lashga imkon beradi.
Frontal laboratoriya ishlarining eng yaxshisi didaktik maqsadlarga ko`ra
tasniflash (guruxlash)dir. Bu belgisiga ko`ra ular quyidagicha guruhlarga ajratiladi.
a) fizik hodisalarni kuzatish o`rganish. Masalan, tok va magnitning o`zaro
ta`siri, interferinsiya, moddalarning magnit xossasi kabi hodisalarni kuzatish va
o`rganish.
b) o`lchov asboblari bilan tanishish va fizik kattaliklarni o`lchash.
Masalan: massa, tok kuchi, kuchlanish kabilarni o`lchash.
c) ba`zi bir fezik asboblar va texnik qurilmalarning tuzilishi va ishlash
prinsipi bilan tanishish. Masalan, elektromagnit, o`zgarmas tok generatorini yig`ish
va ishlanishi sinash, electron ossillogrsfni o`rganish.
d) miqdoriy qonuniyatlarni aniqlash yoki tekshirish. Masalan, Boyl-Mariott
qonunini tajribada tekshirish; yorug`likning qaytish qonunlarini o`rganish.
e) modda va hodisalarning fizik xarakteristikalarini, fizik doimiyligini
aniqlash. Masalan, erkin tushish tezlanishini, ishqalanish koeffitsiyentini,
yorug`likning sinish qonunlarni, zichlikni, solishtirma issiqlik sig`imini solishtirma
qarshilikni aniqlash.
Frontal laboratoriya ishini bajarish sxemasi asosan qo’yidagicha:
18
kirish suhbati, o`quvchilar tomonidan tajribani bajarish, olingan natijalarni
ishlab chiqish, ishga yakun yasash.
Kirish suhbati laboratoriya ishlarini ongli ravishda bajarishlarini ta’minlash
maqsadida frontal so’rash orqali tajribaga oid bilimlar o’quvchilarning eslariga
tushiriladi, bundan tashqari o’qituvchi asboblari bilan muomala qilish,
materiallardan foydalanish qoidalari, o’ichash aniqligiga ahamiyat berish, o’lchash
xatoliklari va ularni oldini olish, texnika xavsizligiga rioya qilish, hisobot yozish
haqida ko’rsatmalar beradi. Natija aniqligini orttirish uchun har bir kattalikni 3-5
marta o’lchab o’rtachasini olish lozimligini o’qtirib o’tadi.
Tajribani bajarish. O’quvchilar tajribani bajarishdan oldin asoslar bilan
tanishadilar va stol ustida tajriba uchun kerakli asboblarning hammasi borligini
aniqlab, keyin ishni bajarish asosida mustaqil ravishda tajriba va o’lchashlarni
bajaradilar, o’lchash natijalarni jadvalga yozib boradilar. O’qituvchi aylanib yurib,
o’quvchilarga ko’rsatmalar beradi, ba’zi qiynalayotganlarga individual yordam
ko’rsatadi.
Olingan natijani ishlab chiqish. Olingan natijalarga ko’ra o’quvchilar
hisoblash ishlarini bajaradilar yoki xulosa chiqaradilar. Keyin ular hisobot
yozadilar. Unda ishning raqami va nomi, bajarilgan vaqti, nazariy qismini qisqacha
mazmuni, qurilmaning rasmi yoki sxemasi yoki o’lchash natijalarining jadvali,
xatoligi va xulosa yoziladi. O’quvchilar ko’rsatmadan foydalanib ishni bajargan
bo’lsalar u holda hisobotga ishni bajarish tartibini yozmasalar ham bo’ladi.
Ishga yakun yasash. Dars oxirida ko’pchilik o’quvchilar o’lchash va
hisoblash ishlarini bajarib bo’lgandan keyin olingan natija va xulosalarni
o’qituvchi rahbarligida muhokama qilishadi. O’quvchilar o’z xatolarini ko’radilar.
Bu yerda o’quvchilarning ishdan oladigan xulosalariga va kattaliklar orasidagi
bog’lanishlarni aniqlashlariga katta ahamiyat berish lozim.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |