10 – Ma’ruza:
Devorlarning asosiy defektlari. Devorlar konstruktsiyasi
Reja:
1. Devor konstruktsiyalarini namlanishidan himoyalash
2. Xonalarda namlanishni bartaraf etish usullari.
Tayanch so’zlar: grunt suvlaridan himoyalash, quritishning samaradorligi,
hajm, gidroizolyatsiya, dielektrik gidroizolyatsiya, tabiiy quritish, elektroosmos
usuli.
Binoning konstruktsiyaviy yechimiga bog’liq holda devorlar turli
funktsiyalarni bajaradi. Asosiy funktsional belgilaridan biri bino xonalarini iqlimiy
ta’sirlardan himoya qilish, hamda vaqtinchalik va doimiy yuklarni poydevorga
uzatishidan iborat.
Bino devorlaridan texnik foydalanishning asosiy vazifasi butun xizmat qilish
jarayonida o’zining yuk ko’tarish qobilyatini va himoya – qamrab turuvchi
xossalarini saqlab turishdan iborat. Atrof muhit yoki ta’sir etadigan yuklarning
loyihada ko’rsatilgan miqdoridan oshib ketishi natijasida devor materiallarining
fizik – mexanik xossalari o’zgaradi va yuk ko’tarish qobilyatini yo’qotishi
mumkin.
Devorni tez yemirilishining keng tarqalgan asosiy sabablaridan biri doimiy
ravishda namlik bilan o’zgaruvchan haroratning birgalikdagi ta’siridir.
Devor materiallarining ko’pgina qismini xuddi uch fazalik sistema kabi
qarash mumkin: qattiq jins – suv – havo. Bularning o’zaro nisbatlari ularning fizik
xossalarini, ya’ni zichligi va namlik darajalarini belgilaydi.
Massa namligi
qo’yidagi formula orqali hisoblanadi, % :
100
/
)
(
1
2
1
P
P
P
в
,
(1)
bu yerda:
R
1
- material namunasining qurutgunga qadar bo’lgan massasi, kg;
R
2
– o’sha materialning qurutgandan so’ngi massasi, kg.
Hajmni namlik
o
quyidagi formula orqali aniqlanadi %
2
1
/
100
V
V
o
, (2)
bu yerda:
V
1
– namuna materialidagi namlik hajmi, sm
3
.
Turar joy binolari devorlaridagi hisobiy namlik qurilish me’yoriy hujjatlari
bilan me’yorlanadi. Masalan, keramzitobeton devorlari uchun uning miqdori 10%
dan, g’isht devorlari uchunesa 2% dan oshib ketmasligi kerak.
Agar materialning hajmiy og’irligiγi γ va uning massa namligi
v
ma’lum
bo’lsa hajmiy namlikni quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
,
в
o
(3)
bu yerda:
γ - materialning quruq holdagi hajmiy massasi, g/sm
3
.
Tuzulma tarkibida bug’, suyuqlik yoki muz shaklidagi namlik material
qalinligi bo’yicha harakatlanib turadi. Bug’larning harakati ular elastikligining
farqi (harakatdagi molekulalarning zarbasi natijasidagi bug’ bosimi, Pa) va xonaga
ikki tomondan ta’sir etadigan havo bosimining farqi natijasida vujudga keladi.
Suyuq holdagi harakat tortishish qonuniyatlari, kapilyarlik kuchlari, materialning
harorat kuchlanishi natijasida vujudga keladigan ichki kuchlarning o’zgarishlari
natijasida keladi. Qattiq holatdagi nam tashqi bosim va harorat kuchlanishlari
ta’siridan harakatlanadi.
Quyidagi sabablarga ko’ra namlik materialga kirib boradi:
- sorbtsiya (materialning havodan namlikni surib olish xossasi) orqali, havoda
nisbiy namlik katta bo’lganda so’rib olish;
- suyuqlik tekkanda materialning ho’llanishi (kapilyar so’rish, kapilyarlik
diffuziyasi – material qa’rida mikroskopik ochiq quvurlar orqali namlikning
harakatlanish qobilyati);
- havodan materialga namlikning qirib borishi (namlikning kirishi );
- fiziko – kimyoviy jarayonlar.
Qurilish materiallari sorbtsiya xossalariga ko’ra faol sorbtsiyalanadigan namlik
(ko’pik va gazobeton, fibrolit, solomit, oxak, gips, shlakobeton va boshqalar) va
inertsorbtsiyalanadigan namlik (beton, qizil va sillikat g’ishtlar, granit, ohaktosh,
chag’irtosh, qamishit va boshqalar) turlariga bo’linadi.
Harorat pasayishi bilan materiallarning sorbtsiya xossalarini oshishini
e’tiborga olish lozim.
Inertsorbtsiyalanadigan materiallardan tiklanadigan devorlar namligi
xonaning namlik darajasiga kam ta’sir ko’rsatadi, biroq xonadagi namlik uzoq
muddatda ortiqcha miqdorda ajrab turadigan bo’lsa xona tomonidan material sirtqi
qatlamida xo’llik vujudga kelishi mumkin.
Odatiy devorlar gidrofil- yaxshi hullanadigan materiallardan tiklanadi,
ularda ho’llanish natijasida namlikning faol so’rilishi kuzatiladi. Kam xollarda
devorlar gidrofob materiallardan tiklanadi, bular o’z navbatida suvni surish
xossalariga ega bo’ladi.
Boshlang’ich katta namlikka ega bo’lgan materiallar quruq materialiga
nisbatan namlikni tez so’radi. Ayniqsa gips va ko’liqsilikatlar namlikni tez so’rish
xossasiga ega. Qizil g’ishtning ham nam so’rish tezligi katta, sillikat g’ishtining
nam so’rish xossasi qizil g’ishtnikiga nisbatan ikki marta kam.
Nam so’rish tezligi kichik bo’lgan devor materiallarini boshlang’ich namligi
kam bo’lgan devorlarda qo’llash kerak hamda keyinchalik ularning namdan
saqlanish chora – tadbirlarini ko’rish lozim. Ayniqsa bu shlak va ko’pikbetonlarga
ta’luqlidir.
Qamrab turuvchi devorlar havo namligini so’rish bilan zaxlaydi. Buning
natijasida devorning ayrim qatlamlari o’ta tez namlanishi va ko’chib tushishi
mumkin.
Namlikning bug’ shaklida harakatlanishi va materiallarning namlanishi
diffuziyasiga asosan hamda havoning infilьtratsiyasi natijasida vujudga keladi.
Ikkala turdagi harakat ham nam o’tkazuvchanlik deb ataladi.
Quruq xolda material nam holatdagi materiallarga nisbatan diffuzion nam
o’tkazuvchanlikka katta qarshilik ko’rsatadi. G’ovak, bo’sh materiallarda suv
bug’larining diffuzion haraktlarining tezligi intensiv bo’ladi.
Infilьtrattsion nam o’tkazuvchanlik suv bug’larining mexanik harakati
bosim natijasida vujudga keladi, bug’ qarshilik kam tomonga kirib boraveradi.
Devorning to’liq nam o’tkazuvchanligi diffuzion va infelьtratsion nam
o’tkazuvchanliklarning algebraik yig’indisidir.
Devordagi namlikga turli xil kimyoviy jarayonlar xam sabab bo’ladi.
Qurilish materiallari tarkibidagi Sa O, Mg Cl
2
, Ca Cl
2
lar kuchli gigroskopik
xossalarga ega bo’lib, havodagi namlikni o’ziga tortib oladi. Kimyoviy
reaktsiyalar ham devorni namlanishiga olib keladi. Masalan, kalьtsiy gidrooksid
havodan dioksid uglerodini uzluksiz, sekin astalik bilan so’rab olishi natijasida suv
ajralib chiqadi:
Sa (ON)
2
+ SO
2
→ Sa SO
3
+ N
2
O.
Devorlarning namga chidamliligi ularini gidrofobizatsiya qilish bilan
oshiriladi: maxsus ishlov berish natijasida devor sirtida gidrofob moddalar va
gazlardan tashkil topgan qatlam hosil qilinadi.
Gidrobizatsiya uchun neftь mahsulotlarining chiqindilaridan foydalaniladi
(mыloneft, bitumlar va sh.o’), toshko’mir mahsulotlari. (degotь, pek),
kremnitorganlik birikmalar (silanlar, siloksanlar), sintetik laklar, yelimlar va
plastmassalar. Hozirgi vaqtda devor sirtini kremniyorganikli suyuqlik bilan
gidrofobizatsiya qilish keng qo’lamda qo’llanilmoqda.
Hosil bo’lgan felyonka suv o’tkazmovchan bo’lib, bug’ va havoni yahshi
o’tkazadi, yani u “nafas oladi”.
Devor konstruktsiyasi ichki sirtlari yoki uning ichida namning
kondensatsiyalanishi natijasida namlanishi mumkin (ichki kondensatsiya). Ichki
kondensat harorat “qirov nuqtasidan” past bo’lgan joylarda kuzatiladi.
Ba’zi hollarda tashqi havo harorati ilkisko’tarilib ketganda ham devor tashqi
qatlamlarida namlik kondensati vujudga keladi, chunki devor harorati havo
haroratidan past bo’ladi.
Ko’p qatlamli devorlardan kondensatsiyalanishi intensivligi qatlamlarining
joylashishiga bog’liq. Devorning ichki tomonidan zich bug’ni kam o’tkazadigan
qatlam, tashqi qismidan esa – ko’p bug’ o’tkazadigan va kam issiqlik o’tkazadigan
qatlam joylashgan devorlarda namlarning devor ichida kondensatsiyalanish
ehtimoli kam.
Devorning namlanishiga tashqi devor tomonga mebellarning qo’yilishi,
gilamlar osib qo’yilishi, oziq ovqat tayyorlashda, kir yuvishida, kirlarni quritishda,
pollarni yuvishida, vannalardan foydalanishda, sabzavotlarni saqlashdagi
bug’larning ajralib chiqishi sababchi bo’ladi. Masalan, odam tinch holatda 1 soat
mobaynida 45 g, og’ir jismoniy ish qilayotganda esa 180 – 220 g bug’ ajratib
chiqaradi. Bir sutkada bitta odam uchun ovqat tayyorlashda 620 g nam ajralib
chiqadi. Kir yuvishda esa 3 kg dan ortiq nam ajralib chiqadi. 20 m
2
yuvilgan pol
sathidan 3,5 kg gacha nam ajralib chiqadi. Gaz apparatlarida gazning yonib turishi
natijasida bug’ shaklidagi nam ajralib chiqadi.
Metan gazini yonish jarayoning quyidagi sxemada ko’rsatish mumkin.
SN
4
+ 2O
2
→ SO
2
+ 2 N
2
O + 212 k kal.
16 64 44 36
Bir gramm molekula metan gazi yonishi natijasida 36/16 = 2,25 g/g suv
ajralib chiqadi. 1m
3
gaz yonganda esa havoga 0,7168 · 2,25 = 1,62 kg suv bug’i
ajralib chiqadi. Gazning 4 ta konforkasi bir vaqtda yonib tursa 1 soatda havoga 3,2
kg suv bug’i ajralib chiqadi.
Qish sharoitida namlik harakatida natijasida namlik issiqlik izolyatsiyasi
tomonidan so’rib olinadi. Issiqlik izolyatsiyasida namning muzlashi o’z navbatida
muz to’sig’i vujudga keltiradi, bu esa material qa’rida namning to’planishi uchun
kondensat vazifasini bajaradi. Buning natijasida devorning ichki sirtida namlanish
vujudga keladi.
Yig’ma panellardan tiklangan devorlarning o’ta namlanishiga karniz va
binolar chiqib turgan qismlari yuqori qismlarning no’sozliklari ; balkon pollari
qiyaliklarining yetarli emasligi; balkon gidroizolyatsiyasining yomonligi (ayniqsa
ularning devorga birikkan joylarida); panellarning va eshik hamda derazalarni
birikkan joylarining yomon germetizatsiya qilinganligi; devor paneli faktur
qatlamining qanoatlanarsiz holati; devorlarda yoriqlar va ko’chgan joylarining
mavjudligi; devor panellari oblitsovkalarini buzilishlari va boshqalar. Keltirilgan
nuqsonlar binoni foydalanishga qabul qilguncha qadar bartaraf etilishi lozim.
Foydalanish jarayonida esa odatiy va mukammal ta’mirlashlar bilan vujudga
kelgan nuqsonlar bartaraf etiladi.
Devorlarning nam bo’lishi ularni mustaxkamlik tavsiflarini kamaytirib
qolmay,
issiqlik
o’tkazmovchanligini
ham
yomonlashtiradi.
Qurilish
materiallaridagi hajmiy namlikning 1٪ ga oshishi ularning issiqlik o’tkazuvchanlik
koeffitsentini 4...5٪ ga oshishiga olib kelishi aniqlangan.
Yoriqbardoshlik – materiallarning yoriq xosil bo’lishiga qarshilik ko’rsatish
xossasidir. Devor materiallarini yoriqbardoshligini oshirish uchun ularning
boshlang’ich namligi unchalik katta bo’lmasligi kerak ( binoni foydalanishga
qabul qilishda), foydalanish jarayonida esa namlikning o’zaro o’zgarib turishi 2,5٪
dan oshib ketmasligini ta’minlash lozim (namlik gradienti). Keltirilgan miqdorni
saqlash uchun devor sirtini gidrofobizatsiya qilish, tashqi sirt fakturasi beton
zichligini oshirish yoki oblitsovka qilish ishlari bajariladi.
Hozirgi paytda ko’ndalang yuk ko’taruvchi devorga ega bo’lgan binolar
keng qo’lamda qurilmoqda. SHuning uchun ko’ndalang devorlar uchun
mustahkamligi katta bo’lgan materiallar, bo’ylama devorlar uchun esa issiqlik
izolyatsiyasi xossasi yaxshi bo’lgan materiallar qo’llaniladi. Bir yoki kam qavatli
binolarda bo’ylama va ko’ndalang devorlar tutashgan joylarida vujudga keladigan
deformatsiyalar unchalik katta emas va chegaraviy qiymatlardan oshib ketmaydi.
Ko’p qavatli g’isht va yig’ma devorli binolarda ko’ndalang va bo’ylama devorlar
tutash joylaridagi deformatsiyalar chegaraviy qiymatlaridan oshib ketadi. (1 -
rasm).
Yig’ma devor panellaridan tiklangan binolar uchun tashqi devor
panellarining o’zaro ichki devor panellari va orayopma plitalari bilan tutash joylari
o’ta muhim hisoblanadi. Bu joylar yaxshi germetizatsiya qilinmagan bo’lsa
qo’yma detallarining korroziyalanishiga olib keladi va bu tugunlardan yashash
xonalarining namlanishi vujudga keladi.
G’ishtdan tiklangan devorlardan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
- eshik va derazalar uchun mahalliy kengash qurilish bo’limi tomonidan
tasdiqlangan loyixasiz yangi joylar ochish;
- xonalarda va umumiy foydalanish joylarida kir quritish;
- xonani qo’shimcha isitish uchun gazdan foydalanish;
- devor tashqi sirtlarida maxsus loyihasiz va qo’shimcha gidroizolyatsiya chora –
tadbirlarisiz birikmalar o’rnatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |