Oila boshlig‘ining vafotidan so‘ng ahvol
og‘irlashdi. Ro‘zg‘orning barcha tashvishi
Mariya Dmitriyevnaning yelkasiga tushdi.
Ayol shaharda kun ko‘rishga qiynalgach,
farzandlari bilan qishloqqa ko‘chib bordi.
U yerda bir muddat ukasining shisha ishlab
chiqaradigan zavodida ishladi, ammo
oradan bir yil o‘tar-o‘tmas zavod butkul
yonib ketdi. Mariya farzandlarini
universitetda o‘qitish uchun Moskvaga
ketishga qaror qildi. Dimitriy Mendeleyev
Peterburgdagi pedagogika institutiga
o‘qishga kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: