Mehnat turlarining klassifikasiyasi. Jamiyatning har bir rivojlanish
bosqichida, uning ijtim oiy-iqtisodiy darajasiga ko‘ra, fan-texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq xolda yangi mehnat faoliyati turlarining paydo
bo‘lishi, eskilarining yo‘qolishi kuzatiladi. Bu jarayon mehnat subyektining
xarakteristikasi va faoliyat komponentlarida namoyon bo‘ladi. Masalan,
inson resurslarining soni, ulaming dunyoqarashi, m a’lumot saviyasi,
darajasi, mehnat vazifalarining mazmuni, ish yuklamasining turi, mehnat
vositalarining o‘zgarishi, ishni tashkil etish va sharoitlaming xususiyatlari.
M ehnat faoliyatining turli xarakteristikalari uning turli klassifi-
kasion ko‘rsatkichlarga ko‘ra tizimlashtirishga olib keladi. Bunga misol
sifatida bunday tasnifning bir ko‘rinishini keltirish mumkin.
1) M ehnat egasining ish yuklamasi xususiyati va m ehnat vazifa-
larini bajarishiga ko‘ra: jism oniy va aqliy mehnat.
2) M ehnat vazifalarining xarakteristikasi, ish ko‘lami, mehnat
jarayonining tashkil etilishiga ko‘ra aqliy mehnat ushbu turlaiga boiinadi:
O perativ (boshqaruvchi);
O peratorli (texnika bilan informasion bog‘lanishli);
Ijodiy (an’anaviy — dars berish, davolash; noan’anaviy — ilmiy
ish, adabiy, musiqiy asarlami yozish);
Evristik (kashfiyot);
Dinam ik va Statik;
Bir xil (m onoton) va har xil (mazmuni, tempiga ko‘ra).
3) M ehnat sharoitlarining xususiyatlariga ko‘ra qulay sharoitli
(m ehnat sharoitlarida gigiyenik talablar norma darajasida bo‘lishi),
noxush va noqulay ish sharoitlari (bosimning ko‘tarilishi — g‘aw os-
larning ishi, past harorat — qutbda ishlaydiganlar, m a’lum otlar
oqim ining juda ko‘p b o ‘Iishi — dispetcherlik xizmati).
4) Faoliyat tashkil etish shakliga ko‘ra:
Reglamentli (m a’lum kun tartibi bilan);
Reglamentlanm agan (erkin kun tartibi bilan);
Aralash (smenali, vaxta);
Individual va jamoaviy (hamkorlikdagi).
Hamkorlikdagi faoliyat bu umumiy motivlar va faoliyat maqsadi
asosida m ehnat egalarining olib boradigan ish faoliyatlari hisoblanadi.
Hamkorlikdagi faoliyat psixologik tizimida ushbu tarkibiy jihatlar:
um um iy m aqsad, aniq vazifalar, umumiy motiv, hamkorlikdagi
harakat va umumiy natija bo‘ladi. Hamkorlikdagi faoliyatning umumiy
belgilari va uning subyekti o ‘zaro bogMiqdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Asosiy tushuncha va a tam alar
M ehnat psixologiyasi; mehnat; kasb; m ehnat subyekti; professio-
grafiya; professiogramma; psixogramma; mutaxasislik; ish jarayonini
kuzatish; xronometraj; biografik metod; professionalizasiya; iqtisodiy
psixologiya, mutaxassislik.
Rezyume
Xulosa qilib aytganda psixologiya va m ehnat orasidagi o ‘zaro
bog‘liqlik, aw alo, mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalari
tahlilida namoyon bo‘ladi. M ehnat, kasb, mutaxassislik esa, torn
m a’noda mehnatning psixologik m azm unini belgilab beradi. Q ato r
mehnat faoliyatini o ‘rganish metodlari orqali, jum ladan, professio-
grafiya usuli yordamida shaxsning professiogrammasini tuzish mum kin.
Shu bois, mehnat faoliyatining klassifikasiyasiga tayanib fanda kasblar
klassifikasiyasini ajratish mumkin.
T )
Bob yuzasidan savoi va topshiriqlar
1. Mehnat psixologiyasi va mehnat faoliyati psixologiyasi deganda
nimalami tushunasiz?
2. Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalarini qanday
boholaysiz?
3. Mehnat vazifalarining samarali amalga oshishi qanday omillarga
bog‘liq?
4. Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi ni-
malardan iborat?
5. Mehnatning psixologik mazmuni deganda e’tibor nimalarga qaratiladi?
6. Mehnat faoliyatini o‘rganuvchi qanday metodlar mavjud?
7. Professiografiya metodi shaxsdagi qanday xususiyatlami aniqlaydi?
8. Professiogramma qanday tamoyillaxga ko‘ra tuziladi?
9. Mehnat egasining ish yuklamasi xususiyati va mehnat vazifalarini
bajarishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
10. Kasblar klassifikasiyasi tushunchasini qanday izohlaysiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
IX BOB
B O SH Q A R U V PSIX O LO G IY A SI A SO SLA RI VA
P E D A G O G IK JAM O ALARN I B O S H Q A R IS H
Do'stlaringiz bilan baham: |