Kartografiyada eng muhim davrlardan biri birinchi sun’iy yo’ldosh suratlari
65
olingan davr hisoblanadi. Bu o’tgan asrdagi kartografik ishlarni tekshirish va,
ayniqsa, yirik masshtabdagi batafsil kartalardan katta hududlarning mayda obzori
bo’lgan mayda masshtabli kartalargacha to’g’ri usulda qilinganligini
umumlashtirish uchun imkoniyat yaratdi. Birinchi Appolon sun’iy yo’ldoshi
suratlarini mavjud kartalar bilan taqqoslashlar shuni ko’rsatdiki, umuman amaliy
usullar to’g’riligini isbotlaydigan ko’plab muvofiqliklar mavjud.
Kartografiyadagi ikkinchi muhim davr kompyuterlarning joriy etilishi bo’ldi.
Dastlab (1960-1980 yillarda) kompyuter loyihalash yoki kartaga to’rni tushirishni
hisoblash kabi mavjud kartografik vazifalarni avtomatlashtirishda foydalanilgan.
Bu aynan bir raqamli faylni turli parametrlarda o’zgartirish kombinatsiyasiga
asoslangan holda turli xil loyihalashga muvofiq zonalarni kartalarga tushirishni
bajarishdan iborat bo’lgan. Muntazam ravishda kartograflar raqamli (raqamli
shaklga o’tkazilgan) ma’lumotlardan kelib chiqqan tahlilda kompyuterlar taklif
etadigan imkoniyatlarni anglay boshlashdi. Shunda aniq bo’ldiki, kompyuter
yordamida kartalar ma’lumotlarini raqamli shaklga o’tkazish bilan hisoblash,
qog’ozli kartalardan foydalanib bajarilishi mumkin bo’lgan ishlarga qaraganda,
masofalar, zonalar va hajmlar ancha to’g’ri aniqlanishi mumkinligi ravshan
bo’ldi.
Kartalar hozirgi paytda ilmiy tasavvur qilish (vizualizatsiya) shakli sifatida
(1-rasmga qarang) baholanmoqda, haqiqatdan ham ular vizualizatsiya aniq
sohada rivojlanishidan oldin mavjud bo’lgan. Uning maqsadi aloqalar
to’g’risidagi axborotni tahlil qilish bo’lsa, ayni paytda kartografiya geofazoviy
aloqalarni ko’rsatishga harakat qiladi
1
.
1-rasm. Ilmiy vizualizatsiya, axborot vizualizatsiyasi va kartografiya
o’rtasidagi aloqa
1
Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling. Cartography: Visualization of Geospatial Data. Printed and bound in Great
Britain by Ashford Colour Press Ltd, Gosport, Hants. London, 2010. p. 39-40 /www.pearsoned.co.uk
66
2-rasm. Niderlandiyada yog’in miqdorining taqsimlanishi: (a) ma’lumotlarni
uzatish yoki (b) ma’lumotlatlarni tahlil qilish maqsadiga moslashadigan karta
loyihalariga misollar.
Kartografiyaning analitik va kommunikativ jihatlari orasidagi farq misollari
2-rasmda keltirilgan. Bu yerda, o’ngda yog’ingarchilik sinflari taqsimlanishi
ko’rsatilgan va bu to’g’ri qilingan, chunki har bir sinfning boshqa barcha
sinflarga nisbatan taqsimlanishini bir qarashda ko’rish mumkin. Biroq,
yog’ingarchilikning turli sinflari taqsimlanishini tushunish o’quvchiga bevosita
“yog’ingarchilik” hodisasi taqsimlanishida yotgan g’oyanigina berishdan iborat
emas. Agar kommunikatsiyaning maqsadi Niderlandiyada o’ziga xos
momaqaldiroqlar ta’sirini ko’rsatish bo’lganida, unda yog’ingarchilikning turli
sinflari joylashishi g’oyasidan boshqa, ya’ni geofazoviy tendensiyalarni, zonalar
bo’ylab uning ta’sirining ko’payishi yoki kamayishini his etishni istashimiz
mumkin bo’ladi. Noto’g’ri grafik o’zgaruvchilar 2(b)-rasmdagi maqsadga javob
berish uchun tanlangan. Aynan 2(a)-rasmda grafik o’zgaruvchilar to’g’irlangan,
kul rangning to’qlashishi yog’ingarchilik miqdorining oshishiga proporsional qilib
tanlangan, bu kartani kommunikatsiya maqsadlariga qulay qiladi, chunki bu
hodisani bir butun aks ettiradi. 2(b)-rasm faqatgina hodisaga bog’liq bo’lmagan
holda tahlil uchun yaroqlidir. Bu atrof-muhitda foydalanuvchi ko’rsatish payti
qayerda joylashganligi hamda istagiga ko’ra sinflar chegaralarini moslashtira
olishi ma’lumotlarini tadqiq qilishda qulay.
“Kartografiya” atamasining mohiyati 1960 yildan sezilarli o’zgardi. Bu
davrdan oldin, kartografiya asosan “ishlab chiqarish kartalari” sifatida
belgilangan. Ta’rifdagi o’zgarishlar predmetning kommunikatsion fanlar sohasiga
ko’chirilishi va kompyuterning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Oldingi
kartografiyaning ta’sirida hozirgi vaqtda karta orqali geofazoviy axborotni uzatish
tan olingan. Bu nafaqat kartalarni ishlab chiqish, balki ulardan foydalanish
kartografiya sohasiga tegishli degan tasavvurlarga olib kelmoqda. Va, haqiqatdan
shubhasiz, faqatgina kuzatuvchilar kartadan foydalanish va kartaga kiritilgan
axborotni qayta ishlash bilan kartadagi axborot to’g’ri usulda berilganligini
67
tekshirishi mumkin.
Yuqoridagi kartalar orqali geofazoviy ma’lumotlarni uzatish ta’rifidagi
qanoatlantirmaydigan jihat “karta” tushunchasining o’zi hali aniq emasligidir.
Kartani belgilaydigan elementlar geofazoviy axborot, grafik namoyishlar,
masshtab va belgilar hisoblanadi. Kartaning ehtimoliy ta’rifi quyidagicha:
“borliqni geofazoviy jihatlarining grafik modeli”. Fransuz kartograflari bo’yicha,
karta – asosan joyda joylashishi mumkin bo’lgan aniq yoki mavhum hodisalarning
samolyotdagi oddiy tasviri. Bu “oddiy” har kim, masalan dengiz ko’k rangda,
shimol
kartaning
yuqori
qismida
berilishi
yoki
doiralarning
ayrim
gradatsiyalangan qatorlari aholi sonining oshishi bilan bog’liq ko’rsatkichlarni
ifodalash kabi faktlar bilan ishlashini nazarda tutadi. “Tasvir” deyilganda
kartaning grafik xususiyati ko’zda tutilgan. Biroq, barcha kartalar ham qog’oz
parchasiga chop etilmaydi: relyef modellari va globuslar ham kartalar deb
hisoblanadi. Albatta, kartaga miqdoriy bo’lmagan, masalan siyosiy mansublik yoki
til chegaralari kabi hodisalarni ham tushirish mumkin. Va, shubhasiz, hodisaning
joydagi o’rnini aniqlash ham mumkin.
Kartografiyada komyuter va geografik axborot tizimlarining rivojlanishi
ta’sirida kartografiyaning yangi ta’riflari paydo bo’la boshladi: “geografik
borliqning serqirra modeli hisoblangan fazoviy ma’lumotlar bazasi to’g’risida
to’plangan axborot uzatish”. Bunday fazoviy ma’lumotlar bazasi unda turli
ma’lumotlarni kiritib va axborot mahsulotlarining turli tiplarini o’rnatib, butun
kartografik jarayonlarning markaziy yadrosi bo’lib xizmat qiladi (Guptill va Starr,
1984).
Teylor (1991) kartografiyaga “geoaxborotni grafik, raqamli yoki sezgir
(idrokli) shaklda tashkil etish, taqdim etish, kommunikatsiya va foydalanish”
sifatida ta’rif beradi. Bu ma’lumotlarni tayyorlashdan kartani tuzishda
foydalaniladigan hamda fazoviy axborot mahsulotlarini bog’lash uchun barcha
bosqichlarni o’z ichiga oladi. Ushbu kitob uchun biz kartografiyani quyidagicha
ta’riflaymiz: geofazoviy muammolar bilan bog’lashga mo’ljallangan aloqasiga
imkon berib hamda uning vizualizatsiyasiga urg’u berib zaruriy fazoviy
ma’lumotlarni yaratish. Teylorning ta’rifi hamon “karta” ta’rifini talab qiladi va
shu sababdan Board (1990) ning kartaga bergan ta’rifini keltiramiz: “geografik
borliq abstraksiyasi yoki namoyish etilishi. Vizual, raqamli yoki sezgir
hisoblangan geografik axborotni namoyish etish vositasi”. Xalqaro kartografiya
uyushmasining
joriy
strategik
rejasida
[http://cartography.
tuwien.ac.at/ica/index.php/TheAssociation/Strategic-plan] kartaga quyidagicha
ta’rif keltirilgan: “geografik borliq tasavvurining birlamchi o’rinli ekanlilikka ega
fazoviy aloqalarida uni bajaradigan mualliflarning ijodiy yondashishidan kelib
chiqib, foydalanish uchun tanlangan va ishlab chiqilgan tanlama xususiyatlari va
tavsiflari berilgan, belgili shakldagi tasviridir”.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |