papillaris (15-20 ta) ga buyrak so’rg’ichining area cribrosa sohasiga ochiladi.
Buyrakning morfologik-funktsional birligi nefron (nephron) deb ataladi. Nefronlarning
umumiy soni buyrakda 1 milliondan ortiq bo’lib, ularning 80 % po’stloq moddada joylashib
nephronum corticale deb atalsa, 20 % piramidalar asoslariga tegib joylashadi va
yukstamedullyar nefronlar deb ataladi.
Nefronda arteriya qonidan siydik ajraladi. Bunda buyrak tanachasida qon tomir
to’pchasidan kapsulaga qonning suyuq qismi filьtrlanadi va birlamchi siydik deyiladi. Buyrak
naychalarining proksimal egri - bugri kanalchalarida oqsillar, uglevodlar, aminokislotalar,
vitaminlar, mikroelementlar so’rilsa, qolgan qismlarida ionlar va suv so’riladi va natijada
ikkilamchi siydik hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |