Elektron lug`at-an’anaviy «qog`ozli» lug`atga mos keluvchi elektron axborot
manbai. Kompyuter versiyada so`z yoki so`zlar guruhiga maxsus ajratilgan
ko`rsatma bilan istalgan dasturdan chaqirilishi mumkin. An’anaviy lug`atlardan
farqli ravishda eletron lug`at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va
animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-obektlarning
butun spektrlarini o`z ichiga olishi mumkin.
Elektron nazorat (testlashtirish) - elektron o`quv adabiyotining komponenti
bo`lib, an’anaviy kompyutersiz testlashtirishning analogidir. Elektron
testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini ko`rsatib beradi, bu bilan
bog`liq bo`lgan algoritmlarni joriy qiladi. (Masalan, bajarilgan yoki o`tkazib
195
yuborilgan topshiriqlarga qaytish imkoniyatining borligi yoki yo`qligi, bitta testga
vaqtning chegaralanganligi va hokazo).