64
Urushdan keyingi davr atlaslaridan Dunyo atlasi (1954), 3 jildli Dengiz atlasi
(1953-58), Dunyoning tabiiy geografik atlasi (FGAM) (1964), 2 jildli Okeanlar
atlasi (1971-74), 2 jildli Antarktida atlasi (1968), Iqlim atlasi, Tuproq atlaslarini
aytib o‘tish mumkin. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan mavzuli kartalar yaratildi.
Masalan, 1:200000 va 1:1000000 tuproq va gipsometrik kartalar.
Kartografik asarlar yaratishda kartograf mutaxassislarning roli kattadir, sobiq
ittifoqda ikki xil yo‘nalishda kadrlar tayyorlashga kirishildi. 1923 yilda maxsus
injener kartograf va geodezistlar tayyorlaydigan maxsus Moskva geodeziya,
aerofotos‘yomka va kartografiya injenerlari instituti tashkil qilindi, keyinroq esa
xuddi shunday institut Novosibirsk shahrida ham tashkil qilindi. Shu bilan birga
geograf-kartograflar Moskva va Leningrad universitetlarida ham tayyorlana
boshlandi. Yangi davr kartografiyasida Rossiya kartograflari xizmatlari katta.
Kartograf-injenerlar tayyorlashda ko‘proq kartografik texnologiyaga va
poligrafiyaga e‘tibor berilsa, universitetlar tayyorlaydigan geograf-kartograf
―maktabida‖ esa ko‘proq geografik kartalar tuzishga e‘tibor berilar edi. Shu asosda
sobiq ittifoqning boshqa universitetlarda (Kiev, Minsk, Toshkent, Boku, Tibilisi,
Irkutsk, Riga va boshqalarda) ham geograf-kartograf mutaxassislar tayyorlana
boshlandi.
1970 yillardan boshlab kartografiya sohasida regionlarni kompleks
kartografiyalashga katta e‘tibor berilib, yirik regional atlaslar yaratildi. Masalan,
Ukraina, Moldaviya, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, O‘zbekiston,
Qozog‘iston, Oltoy o‘lkasi, Zabaykale, Irkutsk, Tyumen, Leningrad oblastlari,
Komi ASSR va boshqalarning atlaslari shular jumlasidandir.
Geografiya fanini o‘rganishda kartografik atlaslarning xizmatlari juda katta. 3-
9-sinflar uchun maxsus o‘quv geografik atlaslar (40 dan ortiq) va ayrim hududlarni
o‘quv-o‘lkashunoslik atlaslari chop etilib, o‘quv kartografiyasining rivojlanishiga
yo‘l ochib berdi. Shu bilan bir qatorda o‘rta maktablar uchun geografiya va tarix
fanlar uchun devoriy kartalar va oliy o‘quv yurtlar uchun ham devoriy kartalar
nashr qilindi. Masalan, Moskva Davlat universiteti kartograflari tashabbusi bilan
oliy o‘quv yurtlari uchun 30 dan ortiq turli mazmundagi devoriy kartalar yaratildi.
Yangi davr kartografiyasining asosiy yutuqlardan bittasi yangi soha-
kartografiyada aerokosmik tadqiqot usuli vujudga keldi, undan ayniqsa geografik
tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda, endilikda kartografik tadqiqot usuli oliy
o‘quv yurtlarda maxsus kurs sifatida o‘qitila boshladi.
So‘nggi yillarda geografik kartalar, ayniqsa mavzuli kartalar yaratishda yangi
texnologiya, ya‘ni kompyuterdan foydalanishga keng e‘tibor berildi. Natijada
yangi fan sohalari, masalan, geoinformatika, kartografik modellashtirish,
kompьyuter grafikasi kabilar paydo bo‘ldi.
Sobiq ittifoqda kartografiya fani rivojlanishida butun jahonga mashhur
olimlardan M.N. Baranskiy, S.A. Solishev, so‘nggi vaqtlada esa A.M.
Berlyantlarning xizmatlari katta. Mavzuli va nazariy kartografiyani rivojlantirishda
sobiq ittifoq respublikalari kartograflaridan A.B.Zalovskiy, A.G. Rudenko, V.
Shotskiy, I.Yu. Levitskiy, A.F.Aslanikashvili va L.S. Smironovlarning xizmatlari
katta.
Do'stlaringiz bilan baham: