7.2. Kartalardagi xatoliklar. Xatoliklar bo‟yicha proeksiyalarning
turlari
Globusda Yer yuzasi shakli, o’lchamlari va xususiyatlarini taqqoslashimiz
hamda marshrutlarning eng qisqa va haqiqiy yo’nalishlari masofasini
o’lchashimiz mumkin bo’ladi. Kartalarni tuzishdagi xatoliklar tufayli hech qachon
bunday xususiyatlarni bitta kartada o’lchash yoki taqqoslash mumkin emas.
Sharsimon sayyorani yassi (ikki o’lchamli) yuzada tasvirlash va uning barcha
geometrik xususiyatlarini aniq saqlashning imkoni yo’q. Bu jarayon tuxum
po’chog’ini tekislashga urinishga o’xshaydi. Mukammal kartadek, hech
bo’lmaganda barcha foydalanishi uchun qulay kartadek ajoyib narsa yo’q.
Xatoliklar – sharsimon yuzani yassi kartada tasvirlashdagi muqarrar
muammodir, biroq kichkina hududni kartada tasvirlashda xatoliklar kamroq
bo’lishi mumkin. Agar piyoda yurish turizmi uchun davlat bog’i kartasidan
99
foydalansak unda xatoliklar juda kam bo’ladi. Katta hududlarni yoki dunyoni
ko’rsatadigan kartalarda Yerning egriligi aniq va yaqqol xatoliklarni keltirib
chiqaradi. Malakali karta foydalanuvchilari bo’lishimiz uchun muayyan karta
qanday xususiyatlarni aniq tasvirlab berishi, qanday xatoliklar bo’lishi, kartaning
qanday maqsadi bizni qanoatlantirishi mumkinligi kabilarni bilishimiz kerak. Agar
kartaning bunday xususiyatlarini biladigan bo’lsak, karta beradigan axborotlarni
yaxshi tushunishimiz hamda kartadan aniq o’lchalashni va taqqoslashlarni
bajarishimiz mumkin bo’ladi.
1
Kartografik proeksiyalar nazariyasi bo‘yicha ellipsoid yuzasidagi juda kichik
aylana (doira) tekislikka tasvirlanganda ellipsga aylanadi va uni ellips xatoligi deb
yuritiladi. Xatolik natijasida yer yuzasidagi shakllar geometrik jihatdan o‘zgaradi.
Bu o‘zgarishlar chiziqlar uzunligida, yo‘nalishlarning gorizontal burchaklarida,
geografik obyektlarning shaklida va maydonida vujudga keladi. Demak
kartalardagi xatoliklar to‘rt xildir (shuni ham unutmaslik kerakki, bu xatoliklarni
bilib turib yo‘l qo‘yiladi, chunki bu jarayon bo‘lishi muqarrardir) (4-rasm). Teng
cho‘zilish yoki teng siqilish natijasida kartografik tasvirda quyidagi xatoliklar
vujudga (yuzaga) keladi:
1.
Masofa yoki uzunlik xatoligi.
2.
Burchak xatoligi.
3.
Shakl xatoligi.
4.
Maydon xatoligi.
Kartada kartografik tasvirni xatoligi bo‘lmagan chiziqlar yoki nuqtalarga
nol xatolikdagi chiziqlar yoki nuqtalar deyiladi. Kartografik proeksiyadagi teng
xatolikdagi chiziqlarga izokollar deyiladi.
Uzunlik yoki masofa xatoligi asosan masshtabga bog‘liq bo‘lib,16 rasmda 2
parallel orasidagi meridian uzunligi 2 xil tasvirlangan. Masalan, AV chizig‘i
(70
0
meridianda) SD (140
0
meridianda) bir-biriga teng emasligi ko‘rinib turibdi.
Ekvatorda uzunlik masshtabi bir xil bo‘lib u bosh masshtab deb yuritiladi.
Mayda masshtabli kartalarda uzunlik masshtabi ekvator bilan boshlang‘ich
meridianda o‘zgarmay saqlanib qoladi, ya‘ni xatolik bo‘lmaydi. Geografik
kartalarda xatosiz tasvirlangan joylardagi uzunlik masshtabi o‘zgarmaydi.
Xatolik bilan tasvirlangan maydonlarda, masshtablar o‘zgaruvchan bo‘ladi, u
xususiy masshtab deyiladi. Geografik kartalarda, odatda bosh masshtab
ko‘rsatilib u kartalarning janubiy ramkasini tagiga yoki shimoliy ramkaning
tepasiga yozib qo‘yiladi.
1
Robert E.Gabler, James F. Peterson, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography. 2007. p. 41
/www.brookscole.com
100
Do'stlaringiz bilan baham: |