11-rasm. Krasovskiyning to‘g‘ri konusli proeksiyada MDH mamlakatlari
tasvirlanishi: a-maydon xatoligini (r) ko‘rinishi; b-burchak xatoligini (
)ko‘rinishi.
1
Robert E.Gabler, James F. Peterson, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography. 2007. p. 44-45
/www.brookscole.com
131
Parallellar bo‘yicha xatosiz chiziq 49,4
0
va 67,8
0
, burchak xatoligi (
) nolga
teng chiziq 50,6
0
va 66,8
0
, maydon xatoligi (r) nolga, teng chiziq esa 48,2
0
va 68,4
0
shimoliy kengliklarga to‘g‘ri keladi. Chelyuskin burnida m = 1,1, r = 1,1,
= 5
0
.
SHimoliy Yer (Severnaya Zemlya) arxipelagining shimoliy chekkasida n = 1,2, r =
1,2,
= 10
0
bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, Krasovskiy proeksiyasida bu hududning
quriqlik qismida xatolik deyarli yo‘q darajadadir.
To‘g‘ri konusli proeksiyalarda sobiq Ittifoq hududi bir oz kamchilik bilan
tasvirlangan. Masalan, parallellarning eng chekka qismlari shimolga burilishi
natijasida o‘quvchilar shimol va janub tomonlarni aniqlashda bir oz qiynalib
qoladi. Chunki o‘quvchilar devoriy kartaning yuqori tomoni shimol, past tomoni
janub, chap tomoni g‘arb, o‘ng tomoni sharq deb tushunadilar. Bu proeksiyalarda
tuzilgan Rossiya kartasida esa shimolni faqat meridianlar yo‘nalishi ko‘rsatadi.
Undan tashqari, ularda Shimoliy qutb tasvirlanmaydi hamda Yerning sharsimonligi
sezilmaydi.
Professor M.D.Solovyev yuqoridagi kamchiliklarni hisobga olib, MDH
hududi uchun qiyshiq silindrik proeksiyasini taklif qilgan. (36-rasm). Bunda
Chelyuskin burni atrofida burchak xatoligi
= 16
0
, r = 1,8, shimoliy qutb va
Yerning sharsimonligi ko‘rinib turibdi.
MDH ning oliy yquv yurtlari uchun nashr qilinadigan kartalari
T.D.Salmanova taklif qilgan ko‘p konusli proeksiyada tuziladi. Bu proeksiya
Urmaev proeksiyasining o‘zgartirilgan ko‘rinishidir.
Mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston hududi ham o‘lka, viloyatlar,
iqtisodiy va tabiiy geografik rayonlarning hamda chet mamlakatlarning kartalari
ham to‘g‘ri konusli proeksiyalarda tuziladi. Bunda xatoliklar tasvirlanayotgan
hududlar maydoniga bog‘liq bo‘lib, umuman katta aniqlik talab qilmaydigan
o‘lchash ishlarini bajarish mumkin.
Topografik kartalar tuzish uchun 1:1 000 000 masshtabdagi Xalqaro karta
proeksiyasi ishlatiladi. MDH va qo‘shni mamlakatlarda 1:500 000 va undan yirik
masshtabli ko‘p varaqli topografik kartalar Gauss-Kryugerning teng burchakli
ko‘ndalang silindrik proeksiyasi asosida tuziladi. Buning uchun Yer ellipsoidi 6
0
li
zonalar (tilimlar) ga bo‘linadi, so‘ng tsilindrga solinib yoyiladi. Zonalarning
o‘rtasidagi meridiani tekislikda to‘g‘ri chiziq bilan tasvirlanadi.
Mayda masshtabli kartalardagi xatoliklarni oddiy usulda ham aniqlasa
bo‘ladi. Buning uchun kartaning geografik to‘rini globusning geografik to‘riga
taqqoslash kerak. Ma‘lumki, hamma meridianlar yer yuzasida va globusda deyarli
bir-birlariga teng, lekin dunyo kartalari va yarim sharlar kartalarini globus bilan
taqqoslasak, kartalardagi meridianlar har xil bo‘lib uzunligi oshib boradi.
Globusda meridianlar parallellar bilan o‘zaro kesishib 90
0
burchaklar hosil
qiladi. Yuqoridagi kartalarda esa har xil qiymatga ega bo‘lgan burchaklar hosil
bo‘ladi.
Meridianlar bilan parallellarning kesishida 90
0
dan kichik yoki katta burchak
hosil bo‘lsa, o‘sha hududdagi va yaqin bo‘lgan joylardagi orollar, yarim orolllar,
qirg‘oq chiziqlarining shaklida o‘zgarish bo‘lganligini globus bilan taqqoslaganda
sezilib turadi.
132
Globusdagi gradus to‘ri yoki sferik trapetsiya bir kenglikda, bir xil shakl va
kattalikda bo‘ladi. Mayda masshtabli geografik kartalarda (dunyo kartalari va
yarim sharlar kartalarida) geografik to‘r har xil shakl va kattalikda bo‘ladi.
а
б
Do'stlaringiz bilan baham: |