2 -mavzu: O‘zbek adabiy tili va dialektlar
Reja:
4. Adabiy tilning ta’rifi.
5. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari.
6. Adabiy til va tayanch dialekt.
Tayanch tushunchalar: adabiy til: og‘zaki va yozma, tayanch dialect, o‘lik til.
Adabiy tilning ta’rifi. Ma’lumki, har bir adabiy til milliy (xalq yoki elat) tilning
yuqori bosqichi bo‘lib, u me’yorlashgan yoki me’yorlashtirilgan til hisoblanadi.
Og‘zaki adabiy til davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha sathdagi rasmiy
majlislar, o‘qish -o‘qish ishlari, ommaviy majlislarda qo‘llanadi. Yozma adabiy til esa
orfografik qoidalar asosida shakllantiriladi va orfografik qoidalari joriy o‘zbek
alifbosiga asoslanadi.
Adabiy tilning tayanch dialektiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, o‘zbek adabiy tilining
shakllanishida shevalarning barchasi u yoki bu darajada ishtirok etadi, lekin ma’lum
shevalar adabiy til uchun asos, tayanch (baza) vazifasini bajaradi, ya’ni o‘zbek adabiy
tili muayyan sheva va shevalardan leksik, fonetik, grammatik xususiyatlarni adabiy til
fakti sifatida oladi hamda o‘sha va shevalar guruhi taraqqiy etishi bilan birga taraqqiy
etadi, chunki sheva jonli til bo‘lib, u doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘ladi, shu
tufayli ham adabiy til shu sheva yoki shevalar guruhi rivojlanishi bilan bog‘liq
ravishda taraqqiyo etib boradi, aksincha, adabiy til o‘zining tayanch dialektiga ega
bo‘lmasa, u bor-bora, aksincha, adabiy til o‘zining tayanch dialektiga ega bo‘lmasa, u
bora-bora muomaladan chiqib ketadi.
Adabiyotlar:
1.Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh., O‘zbek dialektologiyasi. Toshkent,
“O‘qituvchi”. 1996.
2.RajabovN., O‘zbek shevashunosligi, Toshkent, “O‘qituvchi”.1996.
3.Reshetov V.V, Uzbekskiy yazO‘k. -Toshkent, 1959.
4.Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek adabiy tili va xalq shevalari. -Toshkent.1960.
1.Adabiy tilning ta’rifi. Ma’lumki, har bir adabiy til milliy (xalq yoki elat) tilning
yuqori bosqichi bo‘lib, u me’yorlashgan yoki me’yorlashtirilgan til hisoblanadi. Unga
yana quyidagi ta’rifni berish mumkin; «Adabiy til leksik jihatdan nisbatan barqaror,
fonetik va grammatik jihatdan ma’lum qolipga tushgan, yagona orfografik va orfoepik
normalarga amal qiladigan, so‘z ustalari tomonidan sayqal berilgan tildir». O‘zbek
adabiy tili ham shu qoidaga amal qiladi.
2. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari.
O‘zbek adabiy tili ikki shaklda bo‘ladi: og‘zaki va yozma.
Og‘zaki adabiy til davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha sathdagi rasmiy
majlislar, o‘qish -o‘qish ishlari, ommaviy majlislarda qo‘llanadi. Yozma adabiy til esa
orfografik qoidalar asosida shakllantiriladi va orfografik qoidalari joriy o‘zbek
alifbosiga asoslanadi. Unda bir necha tamoyillardan foydalaniladi: fonetik, fonematik,
morfologik. Grafik, tarixiy - an’anaviy, ramziy va boshqalar.
Umumiy savollar:
1.Adabiy til deb nimaga aytiladi?
2.Adabiy tilning yozma va og‘zaki shakllariga qanday izoh berasiz?
3.Tayanch dialekt tushunchasiga izoh bering.
Glossariy:
Adabiy til- me’yorlashgan til.
Adabiy tilning shakllari - adabiy tilning yozma va og‘zaki shakllari.
Tayanch dialekt - adabiy tilga biror jihatdan. ya’ni fonetik, morfologik jihatdan,
asos bo‘ladigan dialekt. Sheva.
O‘lik til- muomaladan chiqqan til.