Kartashunoslik



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/246
Sana29.08.2021
Hajmi4,76 Mb.
#159144
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   246
Bog'liq
kartashunoslik

 
19-rasm. Konusli proeksiyalarni har xil ko‘rinishlari: 
a–to‘g‘ri  konusli; b–kesik  konusli. 
Agar  Yer  shari  konus  sirtiga  urinma  bo‘lmasdan  uni  yon  sirtini  kesib  o‘tsa, 
xatoligi  yyq  chiziqlar  ikkita  bo‘ladi.  Natijada  parallellar  bo‘yicha  xatoliklar 
yoyiladi  va  aylananing  yoylaridan  iborat  bo‘ladi.  Demak  xatolik  2  ta  izokollar 
(xatolik bir xil bo‘lgan nuqtalaprni birlashtiruvchi chiziqlar) bo‘yicha tarqalib ular 
oralig‘ida  xatolik  kamayadi.  (19-a-b-rasm).  Xatolik  parallellar  oralig‘ida  bo‘lsa 
xususiy masshtab deb yuritilib, bosh masshtabdan kichik, tashqarisida bo‘lsa bosh 
masshtabdan katta bo‘ladi. 
Yuqorida  aytib  o‘tilgan  proeksiyadan  tashqari  yarim  sharlar  va  dunyo 
kartalarini  tuzishda  ko‘p  konusli  (polikonicheskaya)  proeksiyalardan  ham 
foydalaniladi.  Bunday  proeksiyalarda  kartalar  tuzish  uchun  Yer  shari  konusga 
urinma  bo‘ladi,  Konusni  uchi  Yer  sharidan  har  xil  uzoqlikda  bo‘ladi,  natijada 
urinma  nuqtalari  har  xil  bo‘ladi.  O‘sha  urinma  nuqtalar  asosida  gorizontal 
polosalar  (tilimlar)  hosil  bo‘ladi,  ularning  orasi  to‘ldirib,  so‘ng  meridian  va 
parallellar o‘tkaziladi.  
Proeksiyaning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  unda  meridianlar  qiyshiq 
chiziqlardan  (o‘rtanchi  to‘g‘ri  chiziq  qilib  tasvirlangan  meridiandan  tashqari), 
parallellar  esa  ektsentrik  aylananing  yoylaridan  iborat.  Bu  proeksiyada  dunyo 
kartalari  tuziladi,  unda  ekvator  to‘g‘ri  chiziq  bo‘lib,  o‘rtanchi  meridianga  tik 
bo‘ladi.  Bu  proeksiyada  ekvator  atrofida  xatolik  kamroq,  chekka  qismlarida 
sezilarli bo‘lib, ayniqsa maydon xatoligi ancha ko‘zga tashlanadi. 
Shartli  proeksiyalarning  xususiyati  shundan  iboratki,  kartaning  kartografik 
to‘ri  orqali  qaysi  geometrik  shakl  yordamida  tuzilganligini  aniqlash  qiyin.  Uni 
aniqlash  uchun  tahliliy  usuldan  foydalaniladi.  Bu  proeksiya  tarkibida  juda  ko‘p 
proeksiyalar  bo‘lib,  ularning  kartografik  to‘ri  orqali  qaysi  proeksiya  ekanligini 
aniqlash mumkin.  
Kartalar  uchun  proeksiya  tanlashda  kartaning  maqsadi,  mazmuni  va 
tasvirlanayotgan  hududning  shakli  (konfiguratsiyasi)  e‘tiborga  olinadi.  Masalan, 
masofa  va  burchak  o‘lchash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kartalar  uchun  (topografik, 
dengiz  va  aviatsiya  kartalari)  teng  burchakli  proeksiyalar  tanlansa,  maydon 
o‘lchash  bilan  yoki  taqqoslash  uchun  tuziladigan  kartalarda  (siyosiy-ma‘muriy, 


 
112 
iqtisodiy  kartalarda)  teng  oraliqli  proeksiyalar  tanlanadi.  Mayda  masshtabli 
kartalarda, ya‘ni katta hududlarni o‘z ichiga olgan kartalarda, xatolik bir me‘yorda 
taqsimlanadigan teng oraliqli va ixtiyoriy proeksiyalar qo‘llaniladi. 
Proeksiyalar tanlashda xatoliklarning tarqalish qonuniyatlarini e‘tiborga olish 
kerak. Masalan, burchak va maydon xatoliklari yirik masshtabli kartalarda deyarli 
sezilmaydi, masshtab maydalashgan sari sezilarli darajada oshib boradi. 
 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish